Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobodda ikki nafar haydovchi o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yunusobod tumani, 13-mavze hududida 12-aprel kuni 1989-yilda tug‘ilgan Spark haydovchisi M.X. hamda 2005-yilda tug‘ilgan Matiz haydovchisi S.A. yo‘l talashish oqibatida o‘zaro janjallashgan.
Shundan so‘ng M.X. avtomashinadan tushib, temir bilan Matiz’ning oynalarini sindirgan va shu jism bilan fuqaro S.A.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada fuqaro S.A. olgan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)