• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Arxitektura

    Ilon Mask 54 yoshda: milliarderga tegishli bo‘lgan qimmatbaho uylarga sayohat (foto)

    2025-yil 28-iyun kuni mashhur milliarder va texnologik innovator Ilon Mask 54 yoshga to‘ldi. U uzoq yillardan beri boshqa sayyoralarga borishni jiddiy maqsad qilgan. Yerda esa u egalik qilgan barcha hashamatli uylarini sotib yuborib, bundan buyon hech qanday ko‘chmas mulkka egalik qilmaslikka qaror qilgan. Biroq u ilgari o‘ziga xos va noyob uylarda yashagan.

    Foto: CNN
    Foto: CNN

    “Bumerang” uy

    Los Anjelesda Mask yettita uyga egalik qilgan. Ulardan biri bolalari uchun dars xonasi sifatida ishlatilgan. Barcha hovlilar bir-biriga yaqin joylashgan. 2024-yil yozida Mask to‘rtta uyni sotgan va yangi xonadon egasi bu yerda katta hovli qurishni rejalashtirgan.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Milliarderga tegishli uylardan biri arxitekturasi bilan ajralib turadigan “bumerang” shaklidagi xonadon bo‘lib, uni Mask 4,5 million dollarga sotgan. Uyning umumiy maydoni 914 metr kvadrat bo‘lsa-da, zamonaviy tarzda loyihalangan: mehmonxona va ovqatlanish zonasidan suriluvchi eshiklar orqali hovuzga chiqiladi.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Hovuzning qarama-qarshi qismida esa yotoq va hammomlar joylashgan, har birida bog‘ga qaraydigan deraza bor. Uyning tashqi tomoni yopiq, ichkarida esa ochiq hovuz, yerosti garaji va “aqlli uy” tizimi mavjud. Yoritish, shamollatish, isitish va musiqa boshqaruvi kabilar mobil telefon orqali boshqariladi.

    30 million dollarlik saroy

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    2020-yil yozida Mask eng qimmat mulkidan voz kechdi. U Bel Eyr rayonidagi uyini 2012-yilda 17 million dollarga sotib olgan edi. Mask uyni 29 million dollarga xitoylik videoo‘yinlar biznesi orqali boyigan milliarderga sotdi.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Bu uy hashamat va ko‘ngilochar zonalarga to‘la: ikki qavatli kutubxona, xususiy kinoteatr, sport zalidan tashqari vino kolleksiyasi uchun alohida xona mavjud. 1500 metr kvadratli uyning ichki ko‘rinishi klassik uslubida qurilgan. Mask uni xarid qilishdan oldin uzoq yillar ijarada yashagan va faqat yengil ta’mirlash bilan cheklangan. Hovlisida tennis korti va ochiq osmon ostida ovqatlanish uchun joylar bor. Garaj esa to‘rt nafar Tesla avtomobiliga mo‘ljallangan.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Jin Uaylderning uyi

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Bel Eyr hududida yana bir mashhur uy — amerikalik aktyor Jin Uaylderning sobiq xonadoni joylashgan. U 1971-yilgi “Villi Vonka va shokolad fabrikasi” filmidagi roli bilan tanilgan. Mask uyni 7 million dollarga sotgan, ammo aktyorga bitta shart qo‘ygan: unga ko‘ra, yangi uy egasi interyerni o‘zgartirmasligi kerak bo‘lgan. Aktyor esa bunga rozilik bildirgan.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    U aynan shu uyni Mask “Ad Astra” (lotincha “yulduzlar tomon”) nomli xususiy maktabga aylantirgan edi. Bu maktabda milliarderning farzandlari va ba’zi xodimlarining bolalari tahsil olgan.

    Yana bir 30 million dollarlik uy

    Mask keyinchalik yana bir hashamatli uyini sotuvga qo‘ydi — bu safar Los Anjeles manzarasini to‘liq ko‘rish mumkin bo‘lgan tepalikdagi inshoot bo‘ldi. Uy atrofidagi uchta boshqa bino ham Maskka tegishli bo‘lgan va ularning barchasi sotilgan.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    2 800 metr kvadratli bu uy Maskning odatiy klassik uslubidan farq qilib, zamonaviy va minimalistik dizaynga ega. Oppoq kub shaklidagi bloklardan iborat bino panoramali derazalari bilan shaharga qaragan. Old qismida ochiq hovuz joylashgan.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Ixcham kottej

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Yuqoridagi qimmatbaho uyning qo‘shnisi bo‘lgan yana bir kottej — Maskning eng past narxga sotilgan uyi sanaladi. Xonadon 4,443 million dollarga xarid qilingan. An’anaviy uslubdagi bu uyda yog‘och mebellar asosiy o‘rin egallagan, bolalar xonalari esa malikalarga xos dizaynda bezatilgan. Maskning birinchi turmushidan besh farzandi, yangi juftidan esa yana bir farzandi bor.

