Daryo

Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi (video) 

O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi mashina boshqa avtomobil bilan to‘qnashdi

1 daqiqa o‘qish9 896 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, hodisa 15-sentyabr kuni Tyumen-Xanti-Mansiysk avtomobil yo‘lining 178-kilometrida sodir bo‘lgan. “GAZ” va “VAZ 2107” avtomashinalari bir-biri bilan to‘qnashib ketgan, avtomashinalardan biri qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. 24 yoshli avtofurgon haydovchisi hodisa oqibatida jarohatlangan.

Halok bo‘lgan VAZ2107 haydovchisining shaxsi aniqlandi, bu Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lgan 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u Tyumen tomonga ketayotgandi, deyiladi Tyumen viloyati davlat avtomobil nazorati xabarida.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar