Prezident farmoniga asosan Shohrux Aminov bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Aminov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi o‘rinbosar Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani sabab ishdan olingan. U 2020-yilning oktabridan hozirga qadar bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)