Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov sud majlisiga qadar prokuror bilan yashirin suhbat qurgan sudyalar haqida gapirib, bu ularning kamchiligi ekanini tan oldi. Oliy sud raisi o‘rinbosari bu haqda jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Kecha, 13-dekabr kuni Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikrom Muslimov OAV vakillari bilan uchrashdi. Va tergov sudyasi institutining vazifalari va asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib berdi.
“Daryo”da Oliy sudda antiqa holat kuzatilgani, sud avvalida sudlov hay’ati va prokuror pichirlashgani, taxminan 15 daqiqa davom etgan suhbat taraflarni tashqarida qoldirgan holda amalga oshirilgach, javobgar va uning advokati bunga e’tiroz bildirgani ma’lum qilingandi.
Bu sudyalarimizning kamchiligi. Bu haqda har safar aytiladi, munosabat bildiriladi lekin boshqa-boshqa…Endi, ayrim holatlarda shu narsa bo‘lib qolyapti, dedi Ikrom Muslimov.
Oliy sud raisi o‘rinbosari o‘zining tuman va viloyatdagi faoliyatini yodga olar ekan, “Oldimga prokuror keldimi, eshikni ochardim-da, advokatni keling buyoqqa bir piyola choy ichamiz deb yonimga chaqirardim. Ha, balki shunchaki oilaviy muammo haqida sigaret chekishib, bir piyola choy ustida hangoma qilishar, lekin eshik orqasida boshqa fikr. Mana bu bizdagi mavjud muammo Sudya birinchi galda o‘zini hurmat qilishi kerak. Keyin boshqa masalalar yechilib ketaveradi, dedi Oliy sud raisi o‘rinbosari.
Mazkur masalaga sukut saqlash bilan javob qaytargan Sudyalar oliy kengashi ushbu matbuot anjumanida yangragan savolga javob berishga majbur bo‘ldi.
Sudyalar malaka hay’atida sudyalar odobi komissiyasi tashkil topgan. Shu va shunga o‘xshash holatlar komissiyada ko‘rib chiqiladi. Siz aytgan masala ham komissiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan, dedi Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov.
Izoh (1)
Одамларни куттириб бир пиёла чой устида ҳангома қилармиш. Зиёли кишининг гапими шу ё халқ анқовми? Тизим ҳалиям советский.