O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshev ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining 32-sessiyasida respublikaga yangi prokuror tayinlangani ma’lum qilindi.
Unga 2016–2017-yillarda Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Erkaboy Aminovich Tojiyev tayinlandi.
U bu lavozimda Farhod Yembergenovich Allambergenov o‘rnini egalladi. U bu lavozimga 2020-yilning iyun oyida tayinlangan edi.
Izoh (0)