• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda endi qor yog‘masligi, qurg‘oqchilik avj olishi, iqlim migrantlari ko‘payishi rostmi? Iqlimshunos bilan suhbat

    Iqlim o‘zgarishi XXI asrning global muammolaridan biri sifatida tez-tez tilga olinayotgan va ko‘p muhokama qilinayotgan jarayondir. Oxirgi yillarda iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan hodisalar dunyoning deyarli barcha qismlarida kuzatilmoqda. Xo‘sh, iqlim o‘zgarishi nima o‘zi, uning O‘zbekistonga ta’siri qanday, mamlakatni qanday xavflar kutmoqda, hukumat bu borada nima ishlar qilyapti? “Daryo” muxbiri shu kabi savollarga javob topish maqsadida “O‘zgidromet” mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan suhbatlashdi.

    — Erkin aka, so‘nggi paytlarda iqlim o‘zgarishi va uning salbiy oqibatlari haqida jahon matbuoti tez-tez bong urmoqda. Hattoki, bu borada xalqaro sammitlar, konferensiyalar tashkil etilyapti, davlat va hukumat rahbarlari oqibatlarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Ammo iqlim o‘zgarishi haqida O‘zbekiston aholisining aksariyat qismi tushunchaga ega emasdek tuyuladi. Shu bois suhbatimiz boshida iqlim o‘zgarishi nima ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tsangiz?

    — Havo harorati va boshqa meteorologik parametrlarning yillar davomida o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan jarayon iqlim o‘zgarishi hisoblanadi. Iqlim qaysidir davrda issiq, qaysidir davrda sovuq bo‘lgan. Ammo oxirgi yillarda iqlim o‘zgarishi oldingi davrlarga nisbatan juda tez kechyapti. Avvallari sovish iqlimiy davridan isish davri yoki isish davridan sovuq iqlimiy davrlarga o‘tish uchun millionlab, hattoki milliard yillar ketgan. Bu tufayli iqlim o‘zgarishida keskin jarayonlar juda ham sekin ro‘y berganini ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin.

    Hozirgi paytda iqlimning isib ketishiga zavod va korxonalar, avtomobillardan chiqayotgan iflos moddalar asosiy sabab bo‘lmoqda. Havo tarkibida suv bug‘i, metan va is gazlari hamda boshqa iflos moddalarning ko‘payishi natijasida “issiqxona effekti” paydo bo‘ladi. Fizik jarayon asosida quyosh nuri atmosferaga kelganida 70 foizi yer sirtiga tushadi va yer ham o‘z navbatida sirtga tushgan nurlarning ma’lum qismini atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Mana shu qaytib ketgan nurni issiqxona gazlari o‘zida tutib qoladi. Bu esa yer dimiqishi, ya’ni isishni tezlashtiradi va mazkur jarayon “issiqxona effekti” deyiladi.

    “Issiqxona effekti”ning paydo bo‘lishi

    “Issiqxona effekti”ning paydo bo‘lishi
    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Biz hozir iqlimning isib borish epoxasida yashayapmiz. 50 yil oldingi davr bilan taqqoslasak, avval yoz oylarida 40 darajali issiq muddat tushdan so‘ng ikki-uch soat davomiylikda kuzatilgan. Bugungi davrda esa bu ko‘rsatkich sutkaning besh, olti soat vaqt davomiyligida kuzatilmoqda. Hozir 40 darajadan ortiq haroratli kunlar sonining ortishi mamlakatning ko‘plab hududlarida kuzatilyapti, kechqurunlari ham ancha issiq harorat to‘lqini qayd etilmoqda.

    Oxirgi paytlarda isish jarayoni butun dunyoda tezlashib bormoqda. 2015-yildan keyin sayyorada havo harorati so‘nggi 150 yildagi me’yoriy ko‘rsatkichdan 1,2–1,3 darajaga yuqorilab ketdi. Bu O‘zbekistonda yuqori, ya’ni 2 darajaga yaqin qiymatlarda kuzatilmoqda. Ushbu chastota deyarli har yili mavsumiy rekord issiqliklarni taqdim etmoqda. Mintaqamizning geografik joylashuvidan kelib chiqib, azaldan o‘ziga xos iqlimiy sharoit va materiklar o‘rtasida joylashgani tufayli bizda qurg‘oqchilik bilan bog‘liq holatlar keskinlashyapti. Bunga, albatta, iqlim o‘zgarishi, havo haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lmoqda.

