• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Avto

    Chipta narxi 40 ming yevro: Dunyodagi eng qimmat poyezdlar qanday ko‘rinishga ega?

    Mazkur poyezdlar A nuqtadan B nuqtaga borish uchungina emas. Ular sizga go‘zal manzaralar-u hashamatli sayohatni va’da qiladi.

    Suite Shiki-Shima

    Yaponiya temir yo‘llarining “Suite Shiki-Shima” poyezdiga chipta olib, go‘zal manzalarni tomosha qilishga yo‘llanma sotib olgan bo‘lasiz.

    Eng qimmat chipta 10 ming dollarga tushadi. Bu pulga hashamatli hayot kafolatlangan.

    Loyiha bilan Ferrari Enzo va Maserati Quattroporte ustida ishlagan Ken Kioyuki Okuyamaning shaxsan o‘zi shug‘ullangan. Ovqatlarni Mishlen yulduzi sohibi Kotsuhiro Nakamuro tayyorlaydi.

    G8 sammitida Kotsuxiro Nakamuro davlat rahbariga shaxsan o‘zi ovqat pishirgan. Eng muhimi, yo‘l-yo‘lakay 12 ta shaharga kirasiz. Poyezd Tokiodan Xokaydo oroliga boradi.

    Har bir nuqtada yo‘lovchilar ekskursiyalar, spa, issiq buloqlar, eng yaxshi restoranlarga tashrif buyurishi mumkin.

    Sakuraning birorta guli ko‘rinmay qolmasligi uchun ishlab chiquvchilar alohida kuzatuv vagonini ham qo‘shishgan.

    Afrika iftixori

    Rovos Rail’ni haqli ravishda sayyoramizdagi eng hashamatli poyezdlardan biri deb atash mumkin.

    Pride of Africa (“Afrika iftixori”)ning eng uzoq marshruti — Keyptaundan Tanzaniyadagi Dar as-Salomgacha bo‘lgan ikki haftalik yo‘l.

    Yo‘lovchilar olmosli Kimberli shahriga tashrif buyurishadi, qudratli Zambezining jo‘shqin suvlarini tomosha qilib, o‘n mingdan ortiq jonivorlar yashaydigan Madikve qo‘riqxonasida ikki kecha tunashadi.

    Darvoqe, poyezdda chekish, kuzatish hamda restoran uchun ikkita vagon bor. Deraza ortida tuyaqushlar, antilopalar, qo‘toslar yugurib yuradi.

    Taomlar bilan albatta Afrika sharoblari ham tortiladi. Ushbu sayohatning narxi taxminan 10 ming dollar turadi.

    Qirollik yo‘li

    Agar millionerlar hayoti joningizga tegib, ko‘proq narsa xohlasangiz — Hindistonga keling. Bu yerda o‘zingizni maharoja kabi his qilishingiz mumkin. Maharajas Express bu — qirollik saroyining nusxasi, faqat g‘ildirakli.

    Mazkur poyezdda 14 ta vagon bo‘lib, ularning har biri qimmatbaho toshlar nomi bilan atalgan: brilliant, zangori sapfir, marjon, feruza va boshqalar. Har bir vagonda eshik og‘asi ishlaydi. Uning vazifasi — aziz mehmonlarning dam olishi uchun maksimal darajada qulaylik yaratish.

    Chipta sotib olishingiz bilan fillarda sayr qilish, Toj Mahalni ziyorat qilish, Udaypur shahridagi ko‘l suvlarida qayiqda suzish va yovvoyi tabiatdagi yo‘lbarslarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

    Poyezdda gimnastika zali, sauna, spa-markaz, massaj xonasi, ikkita restoran bor. Ko‘plab yo‘lovchilar ishbilarmon odamlar ekanligi hisobga olinib, Maharajas Express’da uchrashuvlar o‘tkazish uchun biznes markaz ham yaratilgan.

    Yo‘lovchilarga davomiyligi 3 kundan 8 kungacha bo‘lgan 5 ta tur taklif etiladi. Prezident xonasida sayohat qilishni xohlasangiz, bu sizga 24 ming dollarga tushadi.

    “Burgut”da butun mamlakat bo‘ylab

    “Oltin burgut” poyezdi — Rossiya go‘zalligini butun rang-barangligini ko‘rish imkoniyatini beradi. Eng mashhur yo‘nalishlardan biri: Moskva—Vladivostok. Sayohat butun mamlakat bo‘ylab ikki hafta davom etadi.

    Eng hashamatli xonada sayohat qilish bitta yo‘lovchiga 40 ming yevrodan ortiqqa tushadi.

    “Oltin burgut”da asosan chet elliklar sayohat qilishini taxmin qilish qiyin emas. Ular 15 kun ichida Moskvadagi Arbat bo‘ylab sayr qilishlari, Yekaterinburgda Yevropa va Osiyo chegarasida bo‘lishlari, Irkutskda matryoshka chizishni o‘rganishlari va dunyodagi eng chuqur ko‘l — Baykalga sho‘ng‘ishlari mumkin bo‘ladi. 

    Poyezdda ikkita vagon-restoran, vagon-bar, spa-muolajalar, sport bilan shug‘ullanish imkoniyati bor. Yuqori sifatli taomlar va har bir xonada barcha qulayliklar ta’minlangan.

    Adabiy poyezd

    Poyezd 1883-yilda Parij va Istanbul o‘rtasida qatnay boshlagan. Bu G‘arb va Sharqni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l marshruti edi.

    90 yildan keyin ekspress foyda keltieish u yoqda tursin, byudjetga zarar keltira boshlaydi. Ammo millioner Jeyms Shervud 35 ta original vagonni sotib olib, ularni qayta tiklaydi.

    Hozir poyezd butun Yevropa bo‘ylab qatnaydi. Poyezddagi taomlar eng mohir fransuz oshpazlari tomonidan tayyorlanadi.

    Butun poyezd deyarli muzey. Masalan, 3647-vagondagi barda Vladimir Nabokov “Lolita”ni yoza boshlagan, Odri Xepbern esa o‘zining birinchi “margarita”sini aynan shu poyezdda ichgan. Bu poyezdda Yelizaveta II, Sharl de Goll, Mata Xari sayohat qilgan. Sayohat narxi yo‘nalish va xonaga qarab 1,5 ming dollardan 20 ming dollargacha turadi.

    12.12.2024, 13:35   Izoh (0)   13964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #hashamat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyada 103 yillik sunʼiy Rojdestvo archasi auksionda 4320 dollarga sotildi

    22.12.2023, 11:41

    “Baxtni pulga sotib olib bo‘lmaydi” — “Garri Potter”dan o‘rganish mumkin bo‘lgan hayotiy saboqlar

    15.01.2024, 12:20

    Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va millionlarini oqilona sarflaydigan mashhurlar (foto)

    23.01.2024, 11:10

    Prezident qurilishlarda ortiqcha xarajatlar vujudga kelayotgani sabab hokim va prokurorlarni qattiq tanqid qildi

    29.01.2024, 11:32

    Sharqning eng zamonaviy ayoli – shayxa Mozaning Londondagi hashamatli saroyiga sayohat (foto)

    14.02.2024, 17:50

    Mashhurlarning eng qimmat uylari: ertaknamo hashamat ichida yashaydigan jahon yulduzlari (foto)

    21.02.2024, 12:50

    “O‘zbekiston bozori zabt etildi. Endi navbat AQSHga” — uzoq marrani ko‘zlagan o‘zbek tadbirkori hikoyasi

    01.04.2024, 10:41

    Kinotavsiya: baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film

    03.05.2024, 09:50

    Jahon yulduzlarining eng qimmat uylari qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    07.05.2024, 11:55

    Butun dunyoga egalik qilgan tarixdagi eng boy 9 kishi (foto)

    28.05.2024, 09:49

    “Haqiqiy san’at asari”. Uslub tuyg‘usini rivojlantiradigan moda haqidagi eng sara filmlar

    16.06.2024, 11:25

    Uill Smit millionlab dollarlarini nimaga sarflaydi: mashhur aktyorning 10 ta asosiy xarajati

    12.07.2024, 09:40

    Bekhem, Beyonse, Kardashyan va boshqa yulduzlarning eng zo‘r mashinalari (foto)

    01.08.2024, 12:05

    Ifori sakkiz soatgacha saqlanib qoladigan eng yaxshi atirlar

    15.10.2024, 12:45

    Teledebatlar partiyalar o‘rtasidagi ochiq va erkin siyosiy raqobatni ko‘rsatib bermoqda

    21.10.2024, 12:45

    Shaxsiy suvosti kemasi va “Uyda yolg‘iz 2” filmidagi xona: dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar qanday ko‘rinishda? (foto)

    09.11.2024, 07:39

    Leonardo Di Kaprioning garajiga sayohat: aktyor qanday avtomobillarga egalik qiladi? (foto)

    14.11.2024, 12:40

    Mashhur filmlar tufayli o‘sha davr odamlarining orzusiga aylangan buyumlar

    26.11.2024, 11:40

    Janob Bin — Rouen Atkinsonning noyob va qimmatbaho avtomobillarga to‘la garajiga sayohat (foto)

    04.12.2024, 16:48

    Dunyodagi eng katta 10 ta avtomobil. Ulardan birida 26 ta g‘ildirak, basseyn, jakuzi va hatto vertolyot maydonchasi ham bor (foto)

    05.12.2024, 19:00

    Hashamat ramzi: Dunyodagi eng qimmat tufli qanday ko‘rinishda va u qanchaga baholangan?

    10.12.2024, 12:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05

    O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash: olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev Sea Breeze kurort majmuasi faoliyati bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 22:38

    O‘zbekiston Kubogi. “Paxtakor” “Olimpik mobiuz”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 2 iyul, 22:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.