Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda o‘z xizmatini 2026-yilda yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Bu ma’lumot servis saytida e’lon qilindi.

Amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati xaritasida O‘zbekistonda xizmatni yo‘lga qo‘yish sanasi 2026-yildan boshlab deb ko‘rsatilgan. Bunga qadar Starlink’ning O‘zbekiston bozoriga chiqishi 2023-yilda rejalashtirilgan edi. Keyinchalik 2025-yil ko‘rsatilgan, endi esa muddat bir yilga ko‘chirildi.

SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonda yirik loyihalar amalga oshirishga tayyor ekanini 2022-yilda bildirgandi.
“O‘zbekkosmos” agentligi vakillari taklifi qabul qilinsa, Xalqaro astronavtika kongressi 2028-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi, unga Ilon Mask tashrif buyurishi ham mumkin.
Qozog‘istonda Starlink 2025-yil 13-avgustdan boshlab rasman ishga tushdi. Ungacha faqat sinov (pilot) rejimida ishlagan va yuqori tezlikdagi internetdan asosan qishloq maktablari foydalanayotgan edi. Endilikda esa xizmat barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ldi.
Izoh (0)