• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Toshkent viloyatidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi (foto)

    Prezident Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Technologies of real time” O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Avtomobilsozlik mamlakatimiz sanoatida yirik tarmoq. So‘nggi yillarda avtomobil ishlab chiqarish qariyb 3 barobar ko‘payib, joriy yil yakunida 460 ming donaga yetishi kutilmoqda. 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 1 milliontaga yetkazish rejalashtirilgan.

    Sohada monopoliyani yo‘q qilish va raqobatni rivojlantirish maqsadida 2 ta yangi xususiy korxona va nufuzli xorijiy brendlar jalb etildi. Umuman, bugun 20 dan ziyod zavodda o‘nlab turdagi avtomobillar, yuk va yo‘lovchi tashish transportlari ishlab chiqarilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu bois tarmoqda ehtiyot qismlarga ham talab ko‘p. Bu borada 300 dan ziyod korxona yaxlit kooperatsiyaga bog‘langan. Zangiotadagi “Technologies of real time” shulardan biri. 
     
    Prezident 2019-yilda “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tgan xalqaro sanoat yarmarkasida mazkur korxona mahsulotlari bilan tanishib, zarur ko‘rsatmalar bergan edi. Shu asosida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Korxonadagi 12 ta sexga Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya va AQSHdan keltirilgan uskunalar o‘rnatildi. Bugungi kunda 118 xil rusumdagi avtomobillarning yurish, transmissiya va boshqaruv tizimlari uchun 750 dan ortiq turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Ko‘p detallar mahalliylashtirilgani hozircha maʼqul. Mutaxassislar zo‘r bo‘lsa, sifat ham, eksport ham oshadi, - dedi prezident.

    Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga korxonada ehtiyot qismlar qatorini kengaytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mahsulotlar buyurtma asosida O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi. Xususan, “O‘zavto motors”ning Xorazm viloyatidagi zavodiga “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun 773 ming dona ehtiyot qismlar yetkazib berilgan. 
     
    Tovarlarni texnik tekshiruv va sinovlardan o‘tkazish uchun zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan. Korxona mahsulotlari IATF 16949:2016, ISO 9001:2015, ISO 45001:2020 hamda “Jeneral Motors”ning BIOS xalqaro sifat sertifikatlariga ega. Shu bois ularga xorijda ham talab bor. 

    Xususan, o‘tgan yili Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Ukraina, Birlashgan Arab Amirliklariga 3 million dollarlik ehtiyot qismlar yetkazib berilgan. Joriy yilning to‘qqiz oyida 2 million dollardan ziyod mahsulot eksport qilingan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek, korxona Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va Rossiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.

    Korxonada 220 ta ish o‘rni yaratilgan. Xodimlar shu yerdagi kurslarda o‘qitilib, keyin ishga qabul qilinadi.

    Davlatimiz rahbari zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mutaxassislar bilan muloqot qildi. Korxona shourumida tayyor mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu yerda kelgusi rejalar haqida maʼlumot berildi. Xususan, 2025-yilda 1,15 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Natijada BYD, Chery, Changan, Geely avto, Dongfeng kabi yangi avtomobil brendlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

    Loyiha samarasida 43 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, ishlab chiqarish quvvatlari 180 mingdan, 280 ming donaga yetkaziladi.

    Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘lib, qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va aholi bandligini taʼminlashda bu kabi majmualarning ahamiyati katta. Mazkur sanoat zonasi to‘rt yil oldin o‘ttiz olti gektar maydonda tashkil etilgan edi. Muhandislik infratuzilmasi, ichki yo‘llar va binolar qurilib, ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratildi.

    Bu yerga qurilish materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat tarmoqlarida o‘n beshta loyiha joylashtirilgan. Shundan o‘ntasi ishga tushirilgan. Ularda o‘tgan yili 295 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Joriy yil yakunlari bo‘yicha bu raqamni qariyb ikki baravarga ko‘paytirish maqsad qilingan. Hozircha bu korxonalarda 1 ming 500 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Barcha loyihalar ishga tushsa, bandlik yana ortadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Enter Steel” korxonasida metall konstruksiyalar, yuqori bosimga chidamli rezervuarlar, yuk ko‘taruvchi kranlar, burg‘ulash uskunalari, payvandlash elektrodlari, metall eshik, elektr qutilar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

    Ushbu loyihaning qiymati 40 million dollar bo‘lib, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilgan. Bu yerga Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlardan uskunalar keltirilgan. Bu esa mahsulotlar sifati va ish unumdorligi yuqori bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Korxonada jami 1 ming 500 kishini ish bilan taʼminlash imkoni bor. Zarur mutaxassislarni tayyorlash uchun “Amaliy monomarkaz” tashkil etilgan. O‘quv xonalari va laboratoriyalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Taʼlim dasturi esa Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari korxonaning ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

    Mutasaddilarga korxona mahsulotlari zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    14.10.2024, 16:55   Izoh (0)   5398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevga Buxoro xalqaro aeroporti loyihasi bo‘yicha axborot berildi

    09.10.2024, 20:31

    O‘zbekistonda “Texnik tartibga solish” elektron platformasi ishga tushiriladi

    10.10.2024, 19:48

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi 

    10.10.2024, 20:13

    “Daryo” dayjesti: 10-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    10.10.2024, 22:40

    Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga yetib bordi

    10.10.2024, 22:05

    O‘zbekistonda Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi

    11.10.2024, 12:25

    Shavkat Mirziyoyev Maxtumqulining 300 yillik yubileyi munosabati bilan medal bilan mukofotlandi

    11.10.2024, 14:45

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi

    11.10.2024, 16:55

    Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    11.10.2024, 18:36

    “Daryo” dayjesti: 11-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    11.10.2024, 22:50

    Sadoqatmi yoki bilim — O‘zbekistonda kadrlar qaysi mezonlar asosida tanlanmoqda?

    12.10.2024, 10:35

    Bayden Trampga suiqasdni urush harakati deb hisoblashini aytib, Eronni ogohlantirdi

    12.10.2024, 11:15

    Tramp shtabi uning xavfsizligini harbiy aviatsiya bilan kuchaytirishni so‘radi

    12.10.2024, 14:53

    Putin va Pezeshkiyon Ashxobodda uchrashdi. Rossiya endi Yaqin Sharq mojarosiga aralashdimi?

    12.10.2024, 19:00

    Braziliya prezidenti xorijdagi legionerlarni terma jamoaga chaqirmaslikni so‘radi 

    12.10.2024, 19:45

    Kamala Harris tibbiy xulosasini e’lon qildi

    12.10.2024, 22:25

    Tramp uchinchi jahon urishi yaqin oylarda boshlanishini aytdi

    13.10.2024, 11:55

    O‘zbekiston davlatlarning kosmik fazoni tadqiq qilish va foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi 

    13.10.2024, 21:28

    O‘zbekistonda ayrim hokim yordamchilari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

    13.10.2024, 23:30

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi

    14.10.2024, 11:20

    “Ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, bu tumanda kambag‘allik bo‘lishi mumkin emas” — prezident Toshkent tumanida bo‘ldi

    14.10.2024, 13:54

    Soliq qo‘mitasi raisi nomidan Telegram orqali feyk xabarlar yuborilayotgani aytildi

    14.10.2024, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.