• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Lennoks Lyuisga qarshi alamli jangdan ukasining mag‘lubiyati uchun olingan qasosgacha. Vitaliy Klichko faoliyatidagi asosiy 5 jang (video)

    Yaqin o‘tmishning eng nomdor bokschilaridan biri Vitaliy Klichko og‘ir vazn toifasida uch karra jahon chempioni bo‘lgani yakkakurash muxlislariga yaxshi ma’lum. Vitaliy faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, shularning 45 tasida g‘alaba qozongan (41 ta nokaut), 2 tasida esa mag‘lubiyatga uchragan, shu bilan birga u biror marta nokdaun holatiga tushmagan.

    Vitaliy Klichko WBO (1999—2000), The Ring jurnali (2004—2005) va WBC (2004—2005; 2008—2013) talqinlariga ko‘ra jahon chempioni hamdir. Shuningdek, u debyutantdan jahon chempionigacha bo‘lgan yo‘lga eng kam raund sarflash bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Bundan tashqari, Vitaliy boks tarixida faoliyati davomida muddatidan oldin qozonilgan g‘alabalar bo‘yicha ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (87,2%). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ukrainalik bokschi yengilmas Rokki Marchianodan orqada. Klichko 2018-yilda boks shon-sharaf zaliga kiritilgan. Quyida esa Klichkoning faoliyatidagi asosiy janglar haqida so‘z yuritiladi.

    Vitaliy Klichko (37-2) — Kris Arreola (27-0), 2009-yil

    Foto: Daily News

    Foto: Daily News

    2009-yilda 38 yoshli Vitaliy AQShdagi so‘nggi jangini o‘tkazadi, unga mezbon Kris Arreola raqiblik qiladi. O‘shanda 28 yoshli Arreola WBC kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turgandi va Amerikaning navbatdagi umidi edi.

    Ushbu jang oldidan mag‘lubiyatga uchramagan Arreola dastlabki raundlarda tajribali raqibining zarbalaridan qochib, oldinga o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Klichko esa ringda ko‘proq ikkinchi raqam sifatida ishlaydi. Garchi chidamlilik ko‘rsatib kelgan bo‘lsa ham, jang davomida Kris ukrainalikning ko‘plab zarbalarini o‘tkazib yuboradi. Klichko jangni to‘liq o‘z nazoratiga oladi va qarshi hujumlardan muvaffaqiyatli foydalanadi. O‘ninchi raundga kelib, amerikalikning g‘alaba qozonish imkoniyati deyarli nolga tengligi ma’lum bo‘ladi. Arreolaning murabbiylari o‘n birinchi raund boshlanishini kutmasdan hakamdan jangni to‘xtatishni so‘raydi – referi amerikalikning burchagiga borib, Krisning holatini baholab, jangni to‘xtatishga qaror qiladi.

    Vitaliy Klichko (34-2) — Denni Uilyams (32-3), 2004-yil

    Foto: Daily News

    Foto: Daily News

    Vitaliy ushbu jangda WBC kamarini ilk marta himoya qiladi. Bu qarama-qarshilikda unga afsonaviy Mayk Tayson raqiblik qilishi mumkin edi. Biroq “Temir Mayk” sensatsion tarzda 4-raundda Denni Uilyamsga nokaut bilan yutqazib qo‘yadi, shu bois Klichkoga qarshi aynan britaniyalik ringga ko‘tariladi.

    Tomonlar ajoyib jang ko‘rsatib beradi. Denni birinchi raunddayoq Vitaliyning uzoq davom etgan seriyasidan so‘ng nokdaunga tushib qoladi. Uchinchi raund yakunida Klichko britaniyalikni ajoyib apperkoti bilan navbatdagi nokdaunga jo‘natadi. Ammo Uilyams taslim bo‘lmaydi va jang o‘rtasida hatto vaziyatni o‘nglashga ham muvaffaq bo‘ladi. Biroq 7 va 8-raundlarda yana nokdaunga uchraydi, shundan keyin hakam jangni to‘xtatadi.

    Lennoks Lyuis (40-2-1) — Vitaliy Klichko (32-1), 2003-yil

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ushbu afsonaviy jang haqida qancha gapirilsa ham kam. “Yuz marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan afzal” degan ibora aynan mana shu bahsga atab aytilgandek. Ushbu dramatik to‘qnashuvda tomoshabinlar tom ma’noda hamma narsaga guvoh bo‘ladi: nokaut yoqasidagi favorit, da’vogarning dahshatli jarohatlari va zarbalar yomg‘iri. Aynan mana shu jang tufayli Vitaliy Qo‘shma Shtatlarda o‘zi uchun nom qozongan va yuz minglab muxlislarni o‘ziga rom etgan.