    — O‘zbekistondagi yillik harorat ko‘rsatkichi qanday? Raqamlar xavotirlimi?

    — O‘tgan asrga nisbatan bizda haroratning yillik isishi 1,5–2 darajaga ko‘tarilib ketdi. Bu ko‘rsatkich ko‘pchilikka kichik raqamlardek tuyulishi mumkin. Bugungi yosh avlod bundan 40–50 yil oldin sutkalab qor yoqqanini, qor yerda haftalab turganini, qish oylari izg‘irinli kunlar bo‘lganini bilmaydi. U paytlarda qish qishligini qilardi. Hozirgi vaqtda esa respublikaning ko‘p hududlarida qor yog‘sa, uzog‘i yarim sutkadan so‘ng erib ketyapti, qor yog‘ish holati ham kam kuzatilyapti. Iqlim o‘zgarishi, haroratning isib borishini mana shunday tabiat hodisalari misolida, statistik ma’lumotlarsiz ham bilish mumkin.

    Iqlimshunos Erkin Abdulahatov

    Iqlimshunos Erkin Abdulahatov
    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Ko‘pchilikka ma’lumki, O‘zbekistonga Rossiya, Ural–Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo oqimi, Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron hududlaridan issiq havo oqimi kirib keladi. Bu kabi xabarlarni kun ora eshitasiz. “O‘zgidromet” mana shu havo oqimlarining hammasini arxivlashtirib boradi. Bu kabi arxivlashirish respublikada kuzatilgan barcha sinoptik oqimlarni tartibga keltirish Ikkinchi jahon urushi davridan boshlangan. O‘sha paytdan buyon uzluksiz ravishda havo oqimlari saqlab borilgan va ularga nomlar qo‘yilgan.

    Arxivdagi ma’lumotlarga asosan aytadigan bo‘lsam, 1961–1991-yillarda sovuq havo oqimining O‘zbekistonga kirib kelishi yil davomida 20–24 foizni tashkil etardi, yoz oylarida ham sovuq oqimlar respublikaga kirib kelib, havoni biroz mo‘tadillashtirardi. Sovuq havo oqimlarining respublikaga kirib kelishi oxirgi 30 yillikda 8 foizga tushib ketdi. Ya’ni endilikda sovuq havo oqimlarining mintaqaga kirib kelishi o‘tgan asrga nisbatan 3 barobarga kamaydi.

    So‘nggi yillarda yoz oylarimiz juda issiq bo‘lmoqda. May oyining yarmidan sentabrning o‘rtalariga qadar issiq iqlimiy davrlar tez-tez kuzatilmoqda. Xuddi yoz oylari davomli kuzatilayotgandek taassurot uyg‘otmoqda. Qish oylari ham iliq kechyapti. Boshqa mavsumlarda ham o‘zgarishlar bo‘layotganini ko‘ryapmiz.

    — Iqlim o‘zgarishi insonlar hayoti va tarmoqlar rivojiga qay darajada ta’sir ko‘rsatmoqda? Bu jarayonda qaysi sohalar gullab-yashnashi yoki o‘lishi mumkin?

    — Iqlim isishi mintaqamizdagi qariyb 96–98 foiz tarmoqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo iqlim o‘zgarishi oqibatida bizning mintaqada baliqchilik yo‘nalishida istiqbolni kutsa bo‘ladi. Qish oylarining iliq bo‘lishi baliqchilik uchun juda foydali. Faqat buning uchun suv manbalari yetarli bo‘lishi kerak. O‘zi oxirgi paytlar baliqchilikda yaxshi natijalarga erishyapmiz. Biroq iqlim o‘zgarishi boshqa deyarli barcha sohalar rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi va bu bevosita insonlarning yashash tarzini ham o‘zgartiradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Rivojlangan davlatlar tomonidan kelgusi yillar uchun uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqilgan. Bu kelgusi ikki-uch yillik uchun emas 2030, 2050, 2080-yillar uchun dunyoning barcha mintaqalarida havo haroratining qanday o‘zgarishi, bunda yog‘inlar va boshqa ob-havo parametrlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi prognoz qilingan.

