Yer yuzidagi eng qurg‘oqchil joylardan biri sifatida tanilgan Chilidagi Atakama cho‘lida g‘ayrioddiy hodisa qayd etilgan: uni qor qoplagan. Ushbu voqeaning kadrlari ALMA observatoriyasi tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.

Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday qor yog‘ishi Atakamada taxminan o‘n yildan beri kuzatilmagan. Avvalroq meteorologlar mintaqada kuchli yomg‘ir va bo‘ronli shamol bo‘lishini bashorat qilgan edi.
Aql bovar qilmaydi! Dunyodagi eng quruq cho‘l, Chili Atakama hozir qor ostida, deyiladi observatoriya xabarida.
Atakama cho‘li Chilining Tinch okean qirg‘oqlari bo‘ylab ming kilometrga cho‘zilgan qurg‘oqchil yerlarning tor polosasidan iborat.
2024-yil oktyabr oyida BMT global isish uch darajadan oshsa, Janubiy Yevropa mamlakatlari cho‘llanishga duch kelishidan ogohlantirgan edi. O‘z navbatida, iqlimshunoslar 2100-yilga borib, sayyoramizda o‘rtacha harorat 3°C ga, G‘arbiy Yevropa va Buyuk Britaniyada esa 5°C gacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.
Izoh (0)