• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Avto

    3 milliondan 32 million dollargacha: Dunyodagi eng qimmat 10 ta avtomobil

    Yo‘llarda shiddat bilan harakatlanayotgan, ko‘zni qamashtiruvchi dizaynga ega mashinani tasavvur qiling. Uning dvigatel ovozi yurakni junbushga keltiradi, saloni esa hashamatning eng yuksak namunasi! Ammo bunday mashinaning eng ajablanarli jihati — uning narxi. Dunyoda oddiy odam uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada qimmat avtomobillar bor. Ular nafaqat texnologiya mo‘jizasi, balki hashamat va nufuzlilik ramzidir.

    Rolls-Royce La Rose Noire Droptail
    Foto: CarBuzz

    Bugungi kunda eng qimmat avtomobillarning aksariyati atigi bir necha nusxada ishlab chiqariladi, ba’zilari esa maxsus buyurtma asosida yaratilib, egasining didi va istaklariga moslashtiriladi. Quyida 2024-yilda eng qimmatbaho narxga sotilgan top-10 ta yengil avtomobillar haqida ma’lumot beramiz.

    Aston Martin Valkyrie

    Narxi: 3 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Britaniyaning Aston Martin kompaniyasi Red Bull Racing bilan hamkorlikda ishlab chiqqan ushbu mashina Formula 1 texnologiyalarini yo‘l avtomobiliga aylantirgan mo‘jizadir. U dunyodagi eng qimmatbaho va shubhasiz eng tez giperkarlardan biridir.

    Aston Martin Valkyrie gibrid avtomobili 6,5 litrli, 12 silindrli dvigatel va 1155 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan. Avtomobil atigi 10 soniyada 320 km/soat tezlikka chiqadi. Darhaqiqat, har bir Aston Martin Valkyrie qo‘lda yig‘ilgan bo‘lib, 150 ta nusxada ishlab chiqilgan.

    Lykan HyperSport

    Narxi: 3,4 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Arabistonda ishlab chiqarilgan Lykan HyperSport avtomobili 2013-yilda taqdim etilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda dunyodagi eng qimmat avtomobillar top-10 talik ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan. Oltin bilan bezatilgan futuristik superkar 3,7 litrli ikkita turbo dvigatel bilan jihozlangan va 2,8 soniyada 0 dan 100 km/soat tezlikka chiqadi. Maksimal tezligi 395 km/soatni tashkil qiladi.

    Mzakur avtomobil 2015-yilda “Forsaj” filmida suratga tushgan. Atigi 10 nusxada ishlab chiqarilgan Lykan HyperSport’ning to‘qqiztasi suratga olish vaqtida avariyaga uchragan. Qolgan birgina avtomobil AbuDabi politsiyasiga topshirilgan va u hozirgacha muzeyda saqlanib keladi.

    Lamborghini Veneno

    Narxi: 4,5 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    2013-yilda Jeneva avtosalonida Lamborghini kompaniyasining 50 yillik yubileyiga bag‘ishlab Lamborghini Veneno taqdim etildi. “Veneno” so‘zi ispan tilida “zahar” degan ma’noni anglatadi va bu nom mashinaning qanchalik shiddatli ekanini ifodalaydi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka atigi 2,8 soniyada erishadi va maksimal tezligi 355 km/soatga yetadi. Lamborghini Veneno Formula 1 va Le Mans poyga mashinalaridan ilhomlangan dizaynga ega.

    Dastlab kompaniya uni atigi 4 nusxani ishlab chiqardi, ulardan biri muzeyda saqlanish uchun edi, ammo keyin sotuvga yana bir nechta mashina chiqarildi. Ulardan biri 2021-yildagi kim oshdi savdosida 8,4 million dollarga sotilgan.

    Bugatti Divo

    Narxi: 5 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Bugatti Divo 2018-yilda Bugatti Chiron asosida yaratilgan bo‘lib, aerodinamika va boshqaruv jihatidan yanada mukammallashtirilgan superkar hisoblanadi. Mashina fransuz poygachisi Albert Divo sharafiga nomlangan bo‘lib, u 1920-yillarda Bugatti jamoasi uchun ko‘plab g‘alabalarga erishgan.

    Avtomobil 2,4 soniyada va 380 km/soat maksimal tezlikka erishadi. Divo 40 nusxada cheklangan tirajda chiqarilgan va ularning barchasi deyarli bir kunda sotilgan. Qiziqarlisi, avtomobillarni yig‘ish 2021 yilgacha davom etgan. 2022-yilga kelib Dubaydagi avtosalonlardan birida Bugatti Divo 10,2 million dollarga sotilgan — bu uning asl narxidan ikki baravar qimmat.

    Pagani Imola Roadster

    Narxi: 6 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    2023-yil noyabr oyida giperkarlar ishlab chiqaruvchi Pagani kompaniyasi o‘zining Imola modelini 8 dona cheklangan va usti ochiq versiyada taqdim etdi. Imola Roadster sakkiz sekundda 350 km/soat tezlikka erisha oladi. Uning yopiq versiyasi 5,4 million dollarga baholangan.

    Pagani Imola Roadster 6.0 litrli twin-turbo V12 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 850 ot kuchiga ega. Ushbu dvigatel Mercedes-AMG tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan va faqat Pagani avtomobillari uchun mo‘ljallangan. Avtomobilning boshlang‘ich narxi 5.4 million dollar, ammo bozorda u10 million dollargacha baholanishi mumkin.

    Pagani Huayra Codalunga

    Narxi: 7,4 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Huayra modelining ushbu maxsus nashri 2022-yilda 5 dona cheklangan tirajda chiqarilgan. Pagani Huayra Codalunga dizayni 60-yillar uslubida ishlangan bo‘lib, kompaniyaning eng eksklyuziv va noyob avtomobillaridan biri sanaladi. Ushbu model 1960-yillardagi Le Mans poyga mashinalaridan ilhomlangan holda uzaytirilgan kuzov dizayni (long tail — uzun dum) va yuqori darajadagi hashamati bilan ajralib turadi.

    Bugatti Centodieci

    Narxi: 10 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Bugatti Centodieci — bu nafaqat zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan giperkar, balki afsonaviy Bugatti EB110 modelining yangi versiyasi sifatida yaratilgan maxsus avtomobil. Centodieci italyan tilida “110” degan ma’noni anglatadi va u Bugatti brendining asoschisi Ettore Bugatti taqdim etilganining 110 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqarilgan.

    Mazkur model faqat 10 dona ishlab chiqarilgan bo‘lib, eng kamyob va eksklyuziv modellardan biri sanaladi. Barcha zamonaviy Bugattilar singari, giperkar ham aql bovar qilmaydigan imkoniyatlarga: 1600 ot kuchiga ega W16 dvigateliga ega.

    Pagani Zonda HP Barchetta

    Narxi: 15 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Ushbu model 2017-yilda Horacio Pagani shaxsiy buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, atigi 3 dona yaratilgan. Bu uni dunyodagi eng noyob va eksklyuziv avtomobillardan biriga aylantiradi. Avtomobil Zonda’ning standart modifikatsiyadan ichki dizayni, kuzovning aerodinamik jihatdan yaxshilangani bilan ajralib turardi. Ammo dvigatel qismi o‘zgarishsiz qolgan — u 800 ot kuchi, 7,3 litrli V12 blokiga ega. Pagani Zonda tezligi 355 km/soatgacha yetadi.

    Rolls-Royce Boat Tail

    Narxi: 28 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    Rolls-Royce Boat Tail millionerlar uchun yaratilgan haqiqiy san’at asari. U dunyodagi eng qimmat avtomobillardan biri hisoblanib, faqat 3 dona nusxada ishlab chiqarilgan. Har bir nusxasi mijozning shaxsiy xohishlariga mos ravishda qo‘lda o‘zgartirilgan Rolls-Royce Boat Tail narxi 28 million dollar atrofida baholanadi.

    U Rolls-Royce Sweptail modelidan ilhomlangan bo‘lib, dizaynida dengiz yaxtalarining estetik elementlari aks etgan. U uzun kuzovi va yaxta shaklidagi orqa qismi bilan ajralib turadi. Qo‘lda ishlangan alyuminiy panellar har bir avtomobilni yaratishda oylab ishlov berilganining ifodasidir. Eng eksklyuziv jihatlardan biri ikki qismli “kapalak” orqa bagajga egaligidadir. Ular ochilganda ichidan piknik uchun maxsus bar va barcha kerakli ashyolar namoyon bo‘ladi.

    Rolls-Royce La Rose Noire Droptail

    Narxi: 32 million dollar

    Foto: Autowp.ru

    2024-yil holatiga ko‘ra qaysi avtomobil dunyo bo‘yicha eng qimmatbaho bo‘lgan? Bu Rolls-Royce La Rose Noire Droptail Droptail modeli. U 2023-yilda namoyish etilgan va 4 dona versiyada chiqarilgan.

    Rolls-Royce La Rose Noire Droptail ulkan kabriolet bo‘lib, qizil qora rangdagi “Black Baccara” atirgulidan ilhomlanib yaratilgan. Uning ko‘zni qamashtiruvchi qizg‘ish-qora kuzovi — yorug‘lik nuriga qarab o‘zgaruvchi maxsus bo‘yoq bilan qoplangan.

