• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Shukrki, Lennoks meni o‘ldirib qo‘ymadi”. Temir Maykning 20 yil avvalgi ayanchli mag‘lubiyati haqida

    “2002-yilning shu kuni Mayk Taysonni sakkizinchi raundda mag‘lub etib, WBC, IBF, IBO, The Ring jurnali kamarlari va og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvonini o‘zimda saqlab qolgandim. Tushunganmanki, Tayson merosimni mustahkamlash uchun kurashishim kerak bo‘lgan oxirgi raqib edi. Manipulyatorlarga “U Tayson bilan jang qilmagan” deyishlari uchun imkoniyat qoldirmasligim kerak edi.

    Mayk bilan bahslashishni qanchalik yaxshi ko‘rmaylik, o‘shanda unga nisbatan muhabbatdan boshqa hech narsani his qilmaganman. U o‘z hayotini qay tarzda o‘zgartira olganidan faxrlanaman”, — deb yozgandi Lennoks Lyuis bundan bir yil avval, 8-iyun kuni. Britaniyalik bokschi aynan shu tarzda o‘zining 20 yil oldingi yirik g‘alabasini yodga olgan.

    Temir Mayk bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, Lyuis kamtarona tortishuvlarni eslab o‘tadi, xolos. Biroq aslida, Lyuis va Tayson o‘rtasida shunchaki “janjal”dan ko‘ra ko‘proq narsa bo‘lgan. Quyida aynan 20 yil oldingi qarama-qarshilik va jang atrofidagi tafsilotlar haqida hikoya qilinadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ular avvalroq to‘qnash kelishi mumkin edi

    1983-yilda o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 18 yoshli Lennoks Lyuisga sparring-sherik sifatida 17 yoshli Mayk Tayson taklif qilinadi. Yigitchalar to‘rt kun davomida shiddatli sparring sessiyalarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar Taysonning murabbiyi Kas Damatoning sport zalida bo‘lib o‘tadi. Lennoks bilan xayrlashar ekan, buyuk murabbiy bu ikkisi qachondir yana uchrashishini ta’kidlaydi.

    Tez orada ikkalasi ham professional boksga o‘tib, og‘ir vaznni zabt eta boshlaydi. Ular 1996-yilda prof ringda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin edi. O‘shanda Mayk WBC talqiniga ko‘ra jahon chempioni unvoniga egalik qilardi, Lyuis esa bu kamar uchun majburiy da’vogar edi. Biroq Maykning WBA chempioni Bryus Seldon bilan uchrashish istagi va majburiy himoya bilan bog‘liq byurokratik kechikishlar tufayli Tayson tez orada unvonidan mahrum bo‘ladi. Shunga qaramay 1996-yil u uchun “hosildor” kechadi. U baribir Bryus Seldonni mag‘lub etib, WBA kamarini qo‘lga kiritadi. Va o‘sha yili Evander Holifilddan birinchi mag‘lubiyatini ham qabul qilib oladi. Unvonni yo‘qotish fonida Mayk Lyuisni qiziqtirmay qo‘yadi, boisi u 1997-yilning fevral oyida WBC chempionlik kamariga ega chiqadi va bir muncha vaqtga ular o‘rtasidagi to‘qnashuv unutiladi.

    Shov-shuvli jangning tashkil etilishi va matbuot anjumanidagi janjal

    O‘sha davrning ikki buyuk og‘ir vazn toifasi vakili o‘rtasidagi qarama-qarshilik mavzusi 2002-yilga kelib, yana kun tartibiga chiqadi. Bu vaqtga kelib, har ikkala jangchi o‘zining eng yuqori cho‘qqisida emasdi, shunga qaramay top-bokschilar qatorida sanalardi. Lyuis Hasim Rahmon bilan diologiyadan so‘ng Tayson bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Mayk esa ingliz bilan to‘qnashuvdan oldin Anjey Golota ustidan qozonilgan shov-shuvli g‘alabasi bilan maqtanishi mumkin edi (keyinchalik jang natijasi amerikalikning ijobiy doping-testi tufayli bekor qilinadi), shuningdek, daniyalik o‘rtamiyona Brayan Nilsenga qarshi kechgan jangda muvaffaqiyatga erishadi. Umuman olganda bularni yorqin natijalar sifatida baholash mushkul.

