• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekistonda oxirgi 20 yillikdagi eng sovuq harorat kuzatilmoqda” — iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan suhbat (video)

    “O‘zgidromet” mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Daryo” nashriga bergan intervyusida O‘zbekistonga yog‘gan qor, anomal sovuq va iqlim o‘zgarishi hodisasini tahlil qilib berdi.

    O‘zbekistonning bir qator hududlarida qalin qor yog‘di va havo harorati keskin sovidi. Bu haroratga anomal sovuq deb ta’rif berish qanchalik to‘g‘ri va hafta davomida ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

    Anomal so‘zi o‘zbek tilida g‘ayritabiiy degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z ko‘proq havo haroratiga nisbatan ishlatiladi. Lekin uni boshqa tabiat hodisalari uchun ham qo‘llash mumkin. “O‘zgidromet” bu so‘zdan 50-60 yildan beri foydalanadi.

    Anomal so‘zi havo haroratining hozirgi iqlimiy me’yordan 8 daraja yuqori yoki 8 daraja pastligini ko‘rsatadi. Harorat past bo‘lsa, anomal sovuq deyiladi va u yozda ham kuzatilishi mumkin. Yoki qishda ham anomal issiq hodisalari kuzatilgan.

    Hozir anomal sovuqning ikki baravar kuchli davrida turibmiz. Chunki bugungi kun o‘rtacha iqlimiy ko‘rsatkichdan -15 daraja, ayrim hududlarda -18 darajagacha past kuzatilyapti.

    Ertalab (12-yanvar) “O‘zgidromet”ning juda ko‘plab stansiyalarida, ayniqsa, Navoiy viloyatining sharqiy qismi, Samarqand viloyatining shimoli, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati janubiy qismlarida havo harorati minimumlari -20 darajadan past bo‘ldi. Andijonning sharqiy qismi Qo‘rg‘ontepada ham -27 daraja sovuq kuzatildi. Bunda o‘rtacha sutkalik harorat -18 va -19 daraja sovuq ekanini hisobga olsak, me’yoriy harorat nol daraja deyilsa, umumiy harorat -19 daraja past degani. Buni super anomal sovuq hodisasi desa ham bo‘ladi.

    Erkin Abdulahatov

    Erkin Abdulahatov
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Oldinlari ham bugungidan ham anomal sovuqlar kuzatilgan. Masalan, hozir Toshkent shahrida -20 darajaga yaqin harorat kuzatilayotgan bo‘lsa, 1930-yillarda qariyb -30 darajagacha sovuqlar bo‘lgan. 1969-yilda ham bugungidan sovuq harorat bo‘lgan.

    Lekin hozir biz oxirgi 20 yilllikdagi eng sovuq iqlim qarshisida turibmiz. To‘g‘ri, 2018-yilda davomli sovuq harorat kuzatilgan. Ya’ni qariyb 40 kun sovuq harorat davom etgan va minimal havo harorati -18 darajagacha pasaygan. Hozir bizning ko‘rsatkichlarimiz -20 darajaga yaqinlashyapti. Ammo bu davomli emas. Keyin havo yana isib ketish prognozlari bor.

    Antisiklonning faol qismi hozir Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida turibdi. U 15—16-yanvar kunlari bizning respublikadan o‘tib ketadi. Oxirgi chiqib ketadigan hududi vodiy viloyatlari bo‘ladi. U yerlarda 18-yanvar kunigacha sovuq havo saqlanib qoladi. Shimoliy hududlarimiz – Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 17—18-yanvar kunlari sekin-asta havo isishi, harorat kechalari -8 darajagacha pasayishi, kunduzi 0 darajaga yaqinlashishi kuzatiladi.

    Oxirgi vaqtda O‘zbekistonda fasllarga xos ob-havo o‘zgaruvchan tus olgan. Masalan, bu yilgi qishning bir oydan ortiq davrida bugungidek sovuq havo kuzatilmadi. Buning asosiy sabablari nimada?

    Iqlim o‘zgarishi havo oqimlaridagi tartibni ham buzib yuboradi. Iqlim o‘zgarishi bu isish degani. Bunda iliq havo oqimlari ko‘payaveradi. Va sovuq havo oqimlari 4-5 yillikda to‘satdan faol bo‘lishi mumkin. Umumiy olganda, qish oylari iliq keladi. Lekin uning bir haftasi keskin sovuq bo‘lishi mumkin. Oxirgi yillarda shunday hodisaning guvohi bo‘lyapmiz.

    Iliq qishlar davomli bo‘lyapti va orada sovuq havo oqimlari kirib kelyapti. Buning sababi iqlim o‘zgarishi va Tinch okeanida “El-Ninyo” va “La-Ninya” degan hodisalar bor. Suvning juda katta maydonda sovishi “La-Ninya” deyiladi. Huddi shunday hodisa uch yil ketma-ket kuzatilmoqda. Shuning uchun bizning qishlarimiz anomal sovuq bilan o‘tmoqda.

