• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boks

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Bundan 23 yil avval, 2002-yilda muxlislar 90-yillardan beri kutgan jang — Mayk Tayson va Lennoks Lyuis o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. U shov-shuvli matbuot anjumani, Taysonning aqlbovar qilmas xatti-harakatlari va startdan bir necha daqiqa oldin olingan mana bu surat bilan yodda qoldi:

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Matbuot anjumanida Tayson g‘alati qiliqlar qilgan: Lyuisning oyog‘ini tishlagan, WBC prezidentiga qarab tupurgan, jurnalistni haqoratlagan

    Lyuis va Tayson birinchi marta 1983-yilda Kas D’Amatoning zalida uchrashgan. O‘shanda Lyuis o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgandi, Taysonning professional ringdagi debyutiga esa ikki yil qolgandi. Lyuis Muhammad Ali uslubida boks bilan shug‘ullangan va Tayson uni o‘ldirishga uringanini tan olgan. Ammo sparringlarning so‘nggi kunida:

    “Kas D’Amato shunday degani esimda: “Mayk! Unday qilma, qachondir u bilan uchrashasan! Va bu har doim miyamda yangrardi: “Biz qachondir urishamizmi?”. 

    Professional ringda Tayson va Lyuis 2002-yildan ancha oldin to‘qnash kelishi kerak edi — muxlislar bu jangni 90-yillarning o‘rtalaridan beri kutishardi. Hammasi 1996-yilda sodir bo‘lishi mumkin edi, ammo Tayson Evander Holifildni tanladi — Lyuis hali bunchalik o‘smagandi. Oxir-oqibat, Tayson sensatsion tarzda Holifildga yutqazdi — birinchi to‘qnashuvda nokaut, ikkinchisida esa quloqlarini tishlagani uchun diskvalifikatsiya.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Nevada shtati atletika komissiyasi Taysonga 3 million dollar jarima solgan va uni umrbod diskvalifikatsiya qilgan. Ammo 15 oydan so‘ng boks litsenziyasini qaytarib oldi. O‘shandan beri Tayson biror marta chempionlik kamari uchun jang qilmagan bo‘lsa-da, keyingi oltita jangdan ikkitasi o‘tkazilmagan deb topildi.

    Oxir-oqibat, Tayson va Lyuis 2002-yilda to‘qnash keldi, o‘shanda birinchisi eng yuqori cho‘qqidan o‘tgan (garchi ikkalasi ham 36 yoshda bo‘lsa-da) va nafaqaga chiqish uchun atigi bir necha jang qolgan edi. Tayson g‘alati qiliqlari bilan cheklanib qolmadi: u zo‘ravonlikda ayblanib, to‘rt yil qamoqda o‘tirdi, ikki kishini kaltaklagani uchun shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va Lu Savarese ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Lyuis haqida imo-ishoralar qildi:

    “Men dunyoda eng yaxshisiman. Eng shafqatsiz chempionman. Hech kim meni to‘xtata olmaydi. Lennoks g‘olibmi? Yo‘q!”

    Tayson Lyuis bilan jangga kirishdi va sobiq promouter Don Kingning moliyaviy firibgarliklari tufayli eski qarzlarini to‘lashi kerak bo‘lgan katta chekni olishga kirishdi. Lyuis esa WBC, IBF va IBO kamarlarini himoya qilib, eng kuchli og‘ir vaznli bokschi maqomini tasdiqlamoqchi edi.

    Jang 2002-yil aprel oyida Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi va HBO va Showtime telekanallari tarixda birinchi marta namoyish etish uchun birlashdi. Ammo u yozda bo‘lib o‘tdi — rejalarni esa Nyu-Yorkdagi shov-shuvli matbuot anjumani buzdi. Tayson Lyuisga tashlanib, hatto oyog‘ini tishlab oldi.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    “Tayson beretini yechib, polga tashladi va men tomonga kela boshladi, — deb eslaydi Lyuis. — Shunda o‘ylab qoldim: “Qiziq, endi nima bo‘larkin?” Shu zahoti soqchim paydo bo‘lib, uning yo‘lini to‘sdi. To‘s-to‘polon boshlandi. Shunda kimdir oyog‘imni tishlab olganini sezdim. Qarasam, Mayk. Jin ursin, u oyog‘imni tishlab oldi!”

    Matbuot anjumanida Tayson podiumga uchib chiqdi va uni tinchlantirmoqchi bo‘lgan jurnalist Mark Malinovskiyni haqoratladi. WBC prezidenti Xose Sulaymon ham “o‘ziga tegishlisini” oldi, uning boshiga kimdir zarba berdi, so‘ngra bokschilarni sudga berib, tovon puli talab qildi. Keyinroq Sulaymon Tayson unga tupurganini aytgan.

    “Ha, matbuot anjumanida Lyuisni tishlab oldim, ammo jang paytida men yanada uzoqroqqa boraman. Men uning miyasini butun ring bo‘ylab ezib tashlayman, yuragini sug‘urib olaman va chempionlik unvonini tortib olaman”, — degandi keyinroq Tayson.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Tayson jang intrigasini oshirmoqchi bo‘ldi, ammo oxir-oqibat uni barbod qilayozdi. Nyu-York, Kaliforniya va Nevada litsenziyani qaytarib oldi

    Keyinchalik Tayson jangga qiziqishni oshirish uchun “tresh” uyushtirganini tan oldi. Bu haqda uning menejeri Shelli Finkel shunday hikoya qiladi: “Biz ko‘chaga chiqqanimizda, u menga o‘girilib so‘radi: “Bu jangni yanada qizitadi, shunday emasmi?” Men “ha” deb javob berdim, lekin bu men xohlagan narsa emasdi. Lekin u yana o‘sha savolni berdi”.

    2025-yilda bunga ishonish qiyin, ammo o‘sha paytda Nevada shtati Atletika komissiyasi bunday o‘ziga xos harakatni baholamadi va “axloqiy sabablarga ko‘ra” Taysonni litsenziyadan mahrum qildi. Natijada jang barbod bo‘lishiga bir bahya qoldi. Nyu-Jersi, Nyu-York va Kaliforniya shtatlari Nevadadan keyin Taysonga litsenziya bermadi. Ikki-uch oylik qidiruvlardan so‘ng Tennessi shtati jang o‘tkazishga rozi bo‘ldi — jang 8-iyun kuni Memfisda bo‘lib o‘tishi belgilandi.

    Shtat hukumati xavfsizlik choralariga jiddiy yondashdi, barcha ommaviy tadbirlar — matbuot anjumanlari va hatto vazn o‘lchash jarayoni alohida o‘tkazildi. Nigohlar to‘qnashuvi esa butunlay bekor qilindi. Tashkilotchilar Tayson yana nimadir qilib qo‘yishidan qo‘rqdi, hatto jang oldidan ringda bokschilarni qo‘riqchilar devori ajratib turardi.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Faol boshlaganiga qaramay, ringda Tayson beshinchi raundga kelib charchab qoldi. Sakkizinchi raunddayoq Lyuis uni dastlab nokdaunga tushirdi, keyin esa nokautga uchratdi. O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng Tayson yana uchta jang o‘tkazdi (Jeyk Polga qarshi ko‘rgazmali jangni hisobga olmaganda), ikki marta mag‘lub bo‘ldi va faoliyatini yakunladi. Lyuis Vitaliy Klichkoga qarshi yana bir jang o‘tkazdi va u ham boksni tark etdi. Qizig‘i shundaki, The Ring jurnali 2002-yilning asosiy voqeasi deb jangni emas, aynan o‘sha matbuot anjumanini e’tirof etadi.

    2021-yildayoq Lyuis Tayson bilan munosabatlari yaxshi bo‘lganini ta’kidlagan: “Men u merosni mustahkamlash uchun kurashishim kerak bo‘lgan oxirgi raqib ekanligini tushundim. U bilan to‘qnash kelmasdan ilojim yo‘q edi. Mayk bilan to‘qnash kelganimizda bahslashishni qanchalik yaxshi ko‘rgan bo‘lsak, hozir unga nisbatan muhabbatdan boshqa tuyg‘uni his qilmayapman. U o‘z hayotini o‘zgartirgani bilan faxrlanaman”.

