Toshkent—Urganch—Xiva yo‘nalishi uchun 24-aprel kuni 10 ta yangi vagon foydalanishga topshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmatining xabar qilishicha, vagonlar 4 ta plaskart (har biri 54 ta o‘ringa ega), 4 ta kupe (har biri 36 ta o‘ringa ega) hamda 2 ta SV (har biri 18 ta o‘ringa ega) turdagi vagonlar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida 396 nafar yo‘lovchini tashish imkoniyatini beradi. Yiliga 144 540 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi.

Prezidentning 2023-yil 10-oktyabrdagi qarori asosida 2025—2026-yillarda yangicha dizayn va uslubda ishlangan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 70 ta zamonaviy yo‘lovchi vagonlarini xarid qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan imtiyozli kredit liniyalari asosida mablag‘lar ajaratildi.


-MMxmWg55.avif)
Shu vagonlarning dastlabki 10 tasi yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi va 26-apreldan boshlab vagonlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
“Kelgusi ikki yil davomida shu kabi yo‘lovchi vagonlari soni yana 70 taga ko‘paytirilib, eski turdagi yo‘lovchi vagonlaridan bosqichma-bosqich tarzda voz kechiladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu orqali termiryo‘l transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishiga erishiladi. Bu ishlarning amalga oshirilishi natijasida yiliga 1 million nafardan ortiq yo‘lovchilarni qo‘shimcha tashish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 19-mart kuni “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’minlash zavodi” AJga tashrifi davomida bir qator topshiriqlar doirasida zavod 2024—2025-yillarda “Yangi O‘zbekiston” timsoli ko‘rinishidagi yangi yo‘lovchi vagonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Izoh (0)