Toshkent viloyatining Piskent tumani, “Lolaariq” mahallasi hududida ochiq dala maydonda 15-may kuni soat 16:50 larda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yong‘in joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda 7 nafar qutqaruvchi jalb qilingan.
Yong‘in tuman zaxira yerlarida 1 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.
Olib borilgan sa‘y-harakatlar natijasida yong‘in soat 18:25 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar
2024-yilning 13-oktyabr kuni Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketgandi. 16-oktyabrda esa Mirobod tumanida joylashgan “Miran” mehmonxonasining qurilishi davom etayotgan eski binosida yong‘in chiqdi.
Shuningdek, 20-oktyabr kuni soat 16:54 da Shayxontohur tumanidagi “Bildirish” tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.
Bundan tashqari, Olmazor tumani “Chinobod” MFY, Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan 5-uydagi xonadonlarning birida 31-oktyabr kuni soat 02:13 da yong‘in sodir bo‘ldi.
20-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘ldi.
31-dekabr kuni Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
2025-yil 25-fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘lgandi.








