Daryo

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana uch nafar fuqaro turli xil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish42 280 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Nijegorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Nijegorod viloyati politsiyasi

Nijegorod viloyati politsiyasi bergan xabarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Hundai Grand Starex minivenini Moskva tomon harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va natijada to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Avtomobilda 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Elchixona axborotida aytilishicha, 1-sentyabr kuni Navashinskiy tumanida, M-12 “Vostok” federal avtomagistralida sodir bo‘lgan YTH oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi turli xil tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga muvofiq, mamlakat hukumati tomonidan tez orada halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu masala O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan. O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar