Daryo

Rossiyadagi dahshatli avariyada 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi (video)

O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga jo‘natish ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish77 462 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Penza viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Ma’lumotni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tasdiqladi.

Foto: Fokus.ua

Rossiya tergov qo‘mitasining maʼlumotiga ko‘ra, JAC mikroavtobusi Moskva shahri tomon harakatlanib ketayotgan paytda qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Ikki kishi jarohatlangan va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yetti kishi halok bo‘lgan. 

Hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-bandi (isteʼmolchilar xavfsizligi va sog‘lig‘ini taʼminlash talabiga javob bermaydigan ravishda xizmat ko‘rsatish va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ko‘p odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi vakillari tan jarohat olgan fuqarolarga va marhumlarning jasadlarni O‘zbekistonga jo‘natishda kerakli amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar