Shveysariya prokuraturasi 28-sentabr kuni Gulnora Karimovaga oid 5 yillik tergovni yakunlagani ma‘lum bo‘ldi.
Tergov yakuniga ko‘ra, 28-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Federal sudga O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova va Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasi o‘zbek filialining sobiq direktoriga nisbatan ayblov xulosasini topshirildi. Kompaniya nomi va rahbarining ismi-sharifi ochiqlanmagan.
Gulnora Karimova sherigi bilan jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish, chet davlat mansabdor shaxsi sifatida pora olish, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Shuningdek, Gulnora Karimovaga aloqador hamda muzlatib qo‘yilgan 440 million frankdan ortiq (5,8 trillion so‘m) bo‘lgan aktivlarini musodara qilish bo‘yicha ham talabnoma kiritgan.
Izoh (0)