Yaponiyada maktab o‘quvchisini o‘ldirgani uchun 39 yil qamoqda o‘tirgan erkakka nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda 60 yoshli Syoshi Maekava dastlab 1986-yilda Yapon dengizi qirg‘og‘idagi Fukui shahrida talabani o‘ldirganligi uchun qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U o‘ziga berilgan jazo muddatini o‘tab bo‘lgan.
Maekava izchil ravishda o‘z aybsizligini ta’kidlab kelgan va o‘tgan yil oktyabr oyida ishni qayta ko‘rib chiqish haqidagi ikkinchi murojaatiga javoban unga ishni qayta ko‘rib chiqish huquqi berilgan.
Telekanal xabarida aytilishicha, erkakning ishi bo‘yicha qayta sud jarayonida Nagoya oliy sudining Kanazava bo‘limi uni oqlagan.
Ishni qayta ko‘rib chiqish jarayonida qotillik kechasi Maekavani qonli kiyimda ko‘rganini aytgan guvohlarning ko‘rsatmalari shubha ostiga olingan. Bundan tashqari, tergov ilgari e’tibor bermagan guvohlar ko‘rsatmalaridagi yangi faktik nomuvofiqliklar aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, yakuniy hukmni e’lon qilgan sudya Maekavadan 39 yil davomida yetkazilgan azob-uqubatlar uchun uzr so‘ragan. Maekavaning o‘zi esa matbuot anjumanida o‘z aybsizligini isbotlay olganidan xursand ekanini bildirgan.
Qayd etilishicha, Maekava sud binosiga yarim asr o‘lim kamerasida o‘tirgan, 2025-yilda oqlanib qamoqxonadan chiqqan boshqa yaponiyalik sobiq mahbus Ivao Xakamataning singlisi sovg‘a qilgan shlyapada kirgan.
Mart oyida Yaponiyaning Sidzuka prefekturasi okrug sudi 47 yildan ortiq nohaq qamoqda o‘tirgan va keyinchalik oqlangan 89 yoshli Ivao Hakamataga taxminan 217 million iyena (taxminan 1,44 million dollar) tovon puli to‘lashga qaror qilgandi.
Izoh (0)