Pentagonning mudofaa innovatsiyalari bo‘linmasi “katta foydali yuklarni” tashiy oladigan uzoq masofali suvosti dronini yaratish bo‘yicha so‘rov e’lon qildi. Bu haqda Breaking Defense nashri xabar bermoqda.

So‘rovda ta’kidlanishicha, hozirda foydalanilayotgan zamonaviy suvosti dronlarining suzish masofasi qisqa va ular og‘ir yuklarni tashiy olmaydi.
“Mudofaa vazirligi uzoq masofali va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega qurilmani joylashtirish uchun keng qamrovli va iqtisodiy jihatdan samarali yechim taklif etadigan, bu cheklovlarni bartaraf etuvchi tijorat uchun qulay, namoyishga tayyor pilotsiz tizimlarni qidirmoqda”, deya ta’kidladi AQSH harbiy idorasi.
Qo‘yilayotgan talablarga ko‘ra, zarba beruvchi suvosti dronining suzish masofasi - 1850 kilometr, sho‘ng‘ish chuqurligi - 200 metrdan ortiq, Global Positioning System (GPS) navigatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan sharoitda ishlash qobiliyati, dengiz tubini xaritalash va batimetrik suratga olish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim.
Ta`kidlanishicha, “Hukumat kompaniyalarning ushbu so‘rovda ko‘rsatilgan barcha talablarga javob bera olmasligini tushunadi, biroq ushbu talablarning biri yoki bir nechtasiga mos keladigan tasdiqlangan imkoniyatlarga ega kompaniyalarni ariza topshirishga chaqiradi”.
Izoh (0)