• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Mirshakarlarga konsertga kirish tekin” — Mirshakar Fayzulloyev adashlarini izlayotgani haqida (video)

    Stendap komik, yumorist Mirshakar Fayzulloyev yaqin kunlarda katta sinov oldida turibdi. U 12 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladigan Humo Arena muz saroyida “Chempion” nomli stendap konsert dasturini taqdim etadi. Yumorist “Daryo”ga bergan intervyusida konsert tayyorgarligi, o‘z sohasidan non topolmay qo‘shiq aytayotgani haqidagi mish-mishlar va shifokor bo‘lish orzusidan nega kechgani haqida gapirdi.

    Chiptalar nima uchun qimmat?

    Foto: “Daryo”

    — Ochig‘ini aytish kerak, chiptalar qimmat emas. Doim birinchi qator misol qilib olinadi-da, nega buncha qimmat, deyiladi. Birinchi qatorning narxi nega buncha qimmat, deydigan odam uchun qimmat emas. Lekin sizning pulingizga yarasha joylar ham bor — hamma joyda bir xil ovoz va ko‘rinish ta’minlanadi. Har bir loyihaning umumiy narxi bo‘ladi, bozor narxi shundan kelib chiqadi. Undan tashqari, ma’lum vaqtda biror narsaga sharoitingiz bo‘lmasligi normal holat. Bir safar bo‘lmasa, keyingisida o‘xshaydi, albatta. Yana alohida holatlarda promokodlar beriladi, masalan, “Sahna” stendap klubiga kelib turgan tomoshabinlar chegirma bilan xarid qilishi mumkin. “Alpomish”dagi konsertda talabalar uchun chegirma berilgandi, deydi yumorist.

    Konsertga kirish kimlar uchun tekin? Mirshakarning eng katta orzularidan biri konsertda kimni ko‘rish?

    Foto: “Daryo”

    — Ismimni rahmatli bobom qo‘ygan. U kishi adabiyotshunos bo‘lgan, 11 farzandning otasi edi. Bobom ko‘p adib va shoirlarning ismini bizga qo‘ygan — buni berkitadigan joyi yo‘q. Shoir Mirsaid Mirshakar sababli menga Mirshakar, akamga Mirsaid deb ism qo‘yilgan. Boshqa oila a’zolarimga ham adiblarning ismi qo‘yilgan, masalan, dadamning ismi Shuhrat, Alisher va Bobur esa amakilarimning ismi. Ammalarimda ham shunday. Aytgancha, “Chempion” konsertimda Mirshakar ismli barchaga kirish tekin, menga yozishsin, ular uchun alohida joy tayyorlangan. Bu joylar hatto sotuvda yo‘q. Taxminim bo‘yicha, O‘zbekistonda mingga yaqin Mirshakar ismli erkaklar bor. Bir necha yil avval dasturchi bo‘lib ishlab yurganimda 18 yoshdan katta 650 dan ortiq Mirshakar aniq bor edi. Ismimni aytsam ikkinchi marta “Mirshakar?” deya qayta so‘rashadi. Ba’zilar bilan tanishganimda esa ismimni to‘rt marta aytishga majbur bo‘laman. Hayotda kimnidir adash deb chaqirishni orzu qilaman. Umid qilamanki, konsertimda bu orzum amalga oshadi — kimgadir adash deyman. Mirshakarlar, kelinglar, hammamiz yig‘ilishimiz kerak, guruh ochib, choyxona qilib turamiz (kulib), deydi Mirshakar Fayzulloyev.

    “Stendapdan non topolmay, endi qo‘shiqchilikka o‘tdimi?”

    Muxlislar orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan yana bir holat — Mirshakar Fayzulloyev konsertida qo‘shiq aytayotgani. Ayrim muxlislar “Mirshakar ham aynibdi” degan fikrda. Xo‘sh, yumoristning o‘zi bu gap-so‘zlarga nima deydi?

    Foto: “Daryo”

    — Stendapdan non topishim zo‘r, nolimayman. Qo‘shiq nega kerak edi? Ba’zi fikrlarni qo‘shiqda yetkazish osonroq. Sababi u fikrlarni to‘liq tushunish uchun konsertni bir-bir yarim soat davomida uzmay ko‘rish kerak. Konsert videosi chiqqanda doim bir o‘tirishda ko‘ringlar, bo‘lib-bo‘lib ko‘rgan bo‘lsangiz ham, boshqatdan to‘xtatmay ko‘rib qo‘ying, boshqacha ta’sir qiladi, deb ko‘p aytaman. Qo‘shiq uch daqiqa davom etadi, uni bir o‘zim kuylayotganim yo‘q. Juda iste’dodli musiqachilar bor, xalqaro darajada ishlaydigan insonlar bilan qilinayotgan ijod namunasi. Birortasining maqsadi gonorar emas. Mening maqsadim — o‘ylangan g‘oyani istalgan ko‘rinishda yetkazib berish, u xoh qo‘shiq bo‘lsin, xoh stendap, ahamiyati yo‘q. Ijodkor sifatida birgina niyatim — men qo‘l urgan mavzu ko‘proq odamga yetib borsin, dedi stendap komik.

    Mirshakar Fayzulloyev bir vaqtlar yurist, aktyor, qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qilgani haqida ko‘p bora aytib o‘tgan. Lekin san’atni orzu qilgan yigit nega dasturchi bo‘lib ketgan?

    Foto: “Daryo”

    — Bir paytlar yurist bo‘laman, degan gap moda edi. Lekin hech qachon jiddiy tarzda yurist bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rmaganman. Ammo hayotda shunday davr bo‘ladiki, kim bo‘lasan, deb so‘rashganda tinchgina, el qatori yurist bo‘laman, deb qo‘yish osonroq. Shifokor ham bo‘lish niyatim bo‘lgan, bu uchun hatto biologiyani chuqur o‘rganganman ham. Aktyorlikka ham qiziqish maktab davridan bo‘lgan, ammo bu tadbirlardagi kichik rollar bilangina cheklangan, xolos. Oilamizda kim bo‘lishingdan qat’i nazar, eng zo‘ri bo‘lishing kerak, kosibchilik qilsang ham, eng yaxshisi bo‘lsang, tirikchiliging ham zo‘r bo‘ladi, mijozing ham ko‘p bo‘ladi, deyishardi. Ertalab ishga ketayotganingda xursand bo‘lib ketsang va xursand bo‘lib ishdan qaytsang, demak, hayotda sen yutding, deydi yumorist.

    Videoni to‘liq holda “Daryo” Lifestyle YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    7 fevral, 19:50   Izoh (0)   5673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Mirshakar Fayzulloyev#stand-up

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.