    Ammo afsuski, jang Vitaliyning g‘alabasi bilan yakunlanmaydi, shu bois bu jang mazkur ro‘yxatda 3-o‘rin bilan cheklandi.

    Jangga Lyuisning IBO, WBC va The Ring kamarlari qo‘yiladi. 3-raundga kelib, Vitaliyning qoshi yorilib ketadi. Aynan mana shu jarohat 6-raundga kelib, jangning to‘xtatilishiga olib keladi. Lennoks texnik nokaut bilan g‘alaba qozonadi. Ammo jang to‘xtatilayotgan vaqtda Klichko ochkolar hisobida oldinda borayotgan bo‘lgan. Jangdan so‘ng Lyuis Klichkoga revansh jangini berishga va’da beradi, ammo Lennoks orada faoliyatini yakunlaydi va revansh o‘tkazilmaydi.

    Vitaliy Klichko (35-2) — Semyuel Piter (30-1), 2008-yil

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Vitaliy bu janggacha turli jarohatlar tufayli deyarli 4 yil davomida ringga chiqmagandi. Shu sababli WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘sha paytdagi dahshatli Samuel Piter bilan duelga kirishish juda xavfli harakat bo‘lib tuyulgandi.

    Shunga qaramay Klichko barcha xavotirlarni yo‘qqa chiqaradi. 8 raund davomida, to Piter jangni davom ettirishdan bosh tortmaguncha, Klichko unga tinchlik bermaydi.

    37 yoshida, 4 yillik tanaffusdan keyin amaldagi chempion ustidan bunday ustunlik, haqiqatan ham juda qimmatlidir.

    Vitaliy Klichko (33-2) — Korri Sanders (39-2), 2004-yil

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sanders Vitaliydan oldin uning ukasi Vladimir Klichko bilan jang qilib, uni mag‘lubiyatga uchratgandi.

    Vitaliy bilan esa naq uch marta to‘qnash keladi. Ular o‘rtasidagi aynan so‘nggi jang ro‘yxatga yakun yasab beradi. G‘olib vakant qolgan WBC va The Ring kamarlarini qo‘lga kiritardi.

    Birinchi raund tom ma’noda triller kabi o‘tadi, Korri Vitaliyni qulatishiga ham bir baxya qoladi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda ham Sanders o‘z uslubida — chap zarbasi bilan bir necha bor muvaffaqiyatli qarshi hujumlarga o‘tadi, biroq Klichko har safar ishonchli harakat qilar va o‘ng tomondan aniq zarbalar yo‘llardi. To‘rtinchi raunddan keyin jang Sandersni uslubiy jihatdan mag‘lub etgan Vitaliyning katta ustunligi bilan o‘tadi. Sakkizinchi raundga kelib esa hakam Korrini raqibiga qarshilik ko‘rsata olmaydi deb hisoblab, Klichkoning texnik nokaut bilan g‘alabasini qayd etadi.

    Mavzuga doir: Klichkolar oilasining g‘aroyib hikoyasi: bokschilarning bobosi tatarlar deportatsiyasiga rahbarlik qilgan, otasi general bo‘lgan, buvisi esa yahudiylar genotsididan omon qolgan

    21.04.2022, 23:48   Izoh (0)   55099
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

    21.04.2022, 22:29

    O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” “Buxoro”ni tor-mor etdi, “Metallurg” “Surxon”dan ustun keldi

    21.04.2022, 20:30

    O‘zbekiston Kubogi. “Turon” o‘z maydonida kichik hisobda g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oldi, “Sho‘rtan” “Olimpik”ni yenga olmadi

    21.04.2022, 19:27

    Konor Makgregor oktagonga qaytib, chempionlik jangida ishtirok etishi mumkin

    21.04.2022, 18:14

    Erik ten Hag: “Manchester Yunayted”ni o‘zi loyiq bo‘lgan muvaffaqiyatga olib borish ishtiyoqidaman

    21.04.2022, 16:25

    Rasman: “Manchester Yunayted” Erik ten Hag bosh murabbiylikka tayinlanishini e’lon qildi

    21.04.2022, 15:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Misrga 35 milliard dollarlik tabiiy gaz sotadi

    Dunyo | 7 avgust, 16:22

    O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 16:18

    “Liverpul” “PSJ” futbolchisi uchun 100 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 7 avgust, 16:07

    Fransiya memorial yodgorlik yonida sigaret tutatgan erkakning fuqaroligini bekor qildi

    Dunyo | 7 avgust, 16:05

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    Layfstayl | 7 avgust, 15:57

    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

    Reklama | 7 avgust, 15:00

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,8 ming haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 15:13

    Xitoy chivinlar tarqatayotgan virusga qarshi dronlarni ishga soldi

    Dunyo | 7 avgust, 14:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.