“Manchester Yunayted” klubining sobiq bosh murabbiyi, afsonaviy mutaxassis Aleks Fergyuson tarixdagi eng yaxshi futbolchi kim, degan savolga javob berdi.

Pele — barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi. Hozirgacha uning darajasidagi boshqa hech kimni ko‘rmadim, deya Fergyusonning so‘zlarini keltirgan Give Me Sport nashri.
Ma’lumki, ser Aleks Fergyuson futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi. U “Manchester Yunayted”ni 1986-yildan 2013-yilgacha boshqargan. Bu davrda klub bilan 13 marta Angliya Premer Ligasida, 5 marta Angliya Kubogida g‘olib chiqdi va 2 marta Yevropa Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.
Pele braziliyalik futbol afsonasi bo‘lib, 1940-yil 23-oktabrda tug‘ilgan. U professional faoliyati davomida 1000 dan ortiq gol urgan va Braziliya terma jamoasi bilan uch marta jahon chempioni bo‘lgan (1958, 1962, 1970) — bu natijani hali hech kim takrorlay olmagan. Texnikasi, tezligi va maydondagi harakati bilan tanilgan futbolchi 2022-yil 29-dekabr kuni vafot etdi.
Izoh (0)