    Ushbu kutilmalar bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, O‘zbekistonda 2030-yilga kelib havo harorati 3 darajagacha yuqorilaydi. 2050-yilda 4-5 darajaga, 2080-yilda 6-7 darajagacha ko‘tariladi. Biz hozir 1,5-2 darajalik havo harorati o‘zgarishida qanchadan qancha hodisalarga guvoh bo‘lib turibmiz. Yuqoridagi kabi havo haroratining ko‘tarilishida yana qanday o‘zgarishlar bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas.

    Havo haroratining ko‘tarilishi judayam ko‘p tarmoqlarning o‘zgarishiga olib keladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida xavf juda yuqori. Agar biz an’anaviy usullarni qo‘llashda davom etadigan bo‘lsak, 2050-yilga borib, qishloq xo‘jaligi sohasida mahsuldorlikni 25–50 foizgacha yo‘qotishimiz mumkin. Bu oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishiga sabab bo‘ladi.

    Shuningdek, iqlim o‘zgarishi bizning mintaqamizda qurg‘oqchilik xavfini kuchaytiradi. Havo tarkibida suv bug‘i va atmosfera namligining kamayishi oqibatida havo quruqlashadi. Bu bevosita tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi suvlarning judayam katta miqdori havoga bug‘lanib ketishiga olib keladi. Tog‘larda kam qor yog‘ishi, barqaror muzalarning tez erib tugashi kam suvlilikni keltirib chiqaradi. Natijada cho‘l hududlari va uning atrofida yashaydigan aholi hayotida o‘zgarishlar kuzatilib, yashash tarzi og‘irlashadi va iqlim migrantlari paydo bo‘ladi. Ular sharoiti yaxshi joylarni qidirishni boshlaydi.

    Oldin Orolbo‘yida Jasliq, Mo‘ynoq kabi aholi yashaydigan ko‘plab punktlar bo‘lgan. Hozir u yerlarga borsangiz, xaroba bo‘lib yotibdi. Chunki odamlar Orolning qurishi, u yerda mavjud infrastrukturaning yo‘qolishi sabab yashash joylarini tashlab, ko‘chib ketishgan majbur bo‘lgan.

    Iqlim o‘zgarishi ta’sirida mana shunday xavf ham kattalashadi. Iqlim migrantlari orasida qishloqlardan shaharlarga, shaharlardan iqlim sharoiti yaxshi hududlarga ko‘chish holati ortadi. Ayni paytda ham shahar aholisining ko‘pi dam olish kunlari tog‘li hududlarga chiqib ketayotganini ko‘ryapmiz. Bu holat bir tarafdan ichki turizmni rivojlantiradi. Lekin har bir hududda mavjud infrastruktura yaxshi bo‘lmasa, odamlar yashash joyini tashlab ketadi va iqlim migrantlari soni ko‘payib boraveradi.

    — Insoniyat endilikda iqlim o‘zgarishiga ko‘nikib yashashga majburmi yoki oldinda hali imkoniyatlar bormi?

    — Asta-sekin moslashib boradi. Lekin iqlim bilan bog‘liq xavflar chastotasi ko‘payadi, ya’ni kelgusida biz kutmagan tabiat hodisalari kuzatilishi ham mumkin. Masalan, yaqinda Toshkent shahrida g‘ayrioddiy chang-qumli bo‘ron hodisasi kuzatildi. So‘nggi 150 yil ichida poytaxtda bu kabi changning bir necha kun davomida uzoq muddat havoda saqlanib qolish holati bo‘lmagan.

