• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Anomal iqlim, samoviy sarguzashtlar, koronavirusdan oxirgi raqamlar. Jahon hafta ichida

    Fevral oyining so‘nggi haftasiga ham qadam qo‘ydik. Shunday ekan, an’anaga muvofiq, o‘tgan hafta jahonda yuz bergan eng muhim voqealarga bag‘ishlangan haftalik dayjestimizni e’tiboringizga havola etamiz.

    Anomal ob-havo sharoitlari

    Bu yilgi qish har doimgidan o‘zgacha kechmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmas. Fevral oyi dunyoning bir qator davlatlarida anomal havo harorati bilan kechmoqda. Jumladan, AQSh, Turkiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida kuchli qor va sovuq havo hukmronlik qilmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Hafta boshida Turkiya qalin qor ostida qoldi. Xususan, sobiq poytaxt Istanbulda qor yog‘ishi sabab o‘quv muassasalari yopib qo‘yildi. Istanbulning ba’zi tumanlarida qor qoplamining balandligi 20 santimetrga yetdi. Noqulay ob-havo sababli Bosfor bo‘g‘ozi orqali parom qatnovi to‘xtatildi. Aeroportlar odatiy rejimda ishlamoqda, ammo reyslarning bir qismi kechikishlar bilan amalga oshirilmoqda. Yakshanba kuni amal qiladigan komendantlik soati (koronavirus pandemiyasi munosabati bilan) tufayli 14-fevral kuni Istanbulda jiddiy tirbandliklar yuzaga kelmagan, ammo avtotransport harakati qiyinlashib qolgan.

    Gretsiya ham azaliy qo‘shnisi bo‘lmish Turkiyadan ortda qolmadi. Mamlakatda qalin qor yog‘di va sovuq ob-havo hukm surdi. Gretsiya hukumati kutilmagan sovuq iqlim tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan. Odatda mamlakatning shimoliy qismida qor yog‘ib turadi, biroq orollar va poytaxt Afinada bunday tabiat hodisasi har doim ham kuzatilavermaydi.

    Kuchli yog‘ingarchilik poytaxtdagi jamoat transporti faoliyatini qiyinlashtirdi, atrofdagi tog‘ hududlarida elektr ta’minotida muammolar yuzaga kelgan.

    Sovuq havo va qor Afrikaga ham yetib bordi. Shimoliy Afrikada joylashgan Liviyada 15 yil ichida ilk bor qor yog‘di. Mahalliy aholi uchun qor haqiqiy bayramga aylangan, sababi mamlakatda oxirgi marta bundan 15 yil avval — 2006-yilda qor yog‘gan edi. Liviyadagi qor, ayniqsa, bolalarni xursand qildi, ular ushbu yog‘ingarchilikdan quvonib, qorbo‘ron o‘ynab, qorbobolar yasashdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Noqulay ob-havo sharoiti eng ko‘p okean ortida jiddiy tus olmoqda. Jumladan, AQShning bir qator shaharlarida sovuq havo va qalin qor bo‘ronlari kuzatilgan. Texas shtatining Korpus Kristi va Xyuston shaharlarida harorat 1895 va 1905-yildan buyon birinchi marta Selsiy bo‘yicha -8 darajadan pasaydi. Minnesota shtatining Xibbing shahrida 1939-yildan buyon birinchi marta harorat -38 darajadan tushib ketdi. Nebraska shtatining Nort Platt shahrida esa 1881-yildan buyon birinchi marta -33 daraja sovuq kuzatildi.

    NBC telekanalining xabar berishicha, 26 ta shtatning 150 milliondan ortiq aholisi favqulodda sovuq ob-havo haqida ogohlantirilgan. Bo‘ron sababli elektr energiyasi uzilgan.

    Texasning sharqi, Arkanzas, Illinoysning ba’zi hududlari, Kentukki, Indiana va Ogayo shtatlarida qor yog‘di. Oklaxomada yog‘gan qor qalinligi 15 santimetrga yetdi.

    Shuningdek, mamlakatdagi beshta aeroport qor bo‘ronlari sababli o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Texas, Luiziana va Missisipi shtatlaridagi keskin sovuq va ob-havoning yomonlashishi tufayli ikkita xalqaro va uchta mintaqaviy aeroport yopildi va faoliyatini to‘xtatdi. Xuddi shu sababga ko‘ra mamlakatda 3,7 mingdan ortiq reys bekor qilindi.

    Bundan tashqari, Texas shtatida milliondan ortiq aholi bo‘ron sababli elektrsiz qolib ketgan.

    Mamlakatning bir qismida qorli havo hukmron bo‘lsa, boshqa bir nuqtasida tornadolar yuz bergan. Jumladan, mamlakatning Shimoliy Karolina shtatida 16-fevral kuni tornado kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida kamida uch nafar odamning halok bo‘lgan, yana o‘n kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

    Mamlakatda yuz berayotgan mazkur anomal iqlim tufayli 30 nafardan ortiq odam halok bo‘lgan.

    Samoviy sarguzashtlar

    O‘tgan hafta samoni o‘zlashtirish va o‘zga sayyoralarga kosmik kemalarni uchirishda ulkan yutuqli hafta bo‘ldi. Jumladan, hafta boshida SpaceX kompaniyasi anchadan buyon rejalashtirib yurgan 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga olib chiqdi. Starlink deb nomlanuvchi mazkur yo‘ldoshlarni Falcon 9 deb nomlanuvchi tashuvchi raketa samoga olib chiqqan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Starlink dunyoning haligacha internetga ulanish muammoli bo‘lgan hududlari uchun juda mos keladi”, — deb yozilgan kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida. Ushbu dastur butun dunyo bo‘ylab internet aloqasini yaxshilash va kengaytirishga qaratilgan.

    Ilon Maskning kompaniyasi 2020-yil dekabrida Starlink loyihasi doirasida olis va qishloq joylarini sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlash uchun AQSh hukumatidan 885,5 million dollar subsidiya olishi ma’lum bo‘lgan edi. SpaceX’ga mablag‘lar o‘n yil mobaynida har oy berib turiladi. Bundan tashqari, AQSh hukumati kompaniyaga mamlakatning 35 ta shtatida 642 925 ta nuqtada internetni ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha pul ajratadi.

    Avvalroq SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 tashuvchi raketasi 60 ta Starlink kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlarining navbatdagi guruhi bilan orbitaga muvaffaqiyatli uchirilgan edi. Parvoz 4-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 11:19 da Floridadagi Kanaveral burnidan amalga oshirilgan.

    Haftaning eng ko‘p muhokama qilingan va internet olamida qator mulohazalarga sabab bo‘lgan voqea, shubhasiz, Perseverance marsoxodining qizil sayyoraga qo‘nishi bo‘ldi.

    Qo‘nish taxminan yetti daqiqa davom etgan. Bu vaqt mobaynida barcha operatsiyalar avtomatik rejimda amalga oshirildi. NASA’dagilar ma’lum qilishicha, apparatning harakatlanish tezligini pasaytirish uchun uning parashyuti ochilgan, keyinroq esa marsoxodning uni yuqori haroratlardan himoya qilishga mo‘ljallangan qoplamasi ajralib chiqqan. Qo‘nishning yakuniy bosqichida qo‘nish modulining tormoz dvigatellari ishlab ketgan, shundan so‘ng apparat zanjirlar orqali sayyoraning yuzasiga tushirilgan.

    Apparatni Yezero krateriga qo‘ndirish rejalashtirilgan edi, u yerda avvalroq sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar yordamida katta ko‘lga borib quyilgan daryo o‘zanining izi topilgan edi. Olimlar fikricha, kraterda hayot izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin, ularni marsoxod qidiradi.

    Qo‘nishdan keyin rover Marsda olingan ilk kadrlarni yubordi, ular Perseverance’ning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilindi. Shuningdek, NASA 22-fevral kuni marsoxod kamerasi bilan olingan videoni, yana bir necha haftadan keyin esa butun qo‘nish jarayonining videosini e’lon qilishga va’da berdi.

    Shundan keyin AQSh prezidenti Jo Bayden NASA’ni Perseverance tadqiqot apparatining Marsga muvaffaqiyatli qo‘ngani bilan tabrikladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u qo‘nishdan keyin bir soat o‘tib, agentlik administratori vazifasini bajaruvchi Stiv Jurchikka qo‘ng‘iroq qilib, jamoani qutlagan va NASA bilan faxrlanishini aytgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 31-iyun sanasida NASA bortiga Perseverance nomli yangi apparat o‘rnatilgan Atlas V raketa-tashuvchisini Kanaveral sahrosidan uchirgan edi.

    Koronainfo

    Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 111 milliondan oshdi. Covidvisualizer saytining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 111 821 342 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan, bemorlarning 2 475 144 nafari vafot etgan va deyarli 88 millioni sog‘aygan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh hamon kasallik aniqlangan va vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 28 milliondan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan, 510 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan. Bemorlarning 18,9 milliondan ortig‘i tuzalgan.

    Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Hindiston (kasallanganlar – 11 milliondan ortiq, vafot etganlar – 156,4 ming) hamda Braziliya (kasallanganlar – 10 milliondan ortiq, vafot etganlar – 246 006) qayd etilgan.

    Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab virusga chalinganlarning umumiy soni 17-dekabr kuni 74 million, 27-dekabr kuni 80 million, 4-yanvar kuni 85 million, 11-yanvar kuni 90 million, 18-yanvar kuni 95 million, 27-yanvar kuni 100 million, 7-fevral kuni 105 million hamda 13-fevral kuni 108 milliondan oshgandi.

    Bundan avval Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 4 milliondan oshgani, AQShda koronavirus tarqalishi sekinlashgani hamda dunyo bo‘yicha koronavirusning tarqalish sur’ati bir oy davomida deyarli ikki barobarga kamaygani haqida xabar berilgandi.

    Shuningdek, kasallikka qarshi dunyo aholisining 2,6 foizi — 200 mln kishi emlandi.

    22.02.2021, 18:22   Izoh (0)   58103
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaponiyada Pfizer vaksinasining yetishmasligi tufayli keksalarni emlash kechiktiriladi

    22.02.2021, 18:11

    AQShda 2022-yilda ham niqob taqish majburiyati saqlanib qolishi mumkin

    22.02.2021, 13:47

    Yerga futbol maydoni kattaligidagi asteroid yaqin keladi

    22.02.2021, 12:46

    Mutaxassislar koronavirusning hayvonlardan odamga yuqish ehtimolini baholadi

    22.02.2021, 12:22

    Xitoy tashqi ishlar vaziri Donald Trampni Pekin va Vashington aloqalarining yomonlashuvida aybladi

    22.02.2021, 11:21

    Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaga ilk tashrifini 24—25-fevral kunlari amalga oshiradi

    22.02.2021, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.