WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi, og‘ir vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgan ukrainalik bokschi Oleksandr Usik (23 g‘alaba, 14 nokaut) sobiq raqibi, britaniyalik Tayson Fyurining uchinchi jangni o‘tkazish taklifiga javob berdi.

Ukrainalik charm qo‘lqop ustasi istalgan paytda va istalgan joyda jang qilishga tayyor ekanligini bildirgan:
Agarda Tayson Fyuri faoliyatini yana tiklasa, balki yana jang qilarmiz. Hech qanday muammo bo‘lmaydi, men tayyorman. “Uembli”mi yoki “Old Trafford”da — uncha farqi yo‘q, deya Usikning so‘zlarini keltirdi talkSPORT nashri.
Ma’lumot uchun, yaqinda OAVda britaniyalik sportchi Usik har ikki g‘alabani ham nohaq qo‘lga kiritganiga ishora qilib, u bilan 3-jangga chaqiriq tashlagan edi.
Usik va Fyuri ikki bor jang qilgan. Birinchi jang 2024-yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan va unda hakamlar qarori bilan g‘alabani Oleksandr qo‘lga kiritgan. Ularning revansh jangi o‘sha yilning 22-dekabrida o‘tkazildi va yana bir bor Usikning qo‘li baland keldi.
Izoh (0)