    2016—2019-yillarda “El-Ninyo” degan hodisa bo‘lgandi. Ya’ni Tinch okeanida suvning isishi yuz bergan. Buning natijasida qish iliq va barqaror o‘tgan. Oxirgi uch yillikda iliq qish va to‘satdan yuz berayotgan anomal sovuqlar bo‘lmoqda.

    O‘zbekistonda anomal sovuq ta’siridan aholini himoya qilish bo‘yicha hukumat samarali choralar ko‘ra oldimi? Shu kunlarda maktablarda darslarni boshlash masalasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bunga munosabatingiz qanday?

    Anomal sovuqqa tayyorgarlik ko‘rish uchun “O‘zgidromet” odatdagidan oldin ogohlantirish xabarini berdi. Oldinlari bizda voqeadan o‘n kun oldin ogohlantirish xabarlari ishlab chiqilmagan. Talafotlar kamroq bo‘lishi, energetika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa barcha tizimlarga bo‘ladigan xavflarga tayyorgarlik ko‘rishga vaqt yetarli bo‘lishi uchun biz oldindan ogohlantirdik.

    Masalan, men energetika tizimida nisbatan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilganini ko‘rdim. O‘tgan yili dekabr yoki noyabrda energetik kollaps yuz bergandi. Hozir puxta tayyorgarlik ko‘rilgani uchun kuchli darajada uzilishlar sezilmadi. To‘g‘ri, ayrim joylarda elektr energiyasi va tabiiy gazda o‘chishlar yuz bermoqda. Lekin bu sovuqqa tayyorgarliksiz kirib kelganda tizimga juda ham qiyin bo‘lardi. Tibbiyot ham o‘z bayonotlarini berdi.

    Lekin maktabda darslarni boshlash masalasi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Avvaliga 18-yanvardan o‘qish boshlanadi deb qaror chiqarildi. Keyin sana yana o‘zgartirildi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu masalani hal qilishni hokimliklarga topshirdi.

    O‘zbekistonda xavfli meteorologik hodisalar, ya’ni qor, bo‘ron deymizmi, anomal sovuq yoki issiqmi, davomli changli bo‘ronlarda ko‘riladigan choralar bo‘yicha aniq normativ-me’yoriy hujjatlarimiz yo‘q. Bu yuqoridagi nuqtada yaqqol ko‘rindi. Aniq bir hujjat yoki tartib mavjud emas. Kim nima va qanaqa ish qilishi tizimli emas. Albatta, hujjatlar ishlab chiqilishi kerak. O‘shandagina shunday hodisalar kamroq bo‘ladi.

    Bizda nafaqat anomal sovuq, balki anomal issiq uchun ham normativ-me’yoriy hujjatlar yo‘q. Yozda havo harorati 41 daraja issiq bo‘lganda xodimlarga kompensatsiya to‘lash, ularning ish vaqtini boshqa vaqtlarga ko‘chirish masalalarini doimiy ko‘taramiz. Bu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi kerak. Har bir tarmoqning o‘z institutlari bor. Ular ob-havo hodisalaridagi xavf ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq standartlar ishlab chiqishi lozim. Buni hukumat qarorlari sifatida tasdiqlash kerak.

    Iqlim o‘zgarishi olimlar tomonidan uzoq yillardan beri tahlil qilinadi. Kelasi yili bugungidan ham kuchliroq anomal sovuq kuzatilishi mumkinmi? Bu bo‘yicha qanday prognozlar bor?

    Rivojlangan davlatlarning iqlimshunoslari 2023-yilning prognozlarini ishlab chiqdi. Tinch okeanidagi sovuq suv massasi mart oylaridan keyin issiq suv massasiga almashadi. Rus, Yevropa, hatto NASA iqlimshunoslari 2023-yilda “El-Ninyo” hodisalari, iqlim bilan bog‘liq xavf ko‘proq yuzaga kelishini ta’kidlamoqda.

    Oxirgi paytda iqlim o‘zgarishida isish tendensiyalari kuzatilmoqda. Hozirgi prognozlar iqlim kelajakda ham isishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Harorat keyinroq sovib ketadi, degan nazariyalar ham bor. Lekin kelgusi 10-20 yillikda isish prognozlari turibdi.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    12.01.2023, 17:50   Izoh (1)   19704
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. joraxonmusayev@gmail.com / 12.01.2023, 18:48

      2008 йилда 40 кун қор турганди 2018 йил нотўғри маълу

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istondagi ta’lim muassasalarida ta’til 16-yanvargacha uzaytirildi

    12.01.2023, 17:21

    O‘zbekiston Bosh konsulligi fuqarolardan ob-havo yaxshilanmaguncha Qozog‘iston bo‘ylab transportda harakatlanmaslikni so‘radi

    12.01.2023, 16:52

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    12.01.2023, 16:25

    Andijondagi mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi (video)

    12.01.2023, 15:59

    Shavkat Mirziyoyev “Global Janub ovozi” sammitida rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi

    12.01.2023, 15:33

    O‘zbekistonda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi

    12.01.2023, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.