Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatga qaramay, “PSJ” yakunlangan mavsum ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Endi esa bosh murabbiy Luis Enrike klubdan uchta asosiy futbolchi bilan bog‘liq masalani hal qilishni talab qilmoqda. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Birinchi navbatda, klub 22 yoshli vinger Bredli Barkolya bilan shartnomani uzaytirishi zarur. Uning atrofidagi vaziyatni “Bavariya” jiddiy tarzda kuzatib bormoqda, ammo futbolchi “PSJ”da qolishni istamoqda va klub ham uni uzoq muddatga saqlab qolmoqchi. Shunday bo‘lsa-da, parijliklar Bredli bilan yangi shartnoma imzolashi va unda futbolchining maoshini sezilarli darajada oshirishi talab qilinmoqda.
Ikkinchi nom — Usmon Dembele. 28 yoshli futbolchi allaqachon jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchi sanaladi (oyiga 1,5 mln yevro). Agar shartnomasi 2028-yildan keyin uzaytirilsa, u Yevropadagi eng ko‘p maosh oluvchi 5 futbolchidan biriga aylanishi mumkin.
Uchinchi — 20 yoshli Dezire Due. Uning shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi, ammo “PSJ” hozirdan uni yaxshilash ustida o‘ylamoqda, chunki yosh futbolchi jamoaning kelajakdagi eng muhim futbolchilaridan biri sifatida qaralayapti. Shuningdek, jamoa bu orqali boshqa Yevropa klublarining uni qo‘lga kiritish imkoniyatini oldindan yo‘qqa chiqarishni xohlayapti.
Luis Enrike esa klub rahbariyatidan mazkur muzokaralarni tezroq yakunlashini talab qilmoqda.
Izoh (0)