• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boks

    Boks afsonasi Muhammad Ali tomonidan o‘ylab topilgan The G.O.A.T. tushunchasi haqida

    Muhammad Ali nafaqat barcha davrlarning eng yaxshi bokschisi, balki BBC talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi sportchisi hamdir. Uning ta’sir doirasi boks ringi o‘lchamidan ham keng.

    Ilk katta jangida Sonni Listonni mag‘lub etgan Kassius Kley o‘zini buyuk (greatest of all time) deb e’lon qilgandi. Shundan keyin u faqatgina ringda emas, butun dunyoviy qamrovda jamoatni hayratda qoldirib keldi. Bularning barchasi uning merosini va barcha davrlarning eng yaxshi bokschisi deb hisoblanishiga olib keldi.

    Hozir har bir sport turining o‘z G.O.A.T.’lari bor, lekin eng munosibi — Ali. U butun hayoti davomida o‘z prinsiplarini puldan, hattoki, faoliyatidan ham ustun qo‘ydi.

    Ali — dunyoviy miqyosda yulduzga aylangan tarixdagi ilk sportchi

    Marketing sohasida tadqiqotlar olib boradigan OnePoll kompaniyasi 2019-yil mart oyida amerikaliklar o‘rtasida eng jarangdor va zerikarli so‘z qaysiligi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Birinchi o‘rinni G.O.A.T. so‘zi egalladi. Bu Greatest Of All Time — barcha davrlarning eng yaxshisi iborasining qisqartirilgan shakli. Inglizchadan tarjima qilinganda goat so‘zi echki degan ma’noni bildiradi, shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda mashhur futbolchilar yoni echki emojisi qo‘yiladi.

    Bu so‘zni ilk bor barcha davrlarning eng yaxshi bokschisi Muhammad Ali ishlatgan edi. 1964-yil fevral oyida birinchi jangidayoq Sonni Listonni sensatsion tarzda mag‘lub etganidan so‘ng ringda: “Men — buyukman” degandi.

    Ali bir soat ichida sportning yangi yulduziga aylanmaganini tushunish kerak. U xarizma va yutuqlari jihatdan Diyego Maradona, Maykl Jordan, Rojer Federer va Pele kabi yigitlardan qolishmasdi.

    Ali bilan ularning orasidagi farq shundaki, ular o‘z davrining megayulduzlari bo‘lgan. Muhammad Ali nafaqat ringda jang qilardi, balki Vyetnam urushi tufayli davlat sudida qatnashgan, qora tanlilarning huquqlari uchun kurashgan. Hattoki, Parkinson kasalligi ham 33 yillik kurashdan so‘ng undan ustun keldi. Muhammad sportchi ringdan tashqari ham ko‘p narsalarga qodir bo‘lish mumkinligini isbotlab berdi.

    Masalan, Maykl Jordan siyosat haqida gapirishni istamagani uchun masxara qilingan. Shunday voqea 1990-yilgi saylovlarda yuz bergandi. Maykl o‘zi tug‘ilgan Shimoliy Karolina shtatida amaldagi respublikachi, irqchiligi bilan tanilgan Jessi Xelmsga qarshi kurashgan afroamerikalik demokrat Harvi Gantni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. MVP NBA sovrinini besh bor qo‘lga kiritgan basketbolchi nima uchun rad javobini berganini tushuntirib berdi. Uning aytishiga qaraganda, respublikachilar ham krossovka sotib oladi.

    Ali esa afroamerikaliklarning AQShdagi huquqlarini himoya qiluvchi qahramon ramziga aylangan edi. Futbol qiroli Pele apolitik ekanligi, Braziliyani 1964-yildan 1985-yilga qadar boshqargan harbiy diktaturaning qora tanlilarga yetkazgan zulmi kabi ijtimoiy muammolarga bee’tiborligi sabab millionlab braziliyaliklar tomonidan tanqidga uchragan.

    Pele barcha braziliyaliklarga, ularga ochiqchasiga irqchilik kayfiyati bo‘lishiga qaramasdan, bir xil munosabatda bo‘lishini ko‘p bor ta’kidlagan. Irqchilikka oid savollarga Pele ko‘pincha, javob bermasdi.

    Hattoki, hozir ham braziliyaliklarning g‘azabiga uchrasa ham futbol afsonasi aniq bir pozitsiyani egallamaydi:

    “Keling Braziliyadagi barcha qarshiliklar, to‘lqinlarni unutamiz va Braziliya jamoasi — bizning vatanimiz, bizning qonimiz ekanini yodga olamiz”.

    Bunday narsalarga Ali umuman boshqacha qarar edi. Faqatgina ko‘p gollar uradigan emas, Instagram’ida boshqalardan ko‘ra ko‘proq obunachilari bor inson emas, tarixida o‘zini yengishdan tashqari, tizim ustidan ham g‘alaba qozona olganlar u bilan bir qatorda turishi mumkin.

    Ali faoliyatini yakunlaganidan o‘n yil o‘tib, Mayk Tayson u bilan bir qatorda turish imkoniga ega bo‘lgandi, ammo u o‘z obro‘sini to‘kib yubordi. Giyohvand moddalar, alkogol mahsulotlar va qamoqda o‘tirish uni barbod qildi.

    Floyd Meyvezer o‘zini Alidan ham buyuk deb hisoblaydi. Uning dalillari be’mani va xalqning nafratiga sabab bo‘ldi

    Muhammad shon-shuhratning eng yuqori cho‘qqisiga yetganda ham ko‘p pul va mashhurlik haqida bosh qotirmagan. Islomni qabul qilgach, ringdan tashqari hayotida ancha kamtar va mehribon insonga aylandi. Butun dunyoni kezdi, turli joylarda mahorat darslari o‘tdi, ko‘pincha qamoq, bolalar uyi, axloq tuzatish maskanlariga tashrif buyurardi. Bitta ishtiroki bilan ko‘plab insonlar taqdirini o‘zgartirib yuborardi. Mayk Taysonning ham hayoti o‘zgarishiga Muhammad sababchi.

    Jamoatning sportchiga bo‘lgan munosabati — G.O.A.T. unvoni uchun muhim dalillardan biridir. Hatto, ringdagi eng dahshatli raqib — Jo Freyzer ham qarama-qarshilikdan yillar o‘tgandan so‘ng uni kechirganligini aytdi. Bu narsalarning barchasi ular o‘rtasidagi janglar sport tarixidagi eng buyugi bo‘lishiga hissa qo‘shganini Jo tushungan.

    Tarixga “Maniladagi triller” nomi bilan kirgan, ular o‘rtasidagi uchinchi jangda Ali Freyzerni eng kuchli bokschi deb ataydi. O‘zidan keyin, albatta. Ali shunchaki o‘ziga nisbatan simpatiya uyg‘otmaydi, butun dunyoda o‘n, balki yuz millionlab odam uni chin qalbdan yaxshi ko‘radi.

    Rekordlar va ko‘proq pulga ega bo‘lgan bokschi Floyd Meyvezer haqida unday deb bo‘lmaydi. Ringdagi muvaffaqiyatlariga qaramasdan Floyd har doim takabbur, maqtanchoq, o‘ziga xos hayot tarziga ega inson edi. Lekin uning Muhammad Alidan ham buyukroqman degan gapi jamoatchilikni hayratga soldi.

    “Bokschini qaysi mezonlar asosida baholash mumkin? Agar biz o‘z ideallarimiz uchun kurashni hisoblasak, ha, Ali eng yaxshisi. Agar kam zarba o‘tkazib, rekordlarni urishni hisobga olsak, Floyd Meyvezer eng yaxshisi.

    Muhammad Ali — afsona. U hozir men turgan joyda bo‘lishim uchun yo‘l ochib bergan. Agar biz rekordlar haqida gapiradigan bo‘lsa, ko‘pchilik Alining yettita jangda chempionlik kamarini yutqazib qo‘yganini unutadi. Alining oldida shlyapamni yechaman, lekin men o‘zimdan kuchli jangchi bor deyish uchun boksga 40 yilimni bag‘ishlamadim”, — deydi Floyd.

    Bu gaplar OAV, sport muxlislarining tanqidlariga sabab bo‘ldi. Floyd eng muhim narsani unutgandi. Mag‘lubiyatsiz rekordlar eng kuchli bokschi ekanligini anglatmaydi. Aksincha, bokschi mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lsa, bu unga qo‘shimcha buyuklik bag‘ishlaydi.

    Shuning uchun u nega Amerikada amerikaliklar ham Roberto Dyuran yoki Menni Pakyaoni undan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘rishini tushunmaydi. Ular faoliyati davomida, eng avvalo, o‘zlarini yenggan holda, qiyinchiliklarni bartaraf etgan.

    Meyvezerda Ali—Freyzer, Ali—Forman yoki Ali—Liston janggi bilan tenglashadigan jang yo‘q. Shuning uchun Floydning aytgan gapi faqat g‘azabni qo‘zg‘atadi. Ko‘pchilik Meyvezerni Buyukdan ham o‘zini ustun qo‘ygani uchun yoqtirmaydi. Moliyaviy muvaffaqiyat va ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni urfda bo‘lgan hozirgi davrda Muhammad Alida bo‘lganidek hikoya haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

    Bu — G.O.A.T. faqat unga tegishli ekanini bildiradi.

    05.04.2024, 17:42   Izoh (0)   12153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “10 ming kilometr bosib, odam o‘ldirgani bormayman”. Armiyaga borishdan bosh tortgani uchun sudlangan boks qiroli Muhammad Ali 

    20.06.2023, 23:40

    Buyuk bokschi va inson huquqlari himoyachisi Muhammad Alining hayoti suratlarda 

    18.09.2023, 17:01

    Mayk Tayson, Mayk Jordan va Muhammad Ali. Zinedin Zidan qaysi afsonaviy sportchilar bilan ko‘rishishni xohlashini aytib o‘tdi

    03.12.2023, 14:23

    Hasanboy Do‘stmatov 1-o‘ringa ko‘tarildi, Shahram G‘iyosov o‘z o‘rnida qoldi,  Isroil Madrimov chempion. WBA reytingi yangilandi

    04.04.2024, 16:24

    Bektemir Meliqo‘ziyevning jang sanasi e’lon qilindi

    04.04.2024, 13:51

    Isroil Madrimov BoxRec reytingida 1-o‘ringa ko‘tarildi

    04.04.2024, 09:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.