Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi avtohalokatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 17-dekabr ertalab soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan Saransk—Surskoye—Ulyanovsk yo‘nalishidagi R-178 federal trassasining 209 kilometrida sodir bo‘lgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi — 1977-yilda tug‘ilgan A.A., 1988-yilda tug‘ilgan J.I., 1975-yilda tug‘ilgan K.S., 2004-yilda tug‘ilgan K.A. va 1977-yilda tug‘ilgan B.O. halok bo‘lgan.
Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarnasi bergan ma’lumotga ko‘ra, besh kishi bo‘lgan Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va avtomobil harajatlanib kelayotgan “MAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok bo‘lganlarni jasadlarni vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Rossiyada avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar
2024-yil yanvarida Rossiyaning Penza viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. JAC rusumli mikroavtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Qurbonlarning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Urganch shahriga olib kelingan.
2024-yilning sentyabrida Rossiyaning Nijegorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. O‘sgha oyda Tyumen-Xanti-Mansiysk avtomobil yo‘lida Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etgandi. Tataristonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘zbekistonlik yigit og‘ir tan jarohati olgandi.
2024-yil noyabrida yana Penza viloyatida sodir bo‘lgan avtohalokdatda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. YTH yuk mashinasi va Cobalt avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)