    Foto: Google Images

    Bundan keyin ham boshqacha ko‘rinishdagi xavf-xatarlar bo‘ladi va ular iqtisodiy, ijtimoiy, aholi salomatligi bilan bog‘liq zararlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin hukumat yo‘qotishlarni oldini olish yoki uning salbiy oqibatlarni kamaytirish, yumshatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va uni amalda joriy etishiga hali vaqt bor. Rivojlangan mamlakatlar qatori O‘zbekiston rahbariyati ham yashil iqtisodiyot bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirishga jiddiy kirishgan. Iqlim xavflarini yumshatish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda. Xavf-xatarlarni barvaqt bilish bilan bog‘liq erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish lozim.

    Butun dunyoda havo tarkibida iflos moddalarni kamaytirish, salbiy oqibatlarni oldini olish va yumshatish maqsadida Parij iqlim bitimi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatni 180 ga yaqin davlatlar qatori O‘zbekiston ham ratifikatsiya qilgan, ya’ni imzolagan. Parij iqlimi bitimida havo haroratining 1,5 darajadan ko‘tarmaslik uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishilgan.

    Shu o‘rinda qayd etish kerakki, iqlim bitimlari dunyo davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinadi. Ammo undagi majburiyatlarning deyarli hammasi ham bajarilmaydi. Chunki bitim shartlaridan biri shundayki, mamlakatlar ko‘mir ishlatmasdan turib, energiya ishlab chiqarishi kerak. Butun dunyo energetikasiz rivojlana olmaydi. Parij iqlim bitimida alternativ yo‘llar orqali: qayta tiklanuvi, shamol va quyoshdan elektr energiya olish ko‘rsatib o‘tilgan. Daniya shamoldan elektr olishni 50 foizga chiqara olgan. Boshqa davlatlardagi ko‘rsatkich bunday emas, ancha past.

    Statistikaga ahamiyat qaratsak, dunyo bo‘ylab havoga chiqarilayotgan iflos moddalarning atigi 0,3 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Biroq barcha mamlakatlar qatori biz ham iqlim o‘zgarishidan teng jabr ko‘ryapmiz.

    — Iqlim o‘zgarishini ko‘proq qaysi viloyat aholisi his qiladi?

    — O‘zbekiston subtropik va mo‘tadil iqlim mintaqasida joylashgan. Ssenariylar shuni ko‘rsatadiki, havo haroratining isishi har 30 yillikda kengliklarni 150-200 kilometr shimolga surilishiga olib keladi. Bu surilish natijasida Surxondaryo va voha viloyatlari yanada isiydi.

    Avval Orol dengizi bo‘lganligi bois Orol havzasida doimo bug‘lanish kuzatilgan va u yerda namlik birmuncha yuqori bo‘lishiga olib kelgan. Hozirgi vaqtda dengiz ham, bug‘lanish ham, yo‘qligi tufayli Orolbo‘yi mintaqasida havo quruqlashgan. Shu sabab Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatlari aholisi Surxondaryodagidan ham kuchliroq issiq bo‘layotganini o‘zida his qilyapti. Bu flora va fauna dunyosida ham sezilyapti, ya’ni qushlarning ko‘chib ketishi, ularning populyatsiyasidagi o‘zgarishlar sezilarli darajada yuqori. Orolbo‘yi mintaqasida hayvonot va o‘simlik dunyosidagi o‘zgarishlar yiriklashmoqda.

    Janubiy viloyatlarimiz asosan, yaylovlardan iborat. Lekin davomli iliq qish kunlarining ortishi sabab yaylov maydonlari kamayib boradi. Yoz oylarida havo haroratida suv bug‘larining kamayishi, havoda qurg‘oqchilikni ko‘paytirib, o‘simlik vegetatsiya davriga ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu qurg‘oqchilik, cho‘llashishni keltirib chiqaryapti. Jannatmakon deyiladigan Farg‘ona vodiysi aholisi ham oldingi 30-40 yilga nisbatan issiqni yaxshi his etyapti. Ko‘p joylarda dehqonchilik qilish qiyinlashib bormoqda. Kelgusida iqlim o‘zgarishini Orolbo‘yi mintaqasidagi hududlar: Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Surxondaryo aholisi ko‘proq his qiladi.

    31.05.2022, 18:50   Izoh (0)   30312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.