    Foto: Autowp.ru
    Foto: Autowp.ru

    Yaxta uslubidagi kuzovi Rolls-Royce Boat Tail uslubida ishlab chiqilgan. Qo‘lda yasalgan yog‘och panel — ichki va tashqi dizaynni uyg‘unlashtiruvchi eng nozik detallar bilan ishlangan. O‘ziga xos yorqin LED yoritgichlar mazkur avtomobilni Rolls-Royce kompaniyasining g‘ururiga aylantirgan jihatlardan biri hisoblanadi.

    Rolls-Royce La Rose Noire Droptail kapoti ostida 6.75 litrli twin-turbo V12 dvigatel joylashgan bo‘lib, u 593 ot kuchiga ega. Avtomobil taxminan 5 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi. Uning maksimal tezligi 250 km/soatdir.

    19 mart, 16:25   Izoh (0)   6248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #avto#avtomobil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent invest kompaniyasi “Pulli to‘xtash joylari” dasturini yaratish uchun qariyb 8 mlrd so‘m mablag‘ sarflaydi

    3 yanvar, 12:21

    Haydovchilar uchun muhim tavsiya: nima uchun mashinani kurtkada boshqarish xavfli? (video)

    6 yanvar, 13:35

    Los Anjelesda avtonom robotaksini o‘g‘irlashga uringan erkakni mashina o‘z saloniga qamab qo‘ydi va politsiya chaqirdi

    9 yanvar, 14:46

    BMW ro‘yxatda yo‘q: 2024-yilning eng yaxshi avtomobillari (foto)

    14 yanvar, 14:53

    Xitoyda ajdarholar haqidagi afsonadan ilhomlanib Rolls Royce Phantom mashinasining yangi versiyasi ishlab chiqildi

    22 yanvar, 19:35

    2024-yil yakuniga ko‘ra dunyodagi eng xavfsiz avtomobillar nomi e’lon qilindi

    20 yanvar, 14:55

    Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil tashuvchi kemasini suvga tushirdi

    22 yanvar, 09:38

    Bozordagi narxdan 5 barobar yuqori: Donald Trampning Ferrari F430 avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    24 yanvar, 14:30

    O‘zbekistonda 2024-yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi

    12 fevral, 17:12

    Faqat Rolls-Royce emas: Uitni Hyuston qanday mashinalarni haydagan?

    17 fevral, 15:47

    Chevrolet Spark’ning ixcham krossover ko‘rinishdagi yangi versiyasi taqdim etildi (foto)

    18 fevral, 10:37

    Tarixdagi eng kuchli Rolls-Royce taqdim etildi (foto, video)

    21 fevral, 17:35

    Neymar o‘zining qimmatbaho mashinalaridan Braziliyada foydalana olmaydi

    22 fevral, 14:34

    Toshkent viloyatidagi 7 ta shaharga 170 ta yangi avtobus xarid qilinadi

    27 fevral, 14:07

    50 dollardan 1 mln dollargacha va hattoki qamoq jazosi — haydovchilar uchun eng yuqori jarima belgilangan mamlakatlar

    28 fevral, 12:23

    O‘z-o‘zini mag‘lub etgan tadbirkor, eski raqobatchilar va sobiq hamkorlar bahsi — o‘tgan haftada o‘tkazilgan tenderlarga nazar 

    3 mart, 22:10

    Angrenga 15 ta Yutong avtobuslari olib kelindi 

    3 mart, 22:30

    O‘zbekistonda “Atom” elektromobili ishlab chiqarilishi mumkin

    5 mart, 08:15

    O‘z talabini o‘zi buzgan prokuror, Sirdaryoda bellashgan xitoyliklar – hafta tenderlariga nazar

    13 mart, 12:15

    Toshkentdagi bojxona postidan olib o‘tilmoqchi bo‘lgan avto ehtiyot qismlari samosval bo‘lib chiqdi (video)

    14 mart, 14:15

    Qariyb ikki baravar kengaytiriladigan Qarshi shahri, propan olib ketayotganda ag‘darilib ketgan yuk mashinasi, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlardan undi...

    14 mart, 23:10

    O‘zbekiston avtomobil sanoatidagi uchta korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

    16 mart, 16:06

    Mercedes-Benz kompaniyasi video o‘yin tizimiga ega aqlli elektromobillarni taqdim etdi

    18 mart, 10:51

    BYD kompaniyasi elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlaydigan akkumulyator tizimini taqdim etdi

    18 mart, 17:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.