    Shu va boshqa detallarga qaramay jang intiqlik bilan kutiladi, reklamaning birinchi bosqichi esa shunchaki “portlash” bilan yakunlanadi. Jang sanasi rasman tasdiqlangan matbuot anjumanida bokschilar tom ma’noda bir-birini kaltaklab ketadi. Tayson raqibiga zarba berishga harakat qiladi. Vaziyatga qo‘riqchi to‘sqinlik qilmoqchi bo‘ladi, lekin Mayk uni osonlik bilan “tinchitadi”. Natijada kelishmovchilik ommaviy mushtlashuvga aylanib ketadi, sportchilar yerda yumalash darajasigacha yetib boradi, tadbir to‘xtatiladi. Temir Mayk matbuot anjumanini beadab gaplar va harakatlar qilgan holda janjal bilan tark etadi. Tomosha ko‘ngilsiz yakun topsa-da, bu aynan tomoshabin ko‘rishni istaydigan narsa edi. Bokschilar o‘rtasidagi nafrat shu qadar kuchayadiki, oldindan jangning unutilmas darajada o‘tishini taxmin qilish mumkin edi.

    Jang

    Tayson va Lyuis o‘rtasidagi jang Memfisda (Tennessi, AQSH) bo‘lib o‘tadi. Qarama-qarshilikning favoriti sifatida britaniyalik qayd etilgandi. Shu bilan birga Taysonning nokaut kuchini hech kim unutmagandi. Ha, Temir Mayk turmush tarzi tufayli chidamliligini va kuchini sezilarli darajada yo‘qotgandi, ammo baribir jang boshidagi kuchli zarbasi uni qutqarib qolishi mumkin edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Boshlang‘ich gong bilan uning aynan shunday rejaga amal qilishi ravshanlashdi. Mayk oldinga otilar, uzun qo‘lli britaniyalikning oldiga chiqib, uni hujumlar bilan hayratda qoldirmoqchi bo‘ldi. Tayson haqiqatan ham bir necha bor kuchli zarba berishga muvaffaq bo‘ldi, lekin Lennoks raqibini to‘g‘ridan to‘g‘ri kutib olib yoki unga osilib, Taysonning harakatlarini cheklab qo‘ydi. Ikkinchi raundning oxirida Mayk sekinlasha boshladi. Uchinchisida u yana faolroq bo‘lishga harakat qiladi, biroq Lennoksning jeb’i Tayson uchun tobora yengib bo‘lmaydigan to‘siqqa aylanib boraveradi.

    To‘rtinchi raunddan boshlab, Lyuis tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga oladi. Tayson oldindan o‘qish mumkin bo‘lgan va juda oddiy harakat qilardi. Temir Maykning harakatlari Lyuisni muvozanatdan chiqarish uchun yetarli bo‘lmaydi. Britaniyalikning o‘zi jeb’lari va klassik ikkiliklari bilan raqibini osonlik bilan dog‘da qoldiradi. Taysonning faolligi raunddan raundga pasayib boraveradi. Yettinchi uch daqiqalikda Lennoks sobiq mutlaq jahon chempioni tomon ketma-ket bir-biridan kuchli zarbalar yo‘llaydi. Maykning ko‘plab muxlislarining ayni vaqtda sodir bo‘layotgan hodisadan ko‘zi yoshlangani shubhasiz. Taysonning azoblari sakkizinchi raundda o‘z nihoyasiga yetadi. Raund o‘rtasida u raqibining chap tomondan berilgan kuchli zarbasidan keyin nokautga uchraydi. Raundning so‘nggi daqiqasida Lennoks raqibining jag‘iga o‘ng tomondan dahshatli zarba beradi. Mayk ringga qulaydi va hisob tugaguniga qadar o‘rnidan turolmaydi. Shu tariqa Lennoks jahon chempioni unvonini o‘zida saqlab qoladi, Tayson esa bu unvonni qaytarish uchun so‘nggi imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

    Bu jang hanuzgacha boks tarixidagi eng kassabop janglardan biri hisoblanadi. Translyatsiya sotuvi 100 million dollardan ko‘proq daromad keltirgan, bokschilar esa bir necha o‘n millionlab daromad olgan.

    Jangdan keyin Tayson raqibiga hurmat bajo keltiradi va tirik qolgani uchun Xudoga minnatdorchilik bildiradi.

    “Shukrki, Lennoks meni o‘ldirib qo‘ymadi”, — degandi Mayk jangdan keyin.

    Jangdan keyin nima bo‘ldi?

    Tayson bilan jangdan so‘ng Lennoks yana bir marta ringga chiqadi. Mayk bilan duel oldidan ham britaniyalikning “ketish kayfiyati”da yurgani aniq edi. Shuning uchun sportni tark etishni kechiktirishga hech qanday sabab yo‘q edi. 2003-yilda chempion o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan Vitaliy Klichko bilan uchrashadi. Jang avvalida ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyat tomon borganiga qaramay yakunda g‘alabani qo‘lga kiritadi. Ukrainalik bokschi Lyuisning zarbasidan keyin jiddiy jarohat oladi. Natijada hakam jangni to‘xtatadi va chempionning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Lyuis sportni yuqori notada tark etishga muvaffaq bo‘ladi.

    Tayson, Lennoksga yutqazganidan keyin ham sarguzashtlarini davom ettiradi. Sharmandali mag‘lubiyatdan tiklangandan so‘ng o‘rtamiyona Klifford Etyenni nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin bu avvalgi Maykka o‘xshamasdi. Keyin esa Denni Uilyams va Kevin Makbrayddan dahshatli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oladi. Bularning barchasi afsonaviy bokschini faoliyatini yakunlashga majbur qiladi. 2020-yilda Tayson Roy Jons bilan ko‘rgazmali jangda qatnashdi. O‘shanda uning keyingi raqibi Lennoks Lyuis bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragandi. Ko‘pchilik, ehtimol, “o‘tmishga chipta” sotib olishni, nostalgiya uchun pul to‘lashni xohlar. Ammo 2002-yilgi jang va undagi emotsiyalar takrorlanmasligi hammaga birdek ayon.

    09.06.2022, 23:50   Izoh (0)   16234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FIFA Ekvadorni Jahon Chempionatidan chetlatishi mumkin

    09.06.2022, 20:04

    “Inter” Paulo Dibalaga ilk rasmiy taklifni yubordi

    09.06.2022, 19:03

    Lionel Messi serialda suratga tushdi

    09.06.2022, 18:11

    “Inter”dan “Shtutgart”gacha. Yevropa top-5 ligalarining eng keksa va yosh tarkibga ega jamoalari

    09.06.2022, 16:03

    Rasman: Aleksandr Lyakazet “Lion” futbolchisi

    09.06.2022, 15:15

    Afrikalik bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan jang fojiali yakun topdi (video)

    09.06.2022, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston AQSH bosimi sabab Rossiya neftidan voz kechsa katta yo‘qotishga uchraydi — The Economic Times

    Dunyo | 4 avgust, 11:56

    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi

    Reklama | 4 avgust, 12:00

    Mayk Tayson tarixdagi eng buyuk bokschilar haqida gapirdi

    Sport | 4 avgust, 11:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 5-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:40

    Toshkentdagi bozorlarda go‘sht arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi boshlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:35

    Xonanda Selena Gomes atir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Shou-biznes | 4 avgust, 11:25

    Toshkentda fuqaro rahbariga bolta bilan tahdid qilib, maoshini oshirishni talab qildi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.