Daryo

Penzada YTHga uchragan o‘zbekistonliklar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

Jasadlarni vatanga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda

1 daqiqa o‘qish22 337 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar YTHga uchragani xabar qilingandi. Halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani tasdiqlandi.

Foto: Penza viloyati davlat transport inspeksiyasi 

“KamAZ” yuk mashinasi va Cobalt avtomobili to‘qnashgandi. Oqibatda 1996-yilda tug‘ilgan Cobalt haydovchisi hamda 1980 va 1965-yilda tug‘ilgan ikki yo‘lovchi erkak voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotda halok bo‘lganlarning bir nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani qayd etilgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, olib borilgan tadbirlar natijasida halok bo‘lganlarning ikki nafari (1980 va 1996-yilda tug‘ilgan fuqarolar) O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlandi.

Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat vakillarining ko‘magida turli jarohatlar olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Kuznesk tumanlararo shifoxonasidan Penza shahar 6-markaziy klinik shifoxonasiga ko‘chirilgan.

“Tibbiyot muassasasining shifokorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, doimiy aloqa o‘rnatilib, ahvoli bo‘yicha muntazam ravishda ma’lumot olinmoqda”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda Bosh konsulxona jasadlarni vatanga qaytarish bo‘yicha zarur rasmiylashtiruv ishlarini yakunlash choralarini ko‘rmoqda.

Rossiyada avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar

2024-yil yanvarida Rossiyaning Penza viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. JAC rusumli mikroavtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Qurbonlarning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Urganch shahriga olib kelingan.

2024-yilning sentyabrida Rossiyaning Nijegorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. O‘sgha oyda  Tyumen-Xanti-Mansiysk avtomobil yo‘lida Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi YTHga uchrab, vafot etgandi. Tataristonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘zbekistonlik yigit og‘ir tan jarohati olgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar