• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maqsadim – global moliya tizimini rivojlantirish”: AQSHdagi vatandosh Ibrohimjon Abdullayev hikoyasi

    Bir fanga bo‘lgan muhabbat va tirishqoqlik ortidan sharq-u g‘arbning nufuzli bilim dargohlarini zabt etish mumkinmi? Albatta, mumkin. Xalqaro darajadagi iqtisodchi-moliyachi, qator ilmiy izlanishlar muallifi, ko‘plab yirik tashkilotlarda ish tajribasiga ega tahlilchi Ibrohimjon Abdullayev o‘z misolida buni isbotladi.

    Hozirda AQSHning Linkoln universitetida Biznes boshqaruvi (DBA) bo‘yicha doktorantura tahsilini olayotgan Ibrohimjon Abdullayev 1995-yili Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. Maktabda matematika ustozining fanni sodda va ravon tushuntirishi hamda aniqlikka bo‘lgan qiziqish bu sohani ayricha mehr bilan o‘rganishga turtki bo‘ldi. Tirishqoqlik, izlanish, maktab va tuman miqyosidagi olimpiadalarda ishtirok va qarabsizki, 2014-yilda matematika bo‘yicha respublika olimpiadasida 1-o‘rin.

    Ibrohimjon shu nuqtadan boshlangan bilim va muvaffaqiyat sari yo‘li haqida “Daryo”ga hikoya qilib berdi.

    Ham mas’uliyat, ham imkoniyat

    Matematikaga bo‘lgan qiziqish, raqamlar mo‘jizasi bu fan bilan jiddiy shug‘ullanishimga sabab bo‘lgan. Bu qiziqish amaliy natija bera boshlaganida esa kelajagimni ham matematika bilan bog‘lashga qaror qildim. Respublika olimpiadasidagi g‘alaba kattaroq muvaffaqiyatlarga undadi, o‘zimga ishonchimni oshirdi, mas’uliyat yukladi. 

    Chet elda tahsil olish imkoniyatlarni karrasiga oshirishini bilgan holda, xorijiy oliygoh talabasi bo‘lishni maqsad qildim. Tinimsiz o‘qish-izlanish, puxta tayyorlov natijasi o‘laroq 2015-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Sejong universitetining Biznes boshqaruvi yo‘nalishi bakalavr bosqichiga qabul qilindim. 2019-yilda universitetda o‘tkazilgan “Eng yaxshi moliyachi” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdim.

    Ilm istab ummon ortiga

    Bakalavriatdan keyin AQSHning nufuzli ta’lim dargohlarida ham bilim olsam, degan fikr o‘y-xayolimni band qildi. Karantin davrida bu orzu qat’iy maqsadga aylandi va tayyorlanishga kirishdim. 2021-yilda Kaliforniya shtati Oklend shahridagi Linkoln universitetining Moliyaviy boshqaruv (MBA) yo‘nalishida magistratura bosqichiga qabul qilindim. Hozirda Biznes boshqaruvi (DBA) dasturi bo‘yicha doktorantura tahsilini ham shu universitetda davom ettiryapman.

    Tahsil barobarida xalqaro moliyaviy xavflar, kredit risklari va barqaror iqtisodiy model tahlillari bo‘yicha tadqiqot olib boryapman. Bundan tashqari, ilmiy faoliyatim davomida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan International Journal of Finance&Banking Studies, Journal of Emerging Financial Markets, Global Economics Review kabi nufuzli jurnallarda 10 dan ortiq maqolam chop etildi. Shuningdek, Risklarni boshqarish bo‘yicha professionallar global assotsiatsiya (GARP) va Xalqaro moliyaviy menejment assotsiatsiyasi (FMA) kabi yirik tashkilotlarga a’zo bo‘ldim, bunday muhit professionalizmni takomillashtirishimda muhim rol o‘ynaydi.

    Milliy va xalqaro tajriba

    Ilk ish tajribam O‘zbekistonda boshlangan – Milliy bankda amaliyot o‘taganman. Kredit portfelini tahlil qilish, mijozlar kreditini baholash va risklar to‘g‘risida hisobot tayyorlash, makroiqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazish, audit, shuningdek, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy modellar yaratish bo‘yicha o‘zimni sinab ko‘rdim.

    2020 – 2021-yillarda Seuldagi Vroong kompaniyasida faoliyat yuritdim. Dastlab moliyaviy tahlilchi, so‘ng rekruting menejeri sifatida ishlab, yirik xorijiy tashkilotda mas’uliyatli vazifada ishlashning ta’mini totdim. Kompaniyaning mintaqaviy kengayishida kadrlar rejalashtiruvini strategik jihatdan boshqarish jarayonida soham bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarim takomillashib bordi, moliya va inson kapitali o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq tushundim. 

    Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Kadastr vazirligida byudjetni rejalashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida ham ishladim. Davlat byudjetini tahlil qilish, resurslar taqsimoti samaradorligini oshirish hamda fiskal strategiyalarni shakllantirish jarayonida ishtirok menga tengsiz amaliy tajriba berdi.

    Liderlarga ko‘mak

    Faoliyatim davomida faqat moliya-iqtisod sohasi bilan cheklanib qolmaslikka harakat qilganman. O‘zim qachonlardir bosib o‘tgan yo‘l – nufuzli xorijiy oliygohlar talabasi bo‘lishda yangi avlodga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish istagi amalga ko‘chdi – 2016-yilda Leader Academy nomli ta’lim agentligiga asos soldim.

    Agentlik xorijiy tillarni o‘rganish, SAT imtihonlariga tayyorlov, xalqaro universitetlarga hujjat topshirish borasida 2000 dan ortiq o‘quvchiga yordam berdi, 300dan ortiq o‘quvchining AQSH, Koreya va Yevropadagi nufuzli universitetlarga qabul qilinishiga erishdi. Agentlikni boshqarish davomida 20dan ziyod konsultant va instruktorlardan iborat jamoani boshqarish men uchun yangi tajriba bo‘ldi. 4 yil davomida barqaror o‘sishni qayd etgan biznesimni 2020-yilda shaxsiy rejalarim sababli sotishimga to‘g‘ri keldi. 

    Ulkan maqsadlar, ezgu maqsadlar

    Maqsadlar katta, shijoat zo‘r, to‘xtab qolish yo‘q. Salohiyat va ko‘nikmalarimni muntazam takomillashtirib borish, ilm-fanga asoslangan yondashuvlar orqali global moliya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shishni o‘zimning bosh maqsadim deb bilaman. Buni amalga oshirish uchun doktoranturani tamomlagach faoliyatimni nufuzli xalqaro moliya institutlarida davom ettirishni rejalashtiryapman.

    Qolaversa, kelgusida faqat o‘z mutaxassisligim bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Yoshlar turli yo‘nalishlarda bilim olishlari mumkin bo‘lgan ochiq ta’lim platformalarini yo‘lga qo‘yish niyatim bor. Bu bo‘yicha universitetdagi ilmiy rahbarim bilan birgalikda harakatlarni boshlaganmiz. Toki o‘qiyman degan har bir yosh yigit-qiz o‘ziga kerakli bilimni sifatli va tartibli ola bilsin, harakatlarini maqsadli yo‘naltira olsin, ilmiy mentorga ega bo‘lsin. Bu xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida muhim vosita o‘laroq xizmat qiladi, deb o‘ylayman.

    Saidaziz A’zamov suhbatlashdi

    15 may, 20:10   Izoh (0)   1258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

    15 may, 19:54

    O‘zbekistonda 21 mlrd so‘mlik davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi

    15 may, 19:15

    Xorazmda metan zapravka 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi 

    15 may, 19:10

    Qashqadaryo viloyat sudi raisi xizmat avtomobilida sodir etilgan uch yil avvalgi qoidabuzarlik jarimasi 2025-yilda to‘landi

    15 may, 17:52

     O‘zbekistonda aprel oyi juda quruq bo‘ldi

    15 may, 17:45

    Qashqadaryodagi maktabda bir-biriga bo‘yoq sepgan o‘quvchilarning ota-onasi jazolandi

    15 may, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada saylovda ovoz berish yoshi 16 ga tushiriladi

    Dunyo | 18 iyul, 14:05

    O‘tiruvchi hayot tarzi asrida umurtqa pog‘onasini qanday asrash mumkin? Neyrojarroh maslahatlari

    Maslahatlar | 18 iyul, 13:45

    Andijonda transformator chaqnashi oqibatida 4 yoshli qizchaning yuzi kuyib ketdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 13:40

    Sibir o‘zbeklarning tarixiy vatani ekanini aytgan deputat mandatidan voz kechdi

    Dunyo | 18 iyul, 13:35

    Depressiyaga qarshi oddiy va arzon vositalar aniqlandi

    Ilm-fan | 18 iyul, 13:30

    APL o‘yinlari 2030-yilga qadar O‘zbekiston hududida qaysi telekanalda namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 18 iyul, 13:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.