“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso Germaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishi avvalidan fikrlarini bayon qildi.
“Men jamoamni favorit deb hisoblamayman. “Bavariya” chempionlik uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Biz mavsumni yaxshi boshlab, ajoyib futbol ko‘rsatish niyatidamiz. Maqsadimiz — kuchli to‘rtlikdagi o‘rnimizni saqlab qolish. “Bayer”da o‘yindan o‘yinga yaxshiroq bo‘la oladigan ajoyib tarkib bor”, deydi ispaniyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Bayer” tarixda birinchi marta Bundesliga chempioniga aylangandi. “Bavariya” esa uchinchi o‘rin bilan cheklangan.
Finalda “Kayzerslautern”ni mag‘lub etgan “Bayer” mamlakat kubogini ham qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)