Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Farg‘ona vodiysida yagona bo‘lgan meteorologik radiolokator faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
24 metr balandlikdagi radiolokator temir ustunlarga o‘rnatilgan futbol to‘pi ko‘rinishida bo‘lib, shar ichida 200 kilometr radiusdagi ob-havo hodisalarini aniqlovchi meteorologik radar joylashgan.
.jpg?_t=1752643141)
Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Finlyandiyaning Vaisala kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu qurilma yordamida bulutlar oqimi, kutilayotgan yog‘inlar, jumladan, jala, do‘l va sel, ularning miqdori hamda — davomiyligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar olinadi. Keyinchalik ushbu maʼlumotlar jamlanib, mahalliy va xorijdagi meteorologik markazlarga yuboriladi.
.jpg?_t=1752643399)
Foto: Oqilxon Mamajonov
.jpg?_t=1752643141)
Foto: Oqilxon Mamajonov
Sutkada 24 soat davomida, uzluksiz ishlaydigan ushbu radiolokator “Vodiy ko‘zi” deya nom olgan. “Daryo” jamoasi mazkur obyektda bo‘lib, foto va videolavhalar tayyorladi.
.jpg?_t=1752643141)
Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
Izoh (0)