Yaponiyaning markaziy qismidagi Gifu prefekturasida O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari bazasida otishma sodir etildi, kamida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NHK.
Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, Yaponiya O‘zini-o‘zi mudofaa qilish qo‘shinlarining 18 yoshli kursanti avtomat quroldan o‘q uzgan. Hammasi bo‘lib uning uch nafar xizmatdoshi yaralangan, ulardan biri kasalxonada vafot etgan. Kursant qo‘lga olindi va hozirda politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Yahoo Japan ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlangan askarlar 20—50 yoshlar orasida edi. Ularning eng kichigi olgan jarohatlaridan vafot etgan. Hodisa poligonda o‘t ochish mashqlari paytida ro‘y bergan.
Avvalroq Olmaotada politsiyachi o‘z hamkasbining boshidan otib qo‘ygan edi. Fojia Olmalin tumanidagi politsiya boshqarmasi binosida sodir bo‘lgan. Ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirgani uchun unga 4 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Izoh (0)