Daryo

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish16 895 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, “Suzuk ota” mahalla arkasi qarshisida 11-dekabr kuni soat 20:20 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1988-yilda tug‘ilgan R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Equinox to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transportni taʼmirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda sodir bo‘layotgan YTHlar

5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 

11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi “Sanʼat muzeyi” qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.

17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar