• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ushbu tizimda mehnat qilayotgan zahmatkash ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini o‘z ishining chinakam ustalari deb bilamiz” — prezident

    Prezident Shavkat Mirziyoyev temiryo‘l transporti sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrikda qayd etilishicha, 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini Xorazm viloyati bilan bog‘laydigan Shovot – Qorao‘zak yangi temiryo‘l tarmog‘i hamda Amudaryo orqali o‘tadigan, temiryo‘l va avtomobillar uchun mo‘ljallangan muhtasham ko‘prik foydalanishga topshirildi. O‘tgan davrda 3 ming kilometrdan ziyod temiryo‘llar elektrlashtirildi. Buxoro – Urganch – Xiva hamda Miskin – Nukus temiryo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish ishlari esa jadal davom ettirilmoqda.

    Hurmatli do‘stlar!

    Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Temiryo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning samimiy hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

    Biz ushbu tizimda mehnat qilayotgan sizlar kabi zahmatkash ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini o‘z ishining chinakam ustalari deb bilamiz va Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini, xalqimizning hayot sifatini oshirish yo‘lidagi xizmatlaringizni yuksak qadrlaymiz.

    Ushbu quvonchli ayyomda sohada amalga oshirilayotgan yirik loyiha va dasturlarimiz muvaffaqiyatini ta’minlashda sizlarning beqiyos hissangiz borligini minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.

    Bu haqda gapirganda, joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasini Xorazm viloyati bilan bog‘laydigan Shovot – Qorao‘zak yangi temiryo‘l tarmog‘i hamda Amudaryo orqali o‘tadigan, temiryo‘l va avtomobillar uchun mo‘ljallangan muhtasham ko‘prik foydalanishga topshirilganini ta’kidlash lozim.

    O‘tgan davrda 3 ming kilometrdan ziyod temiryo‘llar elektrlashtirildi. Buxoro – Urganch –Xiva hamda Miskin – Nukus temiryo‘l tarmoqlarini elektrlashtirish ishlari esa jadal davom ettirilmoqda.

    Shuningdek, azim poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarimizga “Afrosiyob” elektropoyezdlarining qatnovlari soni oshirilmoqda. Kelgusida bu ishlarning davomi sifatida Toshkent – Buxoro – Xiva hamda Toshkent – Chirchiq – Hojikent yo‘nalishlarida ham yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yamiz.

    Bugungi kunda mamlakatimizning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida ham yangi ufqlar ochilmoqda. Strategik ahamiyatga ega Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.

    Hozirgi vaqtda hayotimizga tobora chuqur kirib borayotgan raqamli texnologiyalar temiryo‘l transportiga ham faol joriy etilmoqda. Natijada xizmat ko‘rsatish darajasi keskin oshib bormoqda. Ayniqsa, yuklarni yetkazish vaqti sezilarli darajada qisqargani, temiryo‘l uchastkalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati ortgani, yo‘lovchilar oqimi ko‘paygani, operatsion xarajatlar qisqargani, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish soddalashtirilib, yuk ortish va tushirish ishlari bo‘yicha yengillashtirilgan tartib o‘rnatilganini qayd etish joiz.

    Hurmatli soha xodimlari!

    Hayot va taraqqiyot sur’atlari misli ko‘rilmagan darajada tezlashib borayotgan bugungi kunda zamonning o‘zi barcha sohalar qatori temiryo‘l tizimi oldiga ham o‘ta dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, temiryo‘l transportini yanada rivojlantirish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar turini ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash, muhim zamonaviy kommunikatsiya obyektlarini barpo etish bo‘yicha sizlar bilan birgalikda hali juda katta ishlarni amalga oshirishimiz zarur.

    Ishonchim komil, boy bilim va tajribaga ega bo‘lgan temiryo‘l sohasi xodimlari yanada ulkan kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilib, mamlakatimizning temiryo‘l transporti sohasidagi salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shadilar.

    O‘z navbatida soha rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, sizlarning sharafli va mashaqqatli mehnatingizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markazida bo‘ladi.

    Siz, azizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat tilayman.

    02.08.2024, 20:16   Izoh (0)   11892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.07.2024, 19:08

    O‘zbekistonda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini yagona onlayn platformadan olish imkoni yaratiladi

    23.07.2024, 12:24

    Shavkat Mirziyoyev Temiryo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi 

    02.08.2024, 19:24

    O‘zbekistonda metanning chakana narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijasi e’lon qilindi 

    02.08.2024, 20:04

    Fuqaroga tarsaki tushirgan Chiroqchi tumani hokimi ogohlantirildi 

    02.08.2024, 19:37

    Xalqaro Nordik universitetida UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi tashkil etildi

    02.08.2024, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.