• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Har uch daqiqada o‘lim, pora bilan guvohnoma olgan haydovchilar: Hindiston yo‘llari nega bu qadar halokatli?

    Hindiston hukumatining hisob-kitobiga ko‘ra, har uch yarim daqiqada bir hindistonlik yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ladi. Bu yiliga 150 ming kishi degani. The Economist nashri nega Hindiston yo‘llarida vaziyat bu qadar yomon ekanligini tahlil qildi. 

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Hindistonda yiliga 300 ming odam yo‘l harakati qurboni bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu Karib dengizida joylashgan Barbados mamlakatidagi odamlardan ko‘proq. 

    Raqamlar kattaligini Hindistonda aholi soni ko‘pligi bilan izohlab bo‘lmaydi. Xitoyda taxminan shuncha odam bor, ammo har yili atigi 58 ming kishi yo‘l harakati oqibatida halok bo‘ladi. 

    Jahon bankining JSST ma’lumotlaridan foydalangan holda hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalarining atigi 10 foizi joylashgan Hindiston yo‘l-transport hodisalaridan o‘lim holatlarining 22 foizini tashkil qiladi. 

    Bu har kuni sodir bo‘ladigan qirg‘in bo‘lib, hammaning ko‘z o‘ngida ro‘y beradi, lekin unchalik hayratga solmaydi.

    Eng kambag‘al mamlakatlarda yomon yo‘llarda sekin harakatlanadigan mashinalar kam uchraydi. 

    Boyroq davlatlar xavfsizlikka sarmoya kirita oladi. Bunday mamlakatlar yaxshi jihozlangan, yaxshi haq to‘lanadigan politsiya va eng yangi texnologiyalar bilan qat’iy yo‘l qoidalariga rioya qilish uchun ma’muriy salohiyatga ega. 

    Kambag‘al, ammo tez rivojlanayotgan mamlakatlar esa ko‘plab transport vositalariga va hatto yaxshi yo‘llarga ega, ammo xavfsizlikka ko‘p pul va e’tibor qaratmaydi. Aynan shunday joylarda yo‘l harakati qurbonlari eng ko‘p uchraydi.

    Xavfsizlikka investitsiyalarning yetishmasligi uchta asosiy jihatga ega. 

    Birinchisi — yo‘llar va avtomobillarning asosiy infratuzilmasi. 

    Ko‘pgina transport vositalari eski va xavfsizlik kamarlari, xavfsizlik yostiqchalari kabi zaruriy narsalarga ega emas. 

    Ko‘plab yo‘llarda esa tegishli belgilar yoki to‘siqlar mavjud emas. Piyodalarni tirbandlikdan uzoqlashtirish uchun yo‘laklar juda kam.

    Qashshoq mamlakatlardagi yo‘llarning dizayni boy dunyoda modellashtirilgan bo‘lib, asosan avtomobillar va yuk mashinalari uchun mo‘ljallangan. 

    Ammo Hindistonda mototsikllar va skuterlar ko‘plab shaharlardagi transport vositalarining 70 foizini tashkil qiladi. 

    Ular avtohalokatga uchraganidan 30 barobar ko‘proq. Shunga qaramay, Hindiston yo‘llari ikki g‘ildirakli avtomobillarni joylashtirish uchun hech qanday harakat qilmaydi, masalan, ular uchun alohida yo‘laklarni belgilash.

    Ikkinchi kamchilik bu — ta’lim. 

    2017-yilda o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, har o‘n hind haydovchisidan olti nafari guvohnoma olish uchun haydovchilik imtihonidan o‘tmagan. 

    O‘shandan beri transport idoralariga guvohnoma olish uchun pul to‘lash qiyinlashdi, ammo pora orqali hujjatlarni olgan millionlab haydovchilar hali ham yo‘llarda harakat qilmoqda. 

    Eng yomoni, Hindistonda yuk mashinalarini boshqarish uchun maxsus ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan haydovchilarning 37 foizi litsenziya olishdan oldin hech qanday rasmiy tayyorgarlikdan o‘tmagan.

    Uchinchi katta kamchilik — sog‘liqni saqlash. 

    Baxtsiz hodisa yuz berganda, yaradorlarning o‘lish ehtimoli Hindistonda ancha baland. 

    Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning yarmiga vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilsa, ularni saqlab qolish mumkin edi. 

    Ammo shahar tashqarisida tez yordam xizmatlari kam. Kasalxonalarda bemorlar uchun yetarli to‘shak yo‘q. 

    Shifokorlar sonining aholiga nisbati, ya’ni har 1000 kishiga bittadan kam. Bu esa Germaniya yoki Yaponiya u yoqda tursin, qo‘shni Shri-Lanka va Pokistonga qaraganda pastdir.

    Mamlakatda kambag‘al mehnat yoshidagi erkaklar ko‘proq xavf ostida. Ular jarohat olish ehtimoli ko‘proq va sog‘liq sug‘urtasiga ega emas. 

    Davlat shifoxonalarida tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi past, lekin hatto oddiy xususiy davolanish uchun to‘lovlar kambag‘al uy xo‘jaliklarini qashshoqlikka olib kelishi mumkin. 

    2019-yilda Jahon banki yo‘l-transport hodisalarining iqtisodiyotga bo‘lgan yillik xarajatlarini 172 milliard dollar yoki o‘sha paytdagi Hindiston YIMning 7,5 foizini tashkil qilishini ma’lum qildi. 

    Hindiston hukumati 2020—2030-yillarda yo‘l-transport hodisalari sonini ikki baravar kamaytirishni maqsad qilib qo‘ydi. 

    Hukumat keng tarqalgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik, jumladan, mast holda, voyaga yetmagan yoki tegishli raqam belgisisiz mashinani boshqarish uchun katta jarimalar va qamoq jazolarini joriy qildi. 

    Skuter yoki mototsiklda bo‘lganlar, agar shlemsiz qo‘lga olinsa, litsenziyalari olib qo‘yilishi mumkin. 

    Bu o‘zgarishlar, afsuski, hali o‘z samarasini bermadi. Yangi qonun joriy etilganidan ikki yil o‘tgach, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qo‘lga olingan odamlarning deyarli 60 foizi hali ham politsiya tomonidan so‘roq qilinayotganini aytishdi. 

    Yo‘llarni yaxshilash, sog‘liqni saqlash va haydovchilar bilimini oshirish bir necha o‘n yillar vaqt talab qiladi. Ammo diqqatni eng xavfli yo‘llarga qaratish, Hindiston uchun samarali natijaga ertaroq erishishga yordam beradi.

    08.08.2022, 21:08   Izoh (0)   27146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyning Rossiyaga eksporti urushdan beri eng yuqori darajaga yetdi

    08.08.2022, 19:32

    Finlyandiyada ishchi kuchi yetishmasligi sabab tonnalab qulupnay nobud bo‘ldi

    08.08.2022, 19:19

    Qozog‘istonda elektr energiyasining jiddiy tanqisligi yuz berishi kutilyapti — Forbes

    08.08.2022, 18:36

    Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinda turadi

    08.08.2022, 18:18

    Saudiya Arabistoni sentabrda Osiyo va AQSH uchun neft narxini oshiradi

    08.08.2022, 12:20

    Dunyoda oltin narxi tushib borayotganining sabablari ma’lum qilindi

    08.08.2022, 11:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.