• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Markaziy Osiyo

    “Bu chinakam tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlangani haqida

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabr kuni boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Loyihani ishga tushirish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev so‘zga chiqib, Shavkat Mirziyoyevning ushbu temiryo‘l qurilishining boshlanish marosimi ishtirokchilariga yo‘llagan qutlov so‘zlarini o‘qib eshittirdi.

    Foto: Economist.kg
    “Bu bizning do‘stona mamlakatlarimiz qariyb 30 yildan buyon harakat qilib kelgan chinakam tarixiy voqeadir. Xalqaro ahamiyatga ega yangi transport arteriyasi shakllanmoqda. U eng qisqa quruqlik yo‘li orqali Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatlarimiz strategik sherikligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, degan prezident qutlovda

    Davlat rahbari qutlovida ta’kidlanishicha, mazkur loyiha shuningdek, bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarni birlashtiruvchi, umumiy barqarorlik va farovonlik yo‘lida harakat qilayotgan “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining maqsadlariga to‘liq mos keladi.

    “Shu munosabat bilan prezident Xitoy Xalq Respublikasi raisi janob Si Szinpin va Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga mazkur loyihani ilgari surishda qo‘shgan hissasi va faol sa’y-harakatlari uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman”, deyiladi qutlovda.

    Qayd etilishicha, ushbu yirik infratuzilma loyihasi yuqori ekologik standartlarga muvofiq ilg‘or muhandislik, innovatsion va raqamli yechimlarga asoslangan keng ko‘lamli hamkorlikni ko‘zda tutadi.

    Qashg‘ar—Torugart—Makmal—Jalolobod—Andijon yo‘nalishi bo‘ylab 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik va 25 tunnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit va logistika infratuzilmasi: omborlar va terminallar yaratiladi.

    Taxminlarga ko‘ra, ushbu magistralning ishga tushirilishi mintaqaviy savdo va investitsiyalar ko‘lamining bir necha barobar oshishiga, transport xarajatlarini sezilarli darajada qisqarishiga va Osiyoning ulkan tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

    Ushbu yo‘nalish bo‘ylab yillik yuk tashish hajmi 15 million tonnagacha yetishi mumkin. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuk tashish masofasi bir necha ming kilometrga qisqaradi, yetkazib berish muddati esa qariyb bir haftaga kamayadi.

    Kelgusida ushbu temiryo‘lni transafg‘on koridori bilan bog‘lash orqali muntazam yo‘lovchi qatnovini tashkil etish imkoni paydo bo‘ladi.  Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoning transport-kommunikatsiya aloqalarini samarali bog‘lashga va mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Ta’kidlanishicha, bu iqtisodiy foyda barcha mamlakatlar tomonidan seziladi. Yuzlab yangi korxonalar tashkil etilishi va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

    “Albatta, ushbu loyiha buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashga, madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirishga va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga hissa qo‘shadi”, deyiladi qutlovda.

    Prezidentga ko‘ra, O‘zbekiston temiryo‘l qurilishining barcha bosqichlarida faol ishtirok etish va barcha mavjud texnik va intellektual resurslarni to‘liq safarbar etish niyatida.

    “Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali ushbu transport koridori bizning mustahkam sherikligimiz va taraqqiyotimizning yana bir ramziga aylanishigaa ishonaman”, deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev qutlovda.

    Prezident muhandislar, quruvchilar va mazkur strategik loyihaning amalga oshirilishida ishtirok etuvchi barchaga muvaffaqiyat tiladi.

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li haqida

    Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi g‘oyasi 1996-yildan beri muhokama qilib kelingandi. Shu vaqt ichida tomonlar qurilish shartlari bo‘yicha bir necha bor kelishib olgan, kamida 18 ta texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqilgan. Loyihani amalga oshirish murakkab geografik sharoitlar, temir yo‘l izining kengligi kabi hal etilmagan masalalar bilan murakkablashdi. Loyihani moliyalashtirish masalasi eng murakkabligi bilan ajralib turdi.

    Kutilayotgan natijalar

    Qirg‘iziston tranzitdan byudjetga tushumlarni ko‘paytirish, ayrim foydali qazilma konlariga kirishni osonlashtirish, shuningdek, mamlakatning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘lovchi temir yo‘l qurilishi uchun sharoit yaratishga umid qilmoqda. Hozirda Qirg‘izistonda yaxlit temir yo‘l tarmog‘i mavjud emas.

    O‘zbekiston loyihaning asosiy qo‘llab-quvvatlovchisi hisoblanadi. Toshkent uchun natijalar qatoriga Xitoy bilan yuk tashishning soddalashuvi, Qozog‘istonga qaramlikning kamayishi, tranzit yuk tashish hajmining o‘sishi hamda Farg‘ona vodiysining rivojlanishiga turtki bo‘lishi kiradi.

    Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlaridan/ga yuklarni yetkazib berish uchun qo‘shimcha yo‘nalish qo‘lga kiritadi, Eron va Yaqin Sharq mamlakatlariga bo‘lgan yo‘lni qisqartiradi.

    2030-yilda kutilayotgan yillik yuk tashish hajmi 8 million tonna, 2040-yilda 10 million tonna, 2050-yilda esa 13,5 million tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Qirg‘iziston hukumati loyihaning 30-40 yil ichida o‘zini oqlashiga umid qilmoqda.

    27.12.2024, 14:29   Izoh (0)   9349
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston#temiryo‘l

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirok...

    06.06.2024, 19:54

    “Daryo” dayjesti: 6-iyunning eng muhim xabarlari 

    06.06.2024, 22:22

    “Xitoy Markaziy Osiyoga manfaatli koridorni erta yakunlash uchun mintaqa davlatlari bilan faol hamkorlik qiladi” — Si Szinpin” 

    07.06.2024, 14:30

    O‘zbekiston orzu qilayotgan temiryo‘lning istiqboli qanday?

    21.06.2024, 18:20

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li loyihasini amalga oshirishga oid xalqaro shartnoma tasdiqlandi

    10.07.2024, 10:00

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘l yo‘nalishi YTBning istiqbolli loyihalar ro‘yxatiga kiritildi 

    12.07.2024, 17:14

    Avgust oyida Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi temiryo‘l ishga tushiriladi — “Nezavisimaya gazeta”

    16.07.2024, 22:15

    Shavkat Mirziyoyev Temiryo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi 

    02.08.2024, 19:24

    “Ushbu tizimda mehnat qilayotgan zahmatkash ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini o‘z ishining chin...

    02.08.2024, 20:16

    Markaziy Osiyo: tanazzulga yuz tutayotgan Rossiya uchun so‘nggi tayanchmi?  

    22.08.2024, 20:43

    Yaponiya Markaziy Osiyo energetika bozoriga kira oladimi?

    25.09.2024, 21:30

    Prezident Toshkent viloyatidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi (foto)

    14.10.2024, 16:55

    Global ochlik reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

    15.10.2024, 14:40

    O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 4-turdan so‘ng keskin oshdi

    16.10.2024, 09:45

    Abdulla Aripov SHHT hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi

    16.10.2024, 18:18

    “Jahon iqtisodiyoti va savdosining parchalanib borayotgani tengsizlik, texnologik uzilishlar va protektsionizmni kuchaytirmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

    24.10.2024, 17:13

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    U-20 Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi. Amaldagi chempion O‘zbekiston yoshlari guruhdagi raqiblari nomini bilib oldi 

    07.11.2024, 12:29

    “Harbiy ittifoqqa birlashish uchun har bir kun, har bir yil g‘animat!”. Ko‘p qutbli dunyoda turkiy xalqlarning kelajagi qanday?

    08.11.2024, 19:05

    Mahalliylashgan, fosh etilgan, qatl qilingan ingliz xufiyalari: Buyuk Britaniyaning Turkistondagi josuslik faoliyatiga bir nazar

    13.11.2024, 19:25

    Xavotir va umid: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 20 yil kechikishiga Rossiya sababchimi?

    25.11.2024, 20:00

    Shinjon AQSH sanksiyalarini bartaraf etish uchun Markaziy Osiyo bilan yaqinroq aloqalarga intilmoqda — OAV

    03.12.2024, 21:59

    O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida 27 ta muhim xalqaro konvensiyani qabul qilish bo‘yicha ishlar boshlanadi — Senat

    06.12.2024, 14:59

    AQSH tahlilchilari Trampdan Markaziy Osiyoga e’tibor qaratishni so‘radi

    13.12.2024, 10:25

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi

    20.12.2024, 13:05

    Kuchli charchoq, dispetcherlar xatosi, samolyot yukxonasidagi bomba... Eng yirik aviahalokatlar tarixiga nazar 

    25.12.2024, 19:58
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.