Aytishlaricha, tabiat har bir tirik mavjudotni, hatto o‘simliklarni ham o‘ziga xos tarzda yaratgan. Biroq shou-biznesda bir-biriga juda o‘xshash mashhurlar ko‘plab uchraydi. Ular yo egizaklar, yoki tasodif tufayli ko‘p jihatdan tashqi o‘xshashliklarga ega bo‘lgan yulduzlardir.
Natali Portman va Kira Naytli
Tomoshabinlar ekranda Natali Portman yoki Kira Naytlini darhol ajrata olmaydi. Aktrisalarning tashqi ko‘rinishi chindan ham bir xil. Ikkovi ham jigarrang ko‘zli, sochlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangda.
Bundan tashqari, Natali va Kiraning yuz xususiyatlari o‘xshash: oval shaklidagi bo‘rtiq iyakli, to‘la labli va bodomsimon kesimli ta’sirchan ko‘zli.
Keti Perri va Zoi Deshanel
Ular egizaklar ham, qarindoshlar ham emas. Keti Perri va Zoi Deshanel o‘rtasidagi o‘xshashlik juda hayratlanarli. Qo‘shiqchi aktrisadan to‘rt yosh kichik bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishidan ikkalasining yoshi bir xildek tuyuladi. Yulduzlarning ko‘z rangi, hatto nigohi, burun shakli va yuz tuzilishi ham o‘xshash.
Muxlislar qizlarni yuzlariga emas, balki kiyinish uslubiga qarab ajratishadi. Perri yorqin va g‘ayrioddiy narsalarni ma’qul ko‘rsa, Deshanel deyarli doim klassika va nafislikni afzal biladi.
Mila Kunis va Sara Xaylend
Mila Kunisning o‘zidan yoshroq qiyofadoshi Sara Xaylend borligini bilarmidingiz? Ikkalasi ham aktrisa, lekin birinchisi ko‘proq suratga tushadi va mashhurroq. Ammo Mila va Sarani bir loyihada ko‘rish amrimahol.
Bunday film tomoshabinlarni butunlay chalg‘itib qo‘yardi, chunki yulduzlar tashqi ko‘rinishdan juda o‘xshash. Kunis va Xaylendning ko‘zlari katta va ifodali, yuz shakllari va chizgilari o‘xshash, sochlari qora. Garchi vaqt o‘tishi bilan soch turmagi o‘zgarib, har xil bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qizlarning bir xildagi keng va biroz qayrilgan burunlari e’tiborni tortadi.
Jessika Chesteyn va Brays Dallas Xovard
2011-yilda ikkala aktrisa ham “Xizmatkor” dramasi suratga olinishida qatnashgan. Yo‘q, u yerdagi voqealar opa-singillar haqida emas, Jessika Chesteyn va Brays Dallas Xovard ham kadrda mutlaqo o‘xshamagan. O‘sha paytda ularning soch ranglari har xil bo‘lib, bu ularning asosiy farqlovchi belgisi edi.
Ammo hozir real hayotda ikkala yulduz ham sochi qizg‘ish rangda va bu rang tufayli ularning o‘xshash yuz tuzilishlari yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Muxlislar aktrisalardan birining suratini ko‘rganida, uning qaysi biri ekanligini darhol anglay olmaydilar.
Margo Robbi va Jeymi Pressli
Bu juftlikning eng mashhur aktrisasi, shubhasiz, Margo Robbi bo‘lib, u 30 yoshida Gollivudning eng mashhur rejissyorlari — Richard Kertisdan tortib Kventin Tarantinogacha hamkorlikda ishlashga muvaffaq bo‘lgan va ikkita “Oskar” nominatsiyasini olgan. Aktrisalik iste’dodidan tashqari, u o‘zining “qo‘g‘irchoqqa o‘xshash” ko‘rinishi bilan tanilgan, buning natijasida u bir necha bor XXI asrning eng go‘zal ayollaridan biri sifatida tan olingan. Biroq uni yagona deb bo‘lmaydi: ko‘k ko‘zli maftunkor mallasochalar har doim jahon kinosida juda mashhur bo‘lgan. Shuning uchun ham Margo Robbi doimiy ravishda hamkasblari bilan, ko‘pincha model va aktrisa Jeymi Pressli bilan taqqoslanadi.
Izoh (0)