    31 may, 22:01   Izoh (0)   2431
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Mayk Tayson#Lennoks Lyuis#Boks#WBC

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ringdagi millionlar. Boks tarixidagi eng qimmat janglar

    25.02.2021, 17:00

    Mayk Tayson 2021-yilda Evander Holifild va Lennoks Lyuis bilan jang qilmoqchi

    08.04.2021, 20:00

    MMA’chilar ishtirokida janglardan ko‘rgazmali to‘qnashuvlargacha. Boks tarixidagi eng tomoshabop janglar reytingi tuzildi

    22.04.2021, 15:02

    Ringdagi “qotil”, kabutarlarga muhabbat, qamoq va sovurilgan millionlar. 55 yoshni qarshilagan afsonaviy Mayk Tayson haqida

    30.06.2021, 17:00

    Jinoyat olamini tark etib, boks afsonasiga aylangan baltimorlik “qoya”. Hasim Rahmon faoliyatiga nazar

    09.11.2021, 00:29

    Tayson va Muhammad Alini millionlab dollarga “uxlatgan” va arzimagan chaqalar evaziga sheriklarini o‘ldirgan kallakesar promouter Don King haqida

    21.01.2022, 23:43

    Lennoks Lyuisga qarshi alamli jangdan ukasining mag‘lubiyati uchun olingan qasosgacha. Vitaliy Klichko faoliyatidagi asosiy 5 jang (video)

    21.04.2022, 23:48

    “Shukrki, Lennoks meni o‘ldirib qo‘ymadi”. Temir Maykning 20 yil avvalgi ayanchli mag‘lubiyati haqida

    09.06.2022, 23:50

    Tayson Fyuri Mayk Tayson, Lennoks Lyuis va Dueyn Jonson bilan jang qilmoqchi

    16.06.2022, 16:03

    “Junglidagi vayronagarchilik”. Hasim Rahmonning Lennoks Lyuis ustidan sensatsion g‘alabasiga 22 yil to‘ldi (video)

    22.04.2023, 14:58

    Pastdan tepaga. Jinoyat olamidan boks afsonasiga aylangan Hasim Rahmon haqida 

    15.12.2023, 14:33

    Oleksandr Usik—Tayson Fyuri revansh jangi. Qarama-qarshilik haqida ma’lumotlar

    23.08.2024, 19:15

    Fyuri—Usik 2. Qarama-qarshilik tarixi, bokschilarning gonorari va translyatsiya haqida ma’lumotlar

    11.09.2024, 21:08

    Mayk Tayson blogerga qarshi jangda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi

    12.11.2024, 09:37

    Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchradi

    16.11.2024, 10:36

    Tayson kelgusi yili yana jang qilishni rejalashtirmoqda

    18.11.2024, 10:19

    Muhammad Ali uchun qasos: Taysonni dunyoga tanitgan jang haqida bilasizmi? (video)

    22.11.2024, 15:44

    Anvar Jo‘rayev afsonaviy bokschi Mayk Taysonning e’tiboriga tushgani, 60-70 ming dollar oylik daromadi va ilk konserti haqida gapirdi

    28.11.2024, 13:55

    “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”. Mayk Tayson Muhammad Alini yenggan bokschini nokautga uchratgani haqida

    08.12.2024, 21:12

    Oleksandr Usik portreti: ukrainalik bokschi qanday qilib yengilmas jangchiga aylandi?

    12.12.2024, 22:55

    Mayk Tayson Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangida kimga muxlislik qilishini aytdi

    16.12.2024, 11:30

    Klassik Ferrari’dan yangi Mercedes’gacha. Boks afsonasi Mayk Tayson kolleksiyasida qanday avtomobillar bor?

    25 yanvar, 11:06

    Akvariumdagi akula, Bengal yo‘lbarslari va 18 million dollarlik soat. Sportchilarning ajabtovur xaridlari

    28 fevral, 11:37

    Hashamatdan qashshoqlikka: o‘z pullarini havoga sovurgan yulduzlar hikoyalari

    26 mart, 22:35

    Mayk Tayson Qozog‘istonda ringga chiqishi mumkin

    26 may, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.