• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Layfstayl Shou-biznes

    “Davlat rahbarlari ham inson, ularning ham hissiyoti bor” — Mahmud Namozov tadbirlarda prezident san’atkorlarga nimalar deyishi haqida gapirdi (video)

    O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Mahmud Namozov “Daryo” uchun maxsus intervyu berdi. Intervyu davomida u yosh va professional xonandalarning xatosi, internetda urush qilayotgan san’atkorlar, yeyotgan ovqatini deb negativ eshitgani hamda prezident bayramlarda san’atkorlarning shaxsan o‘ziga nimalar deyishi haqida gapirdi.

    “Yoshlarning xatosi kechirimli, katta san’atkorlarniki emas”

    Foto: “Daryo”

    — Men demokrat odamman, yosh qo‘shiqchilarga imkon berish kerak, deb hisoblayman. Katta-katta san’atkorlar, professional qo‘shiqchilar folklor janrini buzib aytsa, xafa bo‘lish mumkin, ammo yoshlarniki kechirimli. Ular hozir yurtimizda kuylab, keyin chet davlatlarga chiqqanda, xatosi nimada bo‘layotganini anglaydi va darrov tuzatadi.

    Oddiy misol, Sevara Nazarxon butun dunyo bo‘ylab yuribdi. Sevara Nazarxon estrada xonandasimi? “Namanganning olmasi, anori bordurey” deya folklordan shunday chiroyli foydalanib, dunyoni lol qoldirib yuribdi. Shunday san’at, shunday ohang dunyoga kerakligini u bilyapti. Chetdagilar esa bu qanday qo‘shiq ekan, Nazarxonning ijodimikan deb o‘ylaydi. Millatning qo‘shig‘i bu! Sevara Nazarxon bundan chiroyli foydalanib yurgani o‘zining ham, millatning ham yutug‘i, deydi xonanda.

    “Yegan ovqatimni internetga joylaganim uchun negativga duch kelganman”

    Foto: “Daryo”

    — Bir kuni Abdurashid Yo‘ldoshev va boshqa san’atkorlar bilan Jizzaxga konsert berish uchun bordik. Bizni kutib olgan insonlar avval tamaddi qilib olinglar, deya yaxshi joyga olib bordi. Xursand bo‘lib, yelib-yugurib xizmat qilishdi, turli noz-ne’matlardan oldimizga qo‘yishdi. Shuni Instagram’ga joylagandim. Men Instagram’da post joylasam, Facebook’da ham avtomatik tarzda chiqadi.

    Esimdan ham chiqib ketgandi, bir yigit xalq artistlari, san’atkorlargayam besh ketmayman, yegan dasturxoni-yu ovqatini ommaga maqtanadi, shuyam ishmi, odam ozroq uyalishi kerak, deya rosa yozibdi. Nima qilishni bilmay asta shaxsiy sahifasiga o‘tdim-da, salomlashib yozdim. Keyin “Bilasizmi, o‘sha ovqatlarni maqtab yedig-u, aslida yaxshi emas ekan. Jon kuydirib xizmat qilgani uchun zo‘r deb qo‘ygandik-da” desam haligi odam “E, aka, bizga ham javob yozarkansiz-ku. Doim maqtab izoh qoldirsam, hech javob qaytarmaysiz, negativ yozganimda darhol javob yozyapsiz. Siz bilan suhbatlashishga ham erishdim” deya xursand bo‘lgandi. U javob qaytaramanmi, yo‘qmi, shuni sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan ekan.

    San’atkor faqat sahnada qo‘shiq aytadi degani emas, biz ham insonmiz, bir piyola choy ichamiz, kim bilandir tanishamiz — shularni e’tirof qilgimiz keladi-da. Qo‘shiq aytishimizdan ko‘ra shunday samimiy suhbatlar ba’zilarga ko‘proq yoqadi, deya kulib eslaydi Mahmud Namozov.

    “Antireklama ham reklama deydigan san’atkorlar bor”

    Foto: “Daryo”

    — Hozir ba’zi san’atkorlar uchun antireklama ham reklama bo‘lib qolgan. Urush-janjalli munosabatini internetga olib chiqadi, men bunday narsaga mutlaq qarshiman. Nafaqat san’atkorlar, balki boshqalarga ham tegishli bu. Agar o‘zimning kimdadir gapim bo‘lsa, shu odamni topib, shaxsan gaplashaman.

    Ijtimoiy tarmoq juda katta maydon — uni butun dunyo ko‘radi. Bizda nima bo‘layotganini Amerikadagilar, Yevropadagilar juda yaxshi biladi. Qayerda benzin yo‘qligini, qayerda avtohalokat bo‘lganini, “svet” o‘chib qolganini, deydi xalq artisti.

    Davlat tadbirlarida prezident ba’zi san’atkorlarning yonida uzoqroq suhbatlashib qoladi, shunday paytda yurtboshi ijodkorlarga nima deydi?

    Foto: “Daryo”

     — Davlat rahbarlari ham inson, ularning ham hissiyoti bor. Davlat tadbirlarida yurtboshimiz bilan ko‘rishib qolganimizda samimiy salom-alik bo‘lgan. Yaxshimisan, ishlaring yaxshimi, sog‘lig‘ing yaxshimi, degan gaplar bo‘ladi. Prezident san’atga nisbatan, bizga nisbatan samimiy — ko‘rishib qolsak motivatsiya beradilar. Kuzatib boraman, yaxshi ishlashing kerak, deydilar.

    To‘liq suhbatni Daryo Lifestyle YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    18 fevral, 20:11   Izoh (0)   6010
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Mahmud Namozov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.