Sanjar Mavlonov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sanjar Mavlonov bunga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Shohrux Aminov prezident farmoniga asosan bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldingi o‘rinbosar Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani sabab ishdan olingan. U 2020-yilning oktabridan hozirga qadar bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)