Daryo

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar maxsus samolyotda O‘zbekistonga olib kelinadi 

Prezident topshirig‘iga asosan YTHda vafot etgan va jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelishga Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti jalb qilinadi

1 daqiqa o‘qish59 198 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Penza viloyatida yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan yetti nafar o‘zbekistonlik Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida olib kelinadi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 
Foto: Penza viloyati bo‘yicha davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati

Tegishli topshiriq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan. Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Rossiyadagi YTH

11-yanvar kuni Penza viloyatida JAC rusumli mikroavtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Mikroavtobus ichida jami 9 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ularning 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Rossiya masʼullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda ko‘mak bermoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar