Daryo

Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov o‘z o‘rnida, Isroil Madrimov pastladi. WBA reytingi yangilandi

Reytingdan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin egalladi

1 daqiqa o‘qish55 506 ko‘rishlar2 izoh0

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Ushbu reytingdan 7 o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. Isroil Madrimov mag‘lubiyatdan so‘ng uchinchi o‘ringa joylashdi.

Avgust oyi so‘ngida yangilangan reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Hasanboy Do‘stmatov — (minimal vazn) o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
  • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
  • Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 10-o‘rin (o‘tgan oyda 11-o‘rin);
  • Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 5-o‘rin;
  • Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
  • Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 3-o‘rin (o‘tgan oyda vazn chempioni edi);
  • Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — 6-o‘rin (o‘tgan oy 5-o‘rinda edi).

Ma’lumot uchun, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi. 

Professional boksda mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan Shahram G‘iyosov bugun, 1-avgust kuni Migel Perraga qarshi jang qildi. Ushbu jang Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi. 

10 raund davom etgan jangda Shahram Giyosov ochkolar hisobida raqibi ustidan g‘alaba qozondi. Jang to‘liq o‘zbekistonlik bokschi ustunligida o‘tdi. Yakunda hakamlardan faqat bittasi Migel Perraning g‘alaba qozonganini e’tirof etdi. Qolgan ikki hakam Shahram G‘iyosov ustunligini qayd etdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar