• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “ Hozir o‘qish va karyera qilish uchun zo‘r payt — IELTS’dan 9 olgan Gulasal Butayevaning hikoyasi

    Yaqin o‘tmishda xorijda o‘qigan o‘zbekistonlik yoshlar barmoq bilan sanarli bo‘lgan bo‘lsa, bugun ular jamiyatning eng faol, maqsadli va tashabbuskor qatlamiga aylanib ulgurdi.

    Ular xalqaro dasturlar orqali nafaqat bilim olishyapti, balki o‘z yurti uchun ilhom manbaiga ham aylanmoqda. Bugungi hikoyamiz Amerikada maktab, O‘zbekistonda universitet, xalqaro loyihalar, seminarlar va ta’limga bag‘ishlangan Gulasal Butayeva hayoti haqida.

    “Men katta hayotga qadam qo‘yishim qanaqadir zo‘r paytga to‘g‘ri keldi”, deydi o‘quv markazi o‘qituvchisi Gulasal Butayeva.

    Qashqadaryolik qiz hayotidagi ilk burilish aynan 9-sinfda sodir bo‘ladi. O‘zbekistonda uzoq yillar yopiq bo‘lgan FLEX dasturi aynan o‘sha yil qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu dasturning ilk ishtirokchilaridan biri sifatida Gulasal AQSHning Nyu York shtatidagi Irondequoit High School’da bir yil davomida o‘qiydi.

    “Amerikada mustaqil yashash, ingliz tilida fikrlash, tanimagan odamlar bilan tezda aloqa o‘rnatish — hayotimni o‘zgartirdi. O‘zimga bo‘lgan ishonch aynan o‘sha davrda shakllandi”, deya eslaydi u.

    O‘z faoliyati davomida Gulasal TechGirls dasturiga ham tanlab olinadi. AQSH Davlat departamenti tomonidan o‘tkaziladigan mazkur nufuzli dastur doirasida u 12 mamlakatdan kelgan tengdoshlari bilan texnologiyalar, liderlik va madaniyatlararo muloqot bo‘yicha chuqur bilim oladi. Oradan ko‘p o‘tmay, u TechGirls alumnae kengashida ofitser, keyin esa katta maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.

    2022-yil Qarshida ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar uchun BraveCoders nomli dasturlash bo‘yicha bootcamp tashkil etiladi. Bu loyiha orqali Gulasal uch hafta davomida o‘quvchilarga frontend va backend asoslarini o‘rgatadi, kompaniyalarga tashriflar, mehmonlar bilan uchrashuvlar uyushtiradi. Qahramonimizning ushbu loyihasi AQSHdagi Legacy International xalqaro tashkiloti tomonidan “Outstanding Project Award” bilan taqdirlanadi.

    U faoliyati davomida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Davlat departamentining katta brifingida 250 dan ortiq diplomat va talabalar oldida nutq so‘zlash sharafiga muyassar bo‘lgan. CyberStart America dasturlash marafonlaridan tortib, WSIS Forum’dagi Python treninglargacha, Edukhan onlayn maktabidagi faoliyatidan American Corner Qarshi’dagi volontyorlik ishlari — bularning barchasi Gulasal hayotidagi ajralmas bosqichlar bo‘lib, qahramonimiz har bir bosqichda yangi tajriba orttirdi va bugungidek o‘z sohasining eng oldi mutaxassisi bo‘lib shakllandi.

    Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Business Information Systems” yo‘nalishida 2-bosqichda tahsil olayotgan Gulasal ayni paytda o‘quv markazida ham ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. IELTS imtihoni topshiradiganlar ichida maksimal ball olganlar “niner” (to‘qqizchi) deyiladi. Gulasal ishxonasida shunday natija qayd etgan to‘qqiz nafar mutaxassisdan biri sifatida katta hurmatga ega.

    Ma’lumot uchun: hozirda O‘zbekistonda atigi 3 nafar ayol “niner” bo‘lib, ulardan eng yoshi Gulasaldir. Bugun Gulasal o‘zini nafaqat ingliz tili o‘qituvchisi, balki texnologiyalar orqali ayollar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan yosh lider sifatida ko‘radi. Uning hikoyasi — kuchli iroda, rejalashtirilgan harakat va imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanish namunasi.

    “Men rejalashtirishni yaxshi ko‘raman. Eng oddiy kun ham qandaydir foydali natija bilan tugashi kerak. Ayollar til bilishi kerak, ular ham texnologiyada yashay olishi kerak — bu meni ishonchim, orzum va maqsadim. Bu yo‘lda prezidentimizning rahbar ayollarga ko‘rsatayotgan e’tibori menga ilhom bo‘lyapti. Men ham kelajakda o‘z kompaniyamni barpo etib, mamlakatimizning kiberxavfsizligi yo‘lida xizmat qilishni, kiber frontda turib, yurtimiz va fuqarolarimizni raqamli tahdidlardan himoya qilishni istayman”, deydi qahramonimiz.

    Bu hikoya faqat yutuq va muvaffaqiyatlar haqida emas, balki mashaqqatli mehnat, qat’iyat, to‘g‘ri qarorlar va eng muhimi, imkoniyatlardan foydalanishni bilish haqida. Gulasal hali juda yosh. Ammo bosib o‘tgan yo‘li, o‘zlashtirgan tajribasi va yuragidagi katta orzular uni kelajakdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, ilm-fan va ta’lim sohasidagi ilg‘or tashabbuslarning yetakchisiga aylantirmoqda.

    U faqat o‘z yo‘lini topgani yo‘q — u orqasidan kelayotganlar uchun ham yo‘l ochmoqda. Uning har bir qadami nafaqat o‘zi uchun, balki kelajak avlod uchun ham zamin bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildiramiz. 

    28 may, 20:20   Izoh (0)   2246
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zominda yo‘l bo‘yida ayiq yurgani aks etgan video tarqaldi (video) 

    28 may, 19:45

    O‘zbekistonda sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi 

    28 may, 19:35

    “BMT-ayollar” tuzilmasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

    28 may, 19:30

    Toshkentda “Bolalar uchun muloqot: Markaziy Osiyo va YUNISEF” mintaqaviy forumi o‘tkazildi

    28 may, 19:15

    Maosh 2800 yevrodan boshlanadi: o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga taklif qilindi

    28 may, 19:03

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

    28 may, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.