• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Bobomning joni uzilganida ular yotgan xonaga kirgan paytim bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan”. Maryam Tillayeva bobosi, ota-onasi va Gulnora xolasi haqida gapirdi (video)

    Instabloger Maryam Tillayeva “Famitime TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida bobosi bilan bog‘liq xotiralari, ota-onasi bilan munosabatlari, ularning AQSHdagi hayoti, prezident oilasida tarbiya olgan vaqtda unga qanday cheklovlar qo‘yilgani haqida gapirib berdi.

     

     

    Maryam Tillayeva ota-onasi va bobosi bilan bog‘liq xotiralari haqida

    “Ham otasi, ham onasi ishlaydigan farzandning ko‘plab imkoniyatlari bo‘ladi: qo‘shimcha darslarga boradi va boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Men ota-onamga barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Do‘stlarim bilan to‘rtta tilda har qanday mavzuda gaplasha olaman. Avvalari ota-onamga menga yetarlicha mehr bera olmagandek tuyular edi, aslida ular mening kelajagim uchun harakat qilgan ekan, buni endi tushunyapman.

    Yoshligimizda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mumkin emas edi, bu esa hayotda bizni himoyalash uchun kerak ekan. Men esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni istar edim. Ota-onam bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘lgan, dadam har doim mening voleybol va tennisdagi o‘yinlarimga borgan. Onam Jenevada YUNESKO elchisi edi, oramizda nimadir yetishmagandek tuyular edi. Masalan, men hozir 23 yoshdaman, onam 21 yoshda qanday qilib menga qaraganini tasavvur qila olmayman.

    Foto: Instagram /@mashatilly

    Foto: Instagram /@mashatilly

    10 yoshimgacha Toshkentda yashaganmiz, keyin oilaviy Latviyaga ko‘chib o‘tganmiz. Undan keyin Parij, Shveysariya va AQSHga ko‘chib o‘tganmiz, bir joyda 3 yoki 1 yil yashaganmiz. Ota-onam bilan bog‘ga, sport mashg‘ulotlariga borganman, bobom bilan bog‘liq yaxshi xotiralar bor. Bobom bilan har yozda ko‘rishar edim, meni suyukli nevarasi deb bilar edi. Ular o‘z vaqtida onamga ajrata olmagan vaqtini menga bag‘ishlardilar. Men tug‘ilganimda o‘ziga otalik rolini olgandek bo‘lgan. Bobom menga tennis o‘ynashni, suzishni o‘rgatgan, hatto ilk marta mashina ruliga o‘tirganimda ham ular yonimda edilar”, — deydi Maryam Tillayeva.

    Foto: Instagram /@mashatilly

    Foto: Instagram /@mashatilly

    Prezident oilasida katta bo‘lgan paytidagi cheklovlar haqida

    “Hamma sendan biror narsani xohlaydi, shuning uchun odamlarga qattiq ishonmaslikni, qalb eshiklarini ochmaslikni, hech narsani aytmaslikni tayinlashar edi. Kechasi hech qayerga bormaslik kerak edi.

    Do‘stlarimning hammasini uyga olib kela olmaganman, ota-onam ularni tekshirishi kerak edi. Yaqinda bir do‘stimni ko‘rib qoldim, Shveysariyada qo‘shnimiz bo‘lgan, u bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Yoshligimda faqat maktabga va tennisga borardim, atrofimda ham o‘qituvchim, qo‘riqchilar, trenerlarim bo‘lar edi”, — deydi Maryam.

    Maryam Tillayeva xolasi Gulnora Karimova haqida 

    “Kattalarning o‘zaro kelishmovchiliklari tufayli xolavachcham Imon bilan uzoq yillar gaplasha olmaganimdan afsuslanaman. Yaxshiki, hozir ota-onam u bilan gaplashishimga to‘sqinlik qilmaydi. Umuman olganda, kattalar o‘z muammolariga yosh bolalarni aralashtirishi unchalik to‘g‘ri emas, deb o‘ylayman. Xolam va uning qizi Imondan xavotirdaman. Imon bir necha yildan beri onasi bilan gaplasha olmaydi, men buning qanchalik qiyin ekanligini his etaman. Ular juda kuchli, hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman”, — deydi instabloger.