    Silikon vodiysidagi hashamatli ko‘chmas mulk

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Maskning Kaliforniyadan tashqaridagi yirik hovlilaridan biri Silikon vodiysidagi saroy bo‘lib, u yerda tadbirkorning turli kompaniyalari joylashgan. U 5000 metr kvadrat bo‘lib, 10 ta yotoqxona, 10 ta hojatxona, ulkan garaj va katta hajmdagi ziyofatlar uchun mo‘ljallangan ovqatlanish xonasidan iborat.

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Texasdagi uy

    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    So‘nggi yillarda Mask o‘zining asosiy yashash joyi sifatida oddiyroq joyni tanladi. Bu Texas shtatidagi SpaceX zavodidan yarim soatlik yo‘l uzoqlikda joylashgan xonadon bo‘lib, u atigi 50 ming dollarga xarid qilingan.

    Foto: Business Insider
    Foto: Business Insider
    Foto: My Decor
    Foto: My Decor

    Mask bir intervyusida shunday degan:

    “Uyim juda kichkina. Men raketalar zavodiga piyoda boraman. Yolg‘iz bo‘lsam, menga juda qulay. Ammo do‘stlarim tashrif buyurganida ular bu joyda yashayotganimni bilib, ko‘zlariga ishonmaydi”.

    3 iyul, 17:40   Izoh (0)   982
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #lifestyle#arxitektura

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Issiqxonada oilaviy ishlaganmiz” — Abdurashid Yo‘ldoshev qassoblik, zargarlik qilgani va omadi kelib san’atkor bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    27 yanvar, 16:58

    “Bobom bilan qo‘shiq kuylash armon bo‘lib qoldi” — Sevinch Ismoilovaning bu yilgi konserti qanday o‘tdi? (video)

    29 yanvar, 18:45

    Jasmin, G‘aybulla Tursunov, Dilnoza Kubayeva: “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofotida kimlar taqdirlandi?

    1 fevral, 23:10

    “Ayriliq azobini keragidan ko‘p totdim”. O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov hayotidagi yo‘qotishlar va farzandlarining muvaffaqiyatlari haqida (video)

    5 fevral, 18:53

    “Mirshakarlarga konsertga kirish tekin” — Mirshakar Fayzulloyev adashlarini izlayotgani haqida (video)

    7 fevral, 19:50

    O'rni bilinayotgan Halima, sahnadagi bahor nafasi va maxsus grimxona: Yulduz Usmonovaning yangi konsertidan reportaj (video) 

    10 fevral, 20:09

    “Davlat rahbarlari ham inson, ularning ham hissiyoti bor” — Mahmud Namozov tadbirlarda prezident san’atkorlarga nimalar deyishi haqida gapirdi (video)

    18 fevral, 20:11

    “Ular — ongsiz odamlar”.  G‘ulomjon Yoqubov qo‘shiq talashayotgan xonandalar va o‘zini o‘ldiga chiqarayotganlar haqida

    22 fevral, 21:20

    “Undan ko‘ra shu pulni boshqa ehtiyojingizga ishlating, deyman”. Toshpo‘lat Matkarimov uni to‘yga chaqiradiganlarni bu fikrdan qaytarishga urinishi haqida gapirdi

    25 mart, 09:56

    8 metrdan o‘zini tashlagan Mo‘min, gaz, “svet”, radar muammosi va qimmat chiptalar: “Million”ning yangi konserti qanday o‘tyapti?

    4 aprel, 20:41

    “Qabristonga borib, lahad ichiga tushib turaman” — aktrisa Vazira Yunusova 

    16 may, 12:50

    Kichik to‘y, 15 ta premyera va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan tarixiy klip — Jaloliddin Ahmadaliyevning yangi konsertidan reportaj

    28 may, 18:27

    “Bir oylik mehnatim uchun 500 ming so‘m gonarar berishdi” — aktrisa Zahro Mirzayeva vaynerlar sabab aktyorlar qadrsizlanayotgani haqida gapirdi (video)

    5 iyun, 14:06

    “Bolalar ulg‘ayganda inson baribir ulardan tortinib qolar ekan” — raqqosa Muhabbat Qurbonova sahnadan ketganidan afsuslanmasligi haqida gapirdi

    16 iyun, 16:06

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    30 iyun, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.