BI Group va Asakabank hamkorligida “SIZ UCHUN” nomli qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti ishga tushirildi. Shuningdek, BI Group tomonidan bir xonali biznes-klass xonadon yutib olish imkoniyati taqdim etiladi.
“SIZ UCHUN” yangi ipoteka mahsuloti uy-joy xaridini yanada oson va qulay qiladi. Endilikda ishonchli quruvchidan zamonaviy turar joy majmualaridagi xonadonlarni quyidagi shartlar asosida sotib olish mumkin:
✔ Yillik foiz stavkasi — 18% dan boshlab
✔ Boshlang‘ich to‘lov — 15% dan boshlab
✔ Kredit muddati — 20 yilgacha
✔ Maksimal summa — 2 milliard so‘mgacha
Bu dastur uzoq vaqtdan beri o‘z uyiga ega bo‘lishni orzu qilganlar uchun ajoyib yechim bo‘ladi.
BI Group har bir inson o‘z ehtiyojlariga mos keladigan xonadonni tanlab, uni qulay va moliyaviy jihatdan yengil shartlarda rasmiylashtirishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi.
Agar siz bu qadamni hoziroq tashlashga tayyor bo‘lsangiz, kompaniya siz uchun maxsus syurpriz tayyorladi.
2025-yil 27-iyulgacha BI Groupning istalgan loyihasida ko‘chmas mulk xarid qilgan har bir mijoz avtomatik ravishda bir xonali biznes-klass xonadon (BI Botanika Saroyi’da) yutib olish tanlovida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.
BI Botanika Saroyi — Toshkent Botanika bog‘i yaqinida joylashgan bo‘lib, u nafaqat zamonaviy me’morchilik va qulay rejalashtirishni, balki shahar infratuzilmasi bilan tabiat osoyishtaligining noyob uyg‘unligini taklif etadi. Bu — har kuni yorug‘lik, yashillik va xotirjamlik bilan to‘la hayot uchun ideal joy.
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
— BI Groupning istalgan loyihasidan xonadon xarid qiling
— Ishtirokchi talonini to‘ldiring
— Talonni sotuv ofisidagi lototronga tashlang.
Qulay shartlarda xonadon xarid qiling va orzuingizdagi uy sohibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. BI Group bu imkoniyatni bugunning o‘zida amalga oshirishni taklif qiladi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)