Shoxrux Aminov 1-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga 2022-yil iyulidan buyon Erkaboy Tojiyev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Shoxrux Aminov prokuratura organlarida mas’uliyatli lavozimlarda, jumladan, Sirdaryo viloyati prokurori, Navoiy viloyati prokurori, O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar 2022-yil aprelidan buyon bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)