• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar ajratadi

    Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ko‘rinishidagi moliyaviy paketni tasdiqladi.

    Foto: Bloomberg

    Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishini jadallashtirishga qaratilgan.

    Hukumatning Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish; davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish; ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; mamlakatni atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarga tayyorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

    Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi.

    “Bu O‘zbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi”, deyiladi Jahon banki xabarida.

    Islohotlar quyidagi sohalarda aniq natijalarga erishishni ko‘zlaydi:

    1. Ijtimoiy himoya tizimi: Fuqarolarning muayyan toifalari uchun ishsizlik, kasallik va onalik nafaqalari qamrovini kengaytirish.
    2. Gender zo‘ravonlikka qarshi kurash: Maishiy va jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarining huquqlarini yanada samarali himoya qilish uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.
    3. Fermerlarning qishloq xo‘jaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini ta‘minlash: Ushbu huquqlarga rioya etilishini kafolatlovchi mexanizmlarni rivojlantirish. Ularning qonunchilikda mustahkamlanishi fermerlarni xo‘jalik yuritishning yanada samaraliroq usullariga sarmoya kiritishga rag‘batlantiradi. Bu, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi yerlarining hosildorligi va iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshiradi.
    4. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash: Investorlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishni kafolatlaydigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish. Shuningdek, bu investorlar uchun xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi hamda katta hajmdagi xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratadi.
    5. Davlat moliyalarini boshqarish: Fiskal risklar bo‘yicha hisobot mexanizmlarini ishlab chiqish va davlat xaridlarini boshqarishni takomillashtirish. Ushbu chora-tadbirlar byudjet mablag‘laridan foydalanishning shaffofligini va samaradorligini oshiradi.
    6. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish: Iqlim o‘zgarishiga hissa qo‘shadigan atmosferaga chiqindilar chiqarishni qisqartirishni rag‘batlantiruvchi qonunchilikni ishlab chiqish. Ushbu qonunchilik, shuningdek, iqtisodiyotning eng ko‘p energiya sarflaydigan tarmoqlarida energiya samaradorligini rag‘batlantirishga ham qaratilgan.
    7. Suv resurslarini boshqarish: Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda suv yetkazib beruvchilar va suvdan foydalanuvchilarning mas‘uliyatini kuchaytirish uchun institutsional va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish. Ushbu choratadbirlar, shuningdek, sohaga davlat investitsiyalarini jalb qilish va qo‘shni davlatlar bilan muvofiqlashtirilgan holda transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni yaxshilash imkonini ham beradi.
    8. Atrof-muhit va iqlimga ta’sirni baholash: Iqlim o‘zgarishi, ekologik omillar va havoning ifloslanishi iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, shuningdek, odamlarning sog‘lig‘i va farovonligiga ta‘sirini baholash bo‘yicha hokimiyat salohiyatini rivojlantirish. Bu, shuningdek, atrof-muhitni, shu jumladan atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlari, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi salohiyatni rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
    9. Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga investitsiyalar: Xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik jihatdan toza loyihalarda davlat investitsiyalarining ulushini oshirish. Ushbu yondashuv mamlakatga tugab borayotgan tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish imkonini beradi. 10. Temir yo‘l sektori: Temir yo‘l sektorining samaradorligi va daromadliligini oshirish, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sektorda atmosferaga chiqadigan chiqindilarni qisqartirish uchun huquqiy bazani yaxshilash.
    10. Energetika sektori: Sektor faoliyati samaradorligini oshirish va uni modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida energiya tariflari tizimini isloh qilish. Aholining zaif qatlamlarini tariflar oshishi oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlarni amalga oshirish. Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish uchun huquqiy va institutsional bazani takomillashtirish.
    04.10.2024, 15:12   Izoh (0)   5108
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jahon banki#O‘zbekistondagi islohotlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon banki O‘zbekistonga qiymati 1,5 mlrd dollar bo’lgan 9 ta yangi loyiha ishlab chiqmoqda

    27.07.2020, 06:06

    Pandemiya oqibatida yuzaga kelgan inqiroz O‘zbekistonda 20 yildan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta kambag‘allik darajasini oshirdi — Jahon banki

    08.10.2020, 11:30

    Jahon banki Orol dengizi qurishining asosiy sababini ma’lum qildi

    24.11.2020, 11:52

    Jahon banki zilzilalar oqibatida Suriyaga qancha zarar yetganini hisobladi

    04.03.2023, 12:21

    Jahon banki: 2030-yilga kelib global iqtisodiyot o‘sishi 30 yillik minimal darajaga tushadi

    27.03.2023, 23:20

    “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish maqsadida Jahon bankidan 143 mln dollar qarz olinadi

    03.04.2023, 16:15

    Jahon banki O‘zbekistonga pensiya yoshini 65 yoshga ko‘tarishni tavsiya qildi

    11.04.2023, 14:46

    Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirishga yordam beradi

    21.04.2023, 15:30

    Jahon banki prognozi: O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘ladi

    07.06.2023, 17:25

    Ukraina Jahon bankidan 60 mln yevro kredit oldi: mablag‘lar nimaga sarflanadi?

    19.06.2023, 16:01

    Jahon banki O‘zbekistonda atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirishga 46 mln dollardan ortiq grant ajratadi

    07.07.2023, 10:10

    AQSH Jahon banki fondi orqali Ukrainaga yana 1,25 milliard dollar ajratadi

    14.09.2023, 20:20

    Shavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuv o‘tkazdi

    20.09.2023, 22:40

    Jahon banki O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va rivojlanishiga oid yangi hisobotini e’lon qildi

    22.11.2023, 10:11

    Jahon banki O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik loyihasi uchun 50 mln dollar kredit ajratadi

    01.12.2023, 09:25

    Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun 800 mln dollar kredit ajratdi

    09.12.2023, 14:20

    Ukraina Jahon bankidan 1,3 milliard dollar oldi

    25.12.2023, 18:27

    O‘zbekistonda ayollar 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin — Jahon banki

    28.03.2024, 17:06

    Agar G‘arb qarz berishni to‘xtatsa, Ukrainani 2025-yilda bankrotlik kutadi — Jahon banki 

    30.03.2024, 23:11

    Jahon banki O‘zbekistonning YIM o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi 

    13.04.2024, 14:10

    “O‘zbekiston aholisining daromadlar tengsizligi oshib borayotgani xavotirli” — Jahon banki

    11.05.2024, 20:18

    Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi

    12.06.2024, 17:45

    O‘zbekiston chiqindi gazlarni kamaytirgani uchun Jahon banki to‘lovini olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi

    23.06.2024, 10:49

    Prezident Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    30.09.2024, 20:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.