• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonga 38 ta lokomotiv olib kelinishi va 12 ta elektrovoz modernizatsiya qilinishi kutilmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni temiryo‘l sohasida olib borilayotgan ishlar va kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan yili 10-oktyabrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid prezident qarori qabul qilingan edi. Bu jarayonga ko‘maklashish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi ham jalb etildi.

    Jamiyat tarkibida infratuzilma, vagon xizmati, yo‘lovchilarni tashish kabilar bilan shug‘ullanuvchi 6 ta mustaqil korxona ish boshladi. Samarasiz va bir-birini takrorlovchi vazifalar birlashtirilib, ortiqchalari qisqartirildi.

    Poyezdlar tarkibiga 1 ming 40 ta yangi yuk va 45 ta yo‘lovchi vagoni qo‘shildi. Ichki yo‘nalishda yuk tashish muddati 2 karra qisqardi. “Keles” stansiyasida qo‘shimcha 2 ta elektrlashgan yo‘lni qurish orqali Toshkent atrofida poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ilgari yillar davomida zararga ishlab kelgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” bu islohotlar natijasida foyda ko‘rishga o‘tdi.

    Taqdimotda galdagi vazifalar, hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

    Keyingi vaqtlarda yo‘lovchi vagonlarining ahvoli, sovitish tizimidagi muammolar bo‘yicha ko‘p e’tirozlar bo‘lmoqda. 143 ta vagon ta’mirtalab, 59 ta lokomotiv xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuning uchun yangi yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan 50 million dollar ajratilmoqda. 38 ta lokomotiv olib kelish va 12 ta elektrovozni modernizatsiya qilish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan 181 million dollarlik kelishuvga erishilgan.

    Mutasaddilar ushbu mablag‘lar hisobidan poyezdlar parkini yangilash rejalari bo‘yicha axborot berdi.

    Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvda Toshkentdan Nukusga tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishini aytgan edi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning uchun Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta zamonaviy elektropoyezd olib kelinishi belgilangan. Hozirgi kunda uzunligi 465 kilometr bo‘lgan “Buxoro—Urganch—Xiva” temiryo‘li elektrlashtirilmoqda va buni yil oxirigacha yakunlash mo‘ljallangan. Kelgusi yillarda 196 kilometrlik “Miskin—Nukus” tarmog‘i elektrlashtiriladi. Natijada yo‘lovchilarning manzilga yetib borish vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.

    Taqdimotda, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatiga qarashli nosohaviy aktivlarni xususiylashtirish, sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    06.08.2024, 20:44   Izoh (0)   6638
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolangani tarixiy voqea bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.07.2024, 19:08

    O‘zbekistonda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini yagona onlayn platformadan olish imkoni yaratiladi

    23.07.2024, 12:24

    Shavkat Mirziyoyev Temiryo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi 

    02.08.2024, 19:24

    Endi fuqarolar bir qator ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga qonuniy o‘tkazib olishi mumkin  

    06.08.2024, 20:34

    Surxondaryoda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxs ushlandi 

    06.08.2024, 19:54

    Nafaqat qo‘li bilan, balki oyog‘ida ham rasm chiza oladigan navoiylik yosh rassom bilan suhbat (foto, video) 

    06.08.2024, 19:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.