    Instabloger ota-onasining AQSHdagi hayoti to‘g‘risida

    “Onam 22 yoshda bo‘lganida qo‘ng‘izni eslatuvchi Volkswagen mashinasi bo‘lgan. Onam rasm chizishni yaxshi ko‘radi, qaysidir ma’noda men unga o‘xshayman. Onam meni dunyoga keltirgandan keyin Londondagi o‘qishini to‘xtatgan. Balki shuning uchun meni har doim oldinga intilishga undagandir, buning uchun unga rahmat aytaman. Onamning u yerda o‘qishini hech kim xohlamagan, u yozda Yevropaga borib shu yerga o‘qishni istagan, ota-onasi qarshi bo‘lgan bo‘lsa ham borgan.

    Otam onam bilan o‘sha yerda tanishgan, qachon o‘qishni to‘xtatgani esimda yo‘q. Ular bizga yoshligida qanday hayot kechirishni istagan bo‘lsa shuni yaratishga harakat qilgan. Bizning kasbimizga qarshi bormagan, kosmonavt, o‘qituvchi, bloger bo‘lsak ham qarshilik bildirmasligini aytgan”, — deydi Maryam Tillayeva.

    Foto: Instagram /@mashatilly

    Foto: Instagram /@mashatilly

    Instabloger O‘zbekistonga kelishining sababi to‘g‘risida

    “Toshkentga yarim yil oldin bordim, undan oldin esa 2016-yilda borgan edim, bobom vafot etganidan keyin bormaganman. Uning so‘nggi kunlarida buvim, oyim va men yonlarida bo‘lganmiz. Otam o‘shanda ukam hamda singlim bilan Los-Anjelesda qolgandi. Bobomning o‘limidan so‘ng bir holat ko‘z o‘ngimda qolib ketgan. Shifokor uning yuragi urishdan to‘xtaganini aytganida, hammamiz u yotgan xonaga yugurganmiz. Zinadan tushib borar ekanmiz, sarosimadan buvim va onamning oyoqlaridagi shippaklar otilib ketgan. Men o‘shanda xonaga kirganimda bobomning yonida uzoq yillar birga bo‘lgan kuchli, kap-katta, baquvvat erkaklar yurakdan yig‘layotganini ko‘rganman. Bu holat meni qattiq ta’sirlantirgan. Shundan so‘ng men O‘zbekistonga qaytmadim. Bobom bilan o‘rtamizda juda katta rishta bor edi”, — deydi Maryam

    Mavzuga doir: “Hamisha turmush o‘rtog‘imga hamnafas bo‘ldim”. Tatyana Karimova bilan Islom Karimovning oilada qanday inson bo‘lgani, orzu hamda qiziqishlari haqida intervyu (foto)

    07.09.2022, 19:56   Izoh (0)   93516
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Brendan Freyzerni “Kit” filmidagi roli uchun Venetsiya kinofestivalida 6 daqiqa olqishlashdi. Aktyor ko‘z yoshlarini tiya olmadi (video)

    07.09.2022, 17:58

    O‘rgimchak, qurbaqa, qovun: Mashhur shaxslar nomi bilan atalgan 14 ta narsa (foto)

    07.09.2022, 16:55

    Britaniyalik xonanda Adel 58 million dollarlik uyini muxlislariga ko‘rsatdi (foto)

    07.09.2022, 14:41

    Turkiyalik taniqli aktyor Burak O‘zchivit O‘zbekistonga keladi

    07.09.2022, 13:45

    “Qadrimga achindim”. Dilnoza Kubayeva budjeti 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Baron-2” filmidan 321 ming so‘m gonorar olgani haqida

    07.09.2022, 11:43

    Turk kinosi yangiliklari: Deniz Baysal va Murat Yildirim bitta serialda suratga tushmoqda, Jan Yaman film premyerasi uchun Italiyaga bordi

    07.09.2022